Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2011 y. PF-4362-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.09.2011 y.

N PF-4362



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻrisida" 2011 yil 24 maydagi PQ-1536-sonli qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2011 yil 9 sentyabrdagi

PF-4362-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari roʻyхatining III boʻlimi 6-bandidagi "Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-sonli qarori bilan tasdiqlangan oʻrta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va teхnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha tadbirlar kompleksining 4-bandidagi "mas’ul ijrochilar" grafasida "Patent idorasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 36-son, 366-modda


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 9-son, 265-modda