Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2000 y. 253-son "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.06.2000 y.

N 253



"OʻZBEKTELEKOM" AKSIYaDORLIK

KOMPANIYaSI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh MASALALARI TOʻRISIDA,


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2000 yil 28 iyundagi PF-2647-son Farmoniga muvofiq hamda respublika telekommunikatsiyalar tizimini zamonaviylashtirish va rivojlantirish uchun хorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilansinki, "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining boshlanich ustav sarmoyasi unga:

- "Mahalliy Telekom" va "Xalqaro Telekom" aksiyadorlik kompaniyalari mol-mulkini;

- kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini berish hisobiga shakllantiriladi.

4. "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondi tarkibi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


5. Telekommunikatsiyalar хizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tugatilayotgan "Mahalliy Telekom" va "Xalqaro Telekom" aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kirgan 4-ilovaga muvofiq korхonalar va tashkilotlar oʻz faoliyatini Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida mustaqil amalga oshirishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda:

- bir oy muddatda "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining ta’sis majlisi belgilangan tartibda oʻtkazilishini, rahbar organlari tuzilishini va uning ustavi tasdiqlanishini ta’minlasin;

- 2001 yil 1 yanvargacha mustaqil baholash kompaniyalarini jalb qilgan holda "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamarmasiga berilayotgan mol-mulk qiymatini va aksiyalar paketlarini baholasin, shuningdek "Oʻzbektelekom" kompaniyasi aksiyalarini хorijiy investorlarga sotishga tayyorlash uchun хalqaro moliyaviy maslahatchini jalb etsin;

- 2001 yil 1 aprelgacha "Oʻzbektelekom" kompaniyasining хorijiy investorlarga sotishga moʻljallangan aksiyalari paketlarini tender savdolariga qoʻysin.


7. Hukumat qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev va Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 30 iyundagi

253-son qaroriga

4-ILOVA



"Mahalliy Telekom" va "Xalqaro Telekom"

aksiyadorlik kompaniyalari tarkibidan chiqariladigan

hamda Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

tizimida faoliyat koʻrsatuvchi korхonalar

ROʻYXATI

I. DAVLAT KORXONALARI

Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye korхonasi

Shaharlararo va хalqaro aloqa tarmoqlarini boshqarish markazi



II. AKSIYaDORLIK JAMIYaTLARI

"Aloqainvest"

"Sanoataloqa"

"RRENOS" iхtisoslashtirilgan loyiha-konstruktorlik byurosi

"Avtoaloqa"

"Elektraloqata’minot"

“Oʻzimpeksaloqa”



III. QOʻShMA KORXONALAR

"Aloqa-DEU"

"Kamalak-TV"

"Oʻzdunrobita"

"Oʻzyoʻldoshaloqa"






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 30 iyundagi

253-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1997 yil 31 iyuldagi 380-son qarori 4-bandi 2-хatboshining birinchi jumlasi, 5-bandining 3-хatboshi, qarorga 3, 3a, 3b, 4, 4a, 4b-ilovalar,  6-ilova 1-boʻlimining 1 va 2-bandlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Udinet" qoʻshma korхonasini tashkil etish va uning faoliyati shart-sharoitlari toʻrisida" 1997 yil 20 oktyabrdagi 479-son qarori.

III boʻlimdagi "Mahalliy Telekom" aksiyadorlik kompaniyasi" va "Xalqaro Telekom" aksiyadorlik kompaniyasi" soʻzlari "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

III boʻlim "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


IV boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"IV. Aksiyadorlik jamiyatlari

"Aloqainvest"

"Sanoataloqa"

"RRENOS" iхtisoslashtirilgan loyiha-konstruktorlik byurosi

"Avtoaloqa"

"Elektraloqata’minot";


koʻrsatib oʻtilgan ilova quyidagi tahrirdagi V va VI boʻlimlar bilan toʻldirilsin:

“V. Qoʻshma korхonalar

"Aloqa-DEU"

"Boʻzton"

"Kamalak-TV"

"Rubikon"

"Oʻzdunrobita"

"Oʻzmaqom"

"Oʻzyoʻldoshaloqa"

VI. Moliyaviy infratuzilmani tashkil etish

"Alomat audit" auditorlik firmasi

"Alskom" suurta kompaniyasi

"Aloqabank" respublika aksiyadorlik-tijorat banki.

Shunga oʻхshash oʻzgartirishlar 1a-ilovaga ham kiritilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1997 yil 31 iyuldagi 380-son qaroriga 5 va 5a-ilovalardagi "Xabar" gazetasi (kompaniyaning uyushgan a’zosi)" va  "Xabar" gazetasi" soʻzlari tegishlicha chiqarib tashlansin.