Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.05.2011 y. PQ-1524-son "Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.05.2011 y.

N PQ-1524


NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYaLAR

BERISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq hamda noruda foydali qazilmalar mavjud boʻlgan yer qa’ri uchastkalaridan omilkorlik bilan, oqilona va samarali foydalanishni ta’minlab beradigan ta’sirchan huquqiy meхanizmni yaratish maqsadida:


1. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi zimmasiga Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining ishchi organi vazifasi yuklatilsin.


3. Quyidagilar:

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga** muvofiq;

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga** muvofiq tasdiqlansin.


4. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi (R.S. Azimov):

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishni mazkur qarorga qat’iyan muvofiq ravishda amalga oshirsin;

uch oy muddatda avval berilgan litsenziyalar egalarining ushbu qaror bilan belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tanqidiy oʻrganib chiqsin hamda ularning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish yoki egalari mazkur talablar va shartlarga javob bermaydigan litsenziyalarning amal qilishini tugatish choralarini koʻrsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasining "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, noruda foydali qazilmalar mavjud yer qa’ri uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan amaliy nazoratni ta’minlasin, litsenziyaga ega boʻlmasdan turib ularning qazib olinishiga yoʻl qoʻymasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



*) 1-ilova berilmaydi.

**) 2 - 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 22-23-son, 222-modda.