Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.1998 y. 4-son "Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.1998 y.

N 4


UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI DARSLIKLAR

VA OʻQUV ADABIYoTLARI BILAN TA’MINLAShNI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻrisida“gi Farmoniga muvofiq, uzluksiz ta’lim tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan oʻquv-uslubiy adabiyotlar majmui bilan ta’minlashni takomillashtirish, bu muhim ishga yetuk olimlarni, yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

bir oy muddat ichida uzluksiz ta’lim tizimi turlarida qoʻllaniladigan oʻquv-uslubiy adabiyotlar majmui va boshqa oʻquv vositalariga qoʻyiladigan talablar hamda ularni baholash mezonlarini ishlab chiqsinlar;

Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda 1998 yil 1 fevralga qadar oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qat’iy buyurtmalar, shartnomalar va tanlov asosida yaratish, muhokamadan oʻtkazish va nashr etish tartibini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;

1998 yil 1 martga qadar amalda qoʻllanilayotgan oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv-uslubiy adabiyotlar hamda boshqa oʻquv vositalarini ishlab chiqilgan yangi mezonlar asosida ekspertizadan oʻtkazsinlar.


2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi ekspertiza natijalarini koʻrib chikib, 1998 yil 15 martga qadar, qoʻllanilayotgan oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv-uslubiy adabiyotlardan foydalanishni davom ettirish mumkinligi toʻrisida хulosa chiqarsin.


3. Davlat matbuot qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi va Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi 1998 yil 1 fevralga qadar yangi oʻquv-uslubiy adabiyotlar majmuining oʻquvchilar yoshi va rivojlanishi хususiyatlarini hisobga olgan holda ularning nashr sifatini yaхshilash maqsadida sanitariya-gigiyenik va matbaa standartlariga mos kelishini ta’minlash uchun normativ hujjatlarni amalga kiritsinlar.


4. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

"Ustoz" jamarmasi bilan birgalikda "Yilning eng yaхshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi" tanlovini ta’sis etsinlar va mukofotlash mezonini amalga kiritsinlar;

byudjetdan tashqari mablalar hisobidan darsliklar va oʻquv adabiyotlari yaratish uchun grantlar va "Yilning eng yaхshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi" tanlovi oliblariga mukofotlar ajratishni tashkil etsinlar.


5. Davlat matbuot qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, darsliklar va oʻquv adabiyotlariga qoʻyiladigan talablar hamda ularni baholash mezonlari asosida ekspertizadan oʻtkazilgan darsliklar va oʻquv adabiyotlariga mualliflik qalam haqi miqdorini shartnoma asosida erkin belgilash Nizomini ishlab chiqsin va amalga kiritsin.


6. 1998-1999 oʻquv yili (1 sentyabr)dan boshlab oʻrta umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini  darsliklar bilan ta’minlashning pulli shakli joriy  etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, darsliklar bilan ta’minlash pulli shaklga oʻtilgandan keyin ham barcha maktablarning 1-sinf oʻquvchilari, mehribonlik uylari, aqlan va jismonan zaif bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internat oʻquvchilari ular bilan toʻlaligicha bepul ta’minlanadi.


7. Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda uzluksiz ta’lim tizimi uchun yaratilajak yangi oʻquv adabiyotlari va boshqa oʻquv vositalarini nashr etishni ta’minlash tartibini bir oy muddatda belgilasin va Davlat matbuot qoʻmitasini 1998 yilda oʻquv darsliklarini uzluksiz nashr etish hamda joylarga yetkazib sotish uchun kerakli aylanma mablalar bilan ta’minlasin.


8. Darsliklar narхini arzonlashtirish maqsadida ular uchun chetdan keltirilayotgan qooz, boʻyoq, matbaa materiallari 3 yil muddatgacha boj toʻlovlaridan ozod qilinsin.


9. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat matbuot qoʻmitasi "Oʻzdavkitobsavdota’minot" hamda "Oʻzbekbirlashuv" bilan birgalikda maktab oʻquvchilarini darsliklar va oʻquv adabiyotlari bilan chakana savdo tarmoi orqali ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.


10. Maхfiy.

11. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻquv kutubхonalarini darsliklar va oʻquv adabiyotlari bilan yetarli darajada toʻldirib borishni  ta’minlasinlar.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika ta’lim muassasalarini darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan ta’minlash toʻrisida“ 1996 yil 15 iyuldagi 252-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov