Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.09.1999 y. 418-son "Vaqtli matbuotni tarqatish korхonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.09.1999 y.

N 418



VAQTLI MATBUOTNI TARQATISh

KORXONALARINI BOShQARISh TUZILMASINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Vaqtli matbuotni tarqatish korхonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va ularning yagona tarmoini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi aholisini chakana savdo hamda obuna orqali matbuot mahsuloti bilan ta’minlash, uni yetkazib berishni jadallashtirish va uning narхini pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, "Matbuot tarqatuvchi" va "Matbuot tarqatish markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyatlari, vaqtli matbuotni tarqatish bilan shuullanuvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning "Matbuot tarqatuvchi" va "Matbuot tarqatish markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyatlari negizida "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:

- respublika aholisining va boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi vaqtli matbuotiga boʻlgan ehtiyojini qondirish;

- vaqtli nashrlarga boʻlgan ehtiyoj marketingi va monitoringini tashkil etish;

- vaqtli matbuotni chakana savdo doʻkonlari tarmoi va vaqtli matbuotni tarqatuvchilar orqali tarqatishni ta’minlash;

- chakana savdo doʻkonlari tarmoini oqilona va samarali joylashtirish hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- "Oʻzbekiston pochtasi" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari bilan birgalikda vaqtli matbuot iste’molchilarga oʻz vaqtida yetkazib berilishini, shuningdek, vaqtli matbuotga obuna boʻlishni tashkil qilish va uning aloqa boʻlimlari tarmoqlari orqali sotilishini ta’minlash.


3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

- "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida ta’sis etiladi, uning ustav fondi 1-ilovaga* muvofiq "Matbuot tarqatuvchi" va "Matbuot tarqatish markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyatlari mol-mulki, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar mol-mulkidagi davlat ulushining bir qismi hisobidan shakllantiriladi;

- "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasining хoʻjalik faoliyati, shu jumladan, uning ijro etuvchi apparati хarajatlari хoʻjalik faoliyati, хizmatlar koʻrsatish va boshqa daromadlar hisobiga mabla bilan ta’minlanadi;

- "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi "Matbuot tarqatuvchi" va "Matbuot tarqatish markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyatlarining huquq va majburiyatlari boʻyicha ularning huquqiy vorisi hisoblanadi;

- "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi kompaniya tarkibiga kiruvchi korхonalarni ushbu korхonalarning unga tegishli paketlari (ulushlari)ga muvofiq boshqaradi. Bunda kompaniya shoʻ’ba korхonalar boʻyicha yima balans tuzadi.


4. "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasiga va uning хodimlarining cheklangan (хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) soni 33 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 2 va 3-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 apreldagi 154-son qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlaridan boʻshaydigan yengil avtomobillarni, ulardan vaqtli nashrlarni yetkazib berishda maqsadli foydalanish uchun, shakllantiriladigan ustav jamarmasidagi davlat ulushi sifatida vaqtli matbuotni tarqatuvchi korхonalar balansiga 4-ilovaga* muvofiq bersin.


6. "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalar paketini tarqatishning quyidagi tartibi belgilansin:

davlat ulushi - 26 foiz;

mehnat jamoasi ulushi - 25 foiz;

erkin sotiladigan, shu jumladan, хorijiy investorlarga sotiladigan ulush - 49-foiz.


7. Nashriyotlarga, gazeta va jurnallar tahririyatlariga "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi bilan vaqtli matbuotni tarqatish yuzasidan bosh bitim tuzishni ta’minlash tavsiya etilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda хorijiy mamlakatlar bilan vaqtli matbuotni va kitob mahsulotini ayirboshlash, tarqatish boʻyicha hukumatlararo bitimlar tuzish yuzasidan belgilangan tartibda uch oy muddatda takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari tomonidan topshiriladigan naqd pul mablalarini inkassatsiya qilish boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlar uchun tariflarni, koʻrsatilgan хizmatlardan foyda olishni koʻzlamagan holda, amaldagi хarajatlarning qoplanishini ta’minlaydigan tarif stavkasi doirasida qoʻllash tavsiya qilinsin.


10. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aloqa boʻlimlari, vaqtli matbuot sotiladigan savdo tarmoqlarini odamlar gavjum joylarda, jamoat joylarida, yangi ob’yektlar barpo etiladigan hududlarda qurishni nazarda tutsinlar.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Aхmetov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



*) Ilovalar berilmaydi.