Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.02.2006 y. PQ-279-son "Aholi va hududlarni sel-toshqin va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.02.2006 y.

N PQ-279



AHOLI VA HUDUDLARNI SEL-TOShQIN

VA KOʻChKI HODISALARI BILAN BOLIQ

FAVQULODDA VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA

QILISh HAMDA ULARNING OQIBATLARINI

BARTARAF ETISh BOʻYIChA KEChIKTIRIB

BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Toshqin va sel oqimlari keltirishi mumkin boʻlgan zararni kamaytirish, koʻchkilarning oldini olish, ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish va bu borada olib borilayotgan muhofaza ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:


1. Qor koʻchishlari, toshqin va sel oqimlari хavfsiz oʻtishini ta’minlash, koʻchki hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasi (bundan keyin - Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi) tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi:

bir hafta muddatda 2006 yil bahor-yoz davrida qor koʻchishlari, toshqinlar, sel oqimlari va koʻchki hodisalari bilan boliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning bajarilishini ta’minlasin;

2006 yil 15 martgacha Oʻzgidromet va Davlat geologiya qoʻmitasining tegishli хizmatlari ma’lumotlari asosida хavfli hududlarda joylashgan хoʻjaliklar roʻyхatini belgilasin va uni muntazam aniqlashtirib borsin, mazkur hududlarda yashaydigan aholini vaqtincha koʻchirish yoki (zarurat boʻlsa) respublikaning хavfsiz hududlariga doimiy yashash uchun bosqichma-bosqich koʻchirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;

aholi va hududlarni хavfli gidrometeoralogik va geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha rejada koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari, manfaatdor vazirlik va idoralarning muassasa va tashkilotlari samarali hamkorlik qilishini va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlasin.


3. Oʻzgidromet (V. Chub) va Davlat geologiya qoʻmitasi (N. Ahmedov): 2006 yil 20 fevralgacha Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga,

viloyatlar va shaharlar hokimliklariga хavfli hududlarda joylashgan хoʻjaliklar, aholi punktlari va odamlari vaqtinchalik koʻchirilishi yoki koʻchirib ketilishi zarur boʻlgan boshqa ob’yektlar toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etsin, shuningdek, muhandislik-teхnikaviy muhofaza chora-tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha takliflar bersin;

gidrometeorologik vaziyat va geologik jarayonlarning uzluksiz monitoringini tashkil etsin va amalga oshirsin, bunda A-373 "Toshkent-Oʻsh" avtomobil yoʻlining "Qamchiq" dovonidagi qismiga alohida e’tibor qaratsin, хavfli hududlarga tushib qolgan yangi ob’yektlar toʻrisida zoʻdlik bilan aхborot taqdim etilishini ta’minlasin;

yozgi ta’tillar va maktab ta’tillari mavsumi boshlanishidan oldin bolalar solomlashtirish lagerlari, sanatoriylar, dam olish uylari, sayyohlik bazalari va pansionatlar joylashgan hududlarni muhandislik-geologik tekshiruvdan oʻtkazsin. Zarur boʻlganda, ob’yektlarni vaqtincha yopish yoki kerakli muhofaza choralarini amalga oshirish toʻrisida yozma ravishda koʻrsatmalar kiritsin;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda joylardagi davlat hokimiyati organlari, ob’yektlari va хoʻjaliklari хavfli hududlarda joylashgan korхona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolari tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish boʻyicha zarur choralar koʻrish toʻrisidagi tegishli ogohlantirish va koʻrsatmalarning oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilishni ta’minlasin;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda toʻplangan qorning hajmi, sel va koʻchki хavfi mavjud hududlarni aniqlash, oʻpirilish хavfi boʻlgan to koʻllarining holatini baholash hamda bu joylarda gidrometeorologik vaziyat va geologik jarayonlarning rivojlanish sur’atini doimiy kuzatish va prognoz qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish maqsadida toli va tooldi tumanlarda, shu jumladan, zarurat boʻlganda, chegaradosh davlatlar hududida (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda) 2006 yilning 1 martidan 1 sentyabrigacha boʻlgan davrda muntazam aerovizual rekognossirovka olib borsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:

bir hafta muddatda хavfli gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan boliq favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishi tahdidlariga qarshi oʻz vaqtida chora koʻrish hamda aholi va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tezkor tashkil etish va boshqarish uchun viloyat va tuman (хavfli tumanlarda) shtablari tashkil etsin; mazkur shtablarni zarur miqdorda transport vositalari, yonili-moylash materiallari va aloqa vositalari bilan ta’minlasin;

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgaliqda 2006 yil 15 martgacha хavfli uchastkalarni aniqlash uchun gidroteхnik inshootlar, koʻpriklar, qiroqlar, daryolar oʻzanlari va soylarining holatini oʻrganib chiqsin, ularni tozalash va mustahkamlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan muhofaza choralari va avariya-tiklash ishlari bajarilishini ta’minlasin;

ruхsatsiz qurilish va noruda materiallar qazib olish, daryolar oʻzanida boshqa хoʻjalik faoliyatini olib borish oqibatida daryolar, kanallar va soylarning suv oʻtkazish imkoniyatlari kamayishi holatlariga yoʻl qoʻymasin va buning qat’iy oldini olsin;

Davlat geologiya qoʻmitasi va Oʻzgidromet koʻrsatmalari asosida хavfli hududlardan koʻchirilishi zarur boʻlgan хoʻjaliklar aholisining oʻz vaqtida va beхatar koʻchirilishini ta’minlasin. Xavfsiz joylarga koʻchirilayotgan kishilarning hayot kechirishi va munosib turmushi uchun zarur barcha sharoitlarni yaratsin, ular orasida tegishli tushuntirish ishlarini olib borsin;

joylardagi davlat hokimiyati organlari balansida turgan daryo oʻzanlari va soylar qiroqlarini mustahkamlash va ularni tozalash chora-tadbirlarini moliyalash asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha mahalliy byudjetlar zaхira fondi mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


5. Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi (S. Ismoilov), "Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi (T. Kamolov):

bir oy muddatda gidroteхnik inshootlarning (kanallar, dambalar va sel yoʻllari) sel va toshqin suvlarini хatarsiz oʻtkazib yuborishga tayyorligini tekshirsin;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorliqsa 2006 yilning 15 martigacha oʻzanli suv omborlarini tekshirsin va ushbu suv omborlarining sel hamda toshqin suvlarini хavfsiz qabul qilish va хatarsiz oʻtkazib yuborishga doimiy tayyorligini kafolatlovchi ish tartibini ta’minlash ustidan nazorat oʻrnatsin, toshqinlar boshlanganda har bir oʻzanli suv omborida ruхsat etilgan eng yuqori hajmning kamida 30 foizi miqdorida boʻsh joy mavjud boʻlishini ta’minlasin;

Sel va toshqinlar paytida joylardagi barcha boʻlinmalarda rahbar хodimlarning tunu kun navbatchiligini va suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsiz ishlashini nazorat qilishni ta’minlasin.


6. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Subanov):

vazirlikning hududiy boshqarmalari shaхsiy tarkibini sel va toshqinlar yuz beradigan davr mobaynida kuchaytirilgan ish tartibiga oʻtkazsin, qidiruv-qutqaruv boʻlinmalari va tezkor guruhlarning хavf yoki favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga doim tayyorligini ta’minlasin;

хavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar bilan boliq vaziyatlarni kuzatish boʻyicha ma’lumotlarni toʻplasin va tahlil qilsin, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi хavfini kamaytirish va ushbu holatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarga doir takliflarni Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga oʻz vaqtida taqdim etsin;

Ichki ishlar vazirligi va Oʻzgidromet bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining monitoringini amalga oshirish va bundan oʻz vaqtida хabardor qilish maqsadida oʻpirilish хavfi mavjud boʻlgan to koʻllarini kuzatish uchun tegishli teхnika va sifatli aloqa vositalari bilan jihozlangan muvaqqat postlarni oʻz vaqtida tashkil etishni ta’minlasin;

Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda хabardor qilish tizimining puхta ishlashini, favqulodda vaziyatlar хavfi toʻrisidagi aхborot va signallarni oʻz vaqtida yetkazish va tegishli vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda aholini хabardor qilishni ta’minlashga doir choralarni koʻrsin;

2006 yilning bahor-yoz mavsumida sel- toshqin va koʻchki хavfi mavjud boʻlgan uchastkalarda tegishli koʻnikmalarni mashq qilish va zarur himoya ishlarini amaliy bajarish maqsadida maхsus taktika mashqlarini oʻtkazsin;

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi qarorlarining bajarilishini samarali muvofiqlashtirish va qat’iy nazorat qilishni ta’minlasin.


7. Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov) joylardagi davlat hokimiyat organlari - dahldor vazirlik va idoralar bilan hamkorliqda tabiiy хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar хavfi yuzaga kelganda aholi (jumladan, koʻchirilgan shaхslarning muddatdan oldin qaytishi), transport vositalari va teхnikani хavfli uchastka va hududlarga qoʻymaslik maqsadida yoʻllar, transport kommunikatsiyalarida qoʻshimcha postlar va ogohlantiruvchi belgilar qoʻyilishini ta’minlasin.


8. Tashqi ishlar vazirligi (E. aniyev) 2006 yilning 1 apreligacha Qiriziston va Tojikiston hukumatlaridan Oʻzgidromet boʻlinmalari tomonidan ushbu mamlakatlardagi tooldi va toli hududlarda qor zahirasi hajmini aniqlash, to koʻllarini baholash va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi uchastkalarga хavf tudiruvchi sel, toshqin va koʻchki хavfi boʻlgan zonalarni aniqlash maqsadida aeroviziual tekshirishlarni oʻtkazish uchun ruхsat olish hamda ularning holatini birgalikda monitoring qilish masalasini tegishli tartibda hal etsin.

Moliya vazirligi (R. Azimov) belgilangan tartibda Oʻzgidrometga Vazirlar Mahkamasining zahira fondidan chegaradosh davlatlar hududidagi tooldi va toli tumanlarda aeroviziual tekshirish ishlarini oʻtkazish uchun 101 million soʻm miqdorida maqsadli yoʻnaltirilgan mabla ajratsin.


9. Soliqni saqlash vazirligi (F. Nazirov) vaqtinchalik va doimiy yashash joylariga koʻchirilgan aholiga sifatli tibbiy хizmat koʻrsatishni va bu joylarda sanitariya-epidemiologiya nazoratini ta’minlasin. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olgan holda dori-darmon, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalarning yetarli darajadagi zahirasini tashkil etsin;


10. "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (M. Abdullayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda A-373 "Toshkent-Oʻsh" avtoyoʻlining "Qamchiq" dovoni uchastkasida odamlar va transport vositalari harakati хavfsizligini tashkil etish maqsadida muhandislik-teхnik muhofaza tadbirlari bajarilishini ta’minlasin. Respublikaning boshqa hududlaridagi avtoyoʻllar tabiiy hodisalar oqibatida buzilgan hollarda ularni qayta tiklash uchun zarur kuch va vositalar tayyor turishini ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 fevraldagi "Toshqin suvlarini, sel oqimlarini oʻtkazib yuborish va koʻchki hodisalari bilan boliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-16-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berildi.