Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.04.2010 y. PQ-1317-son "Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.04.2010 y.

N PQ-1317



BANK TIZIMINING MOLIYaVIY

BARQARORLIGINI YaNADA OShIRISh

VA INVESTITsIYaVIY FAOLLIGINI

KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Respublika bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish, tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oʻstirish, ularning investitsiyaviy faoliyatini kuchaytirish hamda ichki manbalar hisobidan iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik qayta jihozlash boʻyicha strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan kreditlar hajmlarini koʻpaytirish, shuningdek aholi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning boʻsh pul mablalarini uzoq muddatli depozitlarga jalb etish maqsadida:

2. Aksiyadorlik tijorat banklarining aksiyadorlari va Kuzatuvchi kengashlarining 2010 yilda qoʻshimcha mablalarni jalb etish va banklarning jami kapitallarini 2-ilovaga* muvofiq 490 mlrd. soʻmga koʻpaytirish toʻrisidagi qaroriga rozilik berilsin.


3. Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 milliard soʻm qilib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2019 yilning 19 yanvariga kadar tijorat banklarining ustav kapitali miqdorlari mazkur bandda koʻrsatilgan talablarga yetkazilishini ta’minlasin.

4. Tijorat banklari tomonidan, shu jumladan, boshqa investorlar ishtirokida bankrot korхonalar negizida tashkil etilgan korхonalarga, yangi investorlarga sotilgunga qadar, ular davlat roʻyхatidan oʻtgan paytdan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga quyidagi huquqlar berilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058-son Farmoniga muvofiq, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan me’yordan kamroq hisoblash.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy bank va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda tijorat banklari, shu jumladan, boshqa investorlar ishtirokida bankrot korхonalar negizida tashkil etilgan korхonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan me’yordan kamroq hisoblash tartibi toʻrisida vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 14-15-son, 104-modda.