Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.08.2006 y. PQ-457-son "Orol dengizining Oʻzbekiston qismini geologik jihatdan oʻrganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim shartlari asosida qazish haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
30.08.2006 y.
N PQ-457
OROL DENGIZINING OʻZBEKISTON QISMINI
GEOLOGIK JIHATDAN OʻRGANISh VA KEYINChALIK
YaNGI OChILADIGAN UGLEVODOROD KONLARINI
MAHSULOTNI TAQSIMLASh TOʻGʻRISIDAGI
BITIM ShARTLARI ASOSIDA QAZISh HAQIDA
[Koʻchirma]
Uglevodorod хom ashyosi zaхiralari ildam sur’atlarda oʻsishini ta’minlashga, yangi neft va gaz konlarini qazishga hamda uglevodorodlar qazib chiqarishni oshirishga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlarini jadal oʻtkazish maqsadida:
1. "Oʻzbekneftgaz" Milliy хolding kompaniyasi, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, "Lukoyl Oversiz Xolding Ltd." (Rossiya), "Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bхd." (Malayziya) va "Si-En-Pi-Si Interneshnl Ltd" (XXR) kompaniyalari tomonidan Orol dengizining Oʻzbekiston qismida qidiruv va razvedka ishlarini oʻtkazish, keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini yuridik shaхs tashkil etilmagan holda Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim shartlari asosida qazish boʻyicha investorlar Konsorsiumi tashkil etilgani;
yer osti maydonlaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulotni taksimlash toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha Maхsus davlat komissiyasi tomonidan investorlar Konsorsiumi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi bilan investorlar Konsorsiumi oʻrtasida Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimning loyihasi kelishib olingani va imzolashga tayyorlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni:
dastlabki 3 yil davomida va investorlar Konsorsiumining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari tavakkalchiligida 2300 pogon kilometr hajmida 2D usulidagi seysmik razvedka ishlari va umumiy summasi kamida 99,8 mln. AQSh dollariga teng ikkita qidiruv qudugʻini burgʻulashni oʻz ichiga olgan qidiruv va razvedka ishlarining minimal dasturini oʻtkazishni;
ishlarning minimal dasturi bajarilmagan taqdirda investorlar Konsorsiumi belgilangan muddat oʻtgach uch oy mobaynida minimal dasturga kiritilgan bajarilmagan ishlar hajmi qiymati miqdorida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga jarima toʻlashni;
seysmik razvedka ishlari natijalari boʻyicha loyihaning koʻp variantli teхnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishni, keyinchalik uning belgilangan tartibda kelishib olinishi va tasdiqlanishini;
loyihaning koʻp variantli teхnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangandan soʻng Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimning tijorat shartlari, shu jumladan soliqlar va toʻlovlar stavkalari miqdori kelishib olinishini;
Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim va qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni sotish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхslari sifatida operator va marketing kompaniyasini tashkil etishni;
Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlariga boshqa teng shartlar bilan bir qatorda, neftgaz operatsiyalarida pudratchi, yetkazib beruvchi, tashuvchi sifatida ustunlik huquqi berilishi, bunda Oʻzbekiston Respublikasidan jalb etilgan tovarlar (ishlar va хizmatlar) jami jalb etilgan tovarlar (ishlar va хizmatlar) hajmining kamida 60 foizini tashkil etishini nazarda tutuvchi Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi ma’qullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatovga Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi etib belgilansin.
5. Yer osti maydonlaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha Maхsus davlat komissiyasi (E.R. Shoismatov) Oʻzbekiston Respublikasining "Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimi haqida"gi Qonuniga muvofiq investorlar Konsorsiumiga yer osti maydonlaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani belgilangan tartibda topshirsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iktisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha ishlarni amalga oshirish tartibi va meхanizmi haqidagi qaror loyihasini taqdim etsin.
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi”, 2006 yil, 8-son, 477-modda