Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2009 y. PQ-1078-son "LUKOYL Oversiz Xolding Ltd" kompaniyasi bilan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirib borishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

23.03.2009 y.

N PQ-1078


"LUKOYL OVERSIZ XOLDING LTD"

KOMPANIYaSI BILAN MAHSULOTNI

TAQSIMLASh TOʻRISIDAGI BITIMLARNI

AMALGA OShIRIB BORIShGA OID QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi bilan "LUKOYL Oversiz Xolding Ltd" kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimning 2009 yil 21 yanvardagi 1-son qoʻshimcha Bitimiga hamda Qandim konlari guruhi uchastkasi, Hovuzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻnirot uchastkasiga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimning 2009 yil 21 yanvardagi 2-son qoʻshimcha Bitimiga muvofiq:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitim boʻyicha:

asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar 1-ilovaga* muvofiq aniqlangan;

investor Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 5 yil mobaynida 21,8 mln. AQSh dollari hajmidagi minimal ishlar dasturini hisobga olgan holda 369,6 mln. AQSh dollari hajmidagi kapital хarajatlarni ta’minlash majburiyatini olgan.

Bunda belgilanganki:

Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab investor tomonidan 5 yil mobaynida kapital хarajatlarni belgilangan hajmlarda ta’minlash majburiyatlarini bajarmaslik Bitimni jiddiy ravishda buzish hisoblanadi va Bitimni toʻхtatib qoʻyish uchun asos boʻladi;

Kontrakt maydonini razvedka qilishga doir minimal ishlar dasturini bajarmaslik Kontrakt maydonini razvedka qilishga oid Bitimni jiddiy ravishda buzish hisoblanadi va Bitimni toʻхtatishga asos boʻladi, moliyalashtirilmay qolgan miqdorda jarima toʻlanadi, uning summasi esa qoplanmaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 16 yanvardagi PQ-567-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining "Qandim konlari guruhi uchastkasi, Hovuzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻnirot uchastkasiga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 14 sentyabrdagi 428-sonli qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



*) 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2009 yil 23 martdagi

PQ-1078-sonli qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston

Respublikasining Janubi-arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi

hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod

konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻrisida"

2007 yil 17 yanvardagi PQ-567-sonli qarori hamda Vazirlar

Mahkamasining "Qandim konlari guruhi uchastkasi, Hovuzak va

Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻnirot uchastkasiga tegishli

Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimni amalga oshirish

chora-tadbirlari haqida" 2004 yil 14 sentyabrdagi 428-sonli

qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 16 yanvardagi PQ-567-sonli qarori:


a) 2-bandining:

birinchi хatboshidagi "ilovaga muvofiq asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarga" soʻzlari chiqarib tashlansin;

ikkinchi va uchinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.

v) Qarorning ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qandim konlari guruhi uchastkasi, Hovuzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻnirot uchastkasiga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2004 yil 14 sentyabrdagi 428-sonli qarorining 2-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Operator mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi boshqa bitimlar boʻyicha operatorlik vazifalarini bajarish huquqiga ega, qachonki unga mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bunday bitimlar boʻyicha tegishli investorlar tomonidan va ularning shartlariga muvofiq shunday vazifa topshirilgan boʻlsa".



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil., 3-son, 107-modda