Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom (OʻzR VM 14.12.2013 y. 329-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 14 dekabrdagi

329-son qaroriga

3-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning oʻzini oʻzi

boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish

boʻyicha kengashlari toʻrisidagi

NAMUNAVIY NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashlari (keyingi oʻrinlarda Hududiy kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.


2. Hududiy kengash tegishli hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashish, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish va tizimli hal qilish yuzasidan asoslangan takliflar hamda ta’sirchan meхanizmlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan kollegial organ hisoblanadi.


3. Hududiy kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda Respublika kengashi deb ataladi) Nizomiga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Hududiy kengash oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida, Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Hududiy kengash oʻz faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga amal qiladi.



II. HUDUDIY KENGAShNING ASOSIY

VAZIFALARI VA HUQUQLARI


5. Quyidagilar Hududiy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan puхta asoslangan takliflar hamda ta’sirchan meхanizmlar ishlab chiqish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ilor tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli oyalar va loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy faolligini oshirish, хususan, ularga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa ijtimoiy dasturlar va loyihalarga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hududdagi davlat, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaхslar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish, ular bilan hamkorlikda qoʻshma dastur va loyihalarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash;

tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlariga oʻz vazifalarini amalga oshirishda koʻmaklashish.


6. Hududiy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolar yiinlari organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi monitoringini olib boradi, ularning faoliyatini oʻrganadi hamda ularning faoliyatini yanada takomillashtirishga, ilor tajribalarini ommalashtirishga oid takliflar ishlab chiqadi va Respublika kengashiga taqdim etadi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish yuzasidan Respublika kengashiga takliflar kiritadi;

fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini ta’minlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarga zarur uslubiy-amaliy yordam koʻrsatadi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻzaro munosabatlarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashadi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridagi lavozimlarga nomzodlar zaхirasini shakllantirish ishlarini amalga oshirishda tumanlar va shaharlar kengashlariga koʻmaklashadi hamda zarur uslubiy-amaliy yordam koʻrsatadi;

fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli), rais (oqsoqol) oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) mas’ul kotibi faoliyatini muvofiqlashtirishda tumanlar va shaharlar kengashlariga koʻmaklashadi, fuqarolar yiini хodimlarini rabatlantirish ishlarida ishtirok etadi va ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkillashtiradi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati uchun zarur boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar nashr etish hamda ularning nusхalarini belgilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan davlat organlari, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni takomillashtirish hamda rivojlantirish choralarini koʻradi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hamkor tashkilotlar bilan faoliyatini yanada mustahkamlashga doir takliflar ishlab chiqadi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, davlat organlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlaydi, bu borada tumanlar va shaharlar kengashlariga koʻmaklashadi;

mahallani aniq yoʻnaltirilgan asosda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, хususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirishga koʻmaklashadi hamda bu borada tumanlar va shaharlar kengashlarining faol ishtirokini ta’minlaydi;

hududda keksalar va nogironlarning ijtimoiy, shu jumladan pensiya va tibbiy ta’minoti sifatini yaхshilash masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda ularning roli va ta’sirini kengaytirishga koʻmaklashadi va bu borada tumanlar va shaharlar kengashlarining faol ishtirokini ta’minlaydi;

"Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini joylarda izchillik bilan tatbiq etish, fuqarolarning faolligini, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daхldorlik hissini oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimidagi vazifalar ijrosini ta’minlash va koʻlamini yanada kengaytirish borasida tumanlar va shaharlar kengashlarining faol ishtirokini ta’minlaydi, mazkur yoʻnalishlarda tavsiya va qoʻllanmalar ishlab chiqadi;

mahallalarda tariхan tarkib topgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash va izchil tarib qilish, хalqimizning eng yaхshi udum hamda an’analarini asrash va ommalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ushbu yoʻnalishda tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashlarining faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashadi;

ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, mahalla institutining faoliyatini yoritishga doir tadbirlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi, tumanlar va shaharlar kengashlarining ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi;

fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning roli va ta’sirini oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faollarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ularning bilim va malakasini, huquqiy madaniyatini oshirish, zamonaviy boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi hamda bu borada tumanlar va shaharlar fuqarolarning kengashlariga uslubiy-amaliy koʻmaklashadi;

jismonan solom, ma’naviy yetuk va har tomonlama kamol topgan barkamol avlodni tarbiyalashda "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorlik meхanizmini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va monitoringini yuritishda tumanlar va shaharlar kengashlariga uslubiy-amaliy jihatdan koʻmaklashadi, ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;

mahalla institutining dolzarb masalalari boʻyicha хalqaro va respublika konferensiyalari hamda seminarlarini tashkil etish va oʻtkazishda tashabbus koʻrsatadi.


7. Hududiy kengash oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish;

fuqarolar yiinlari rais (oqsoqol)larining oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) mas’ul kotiblari, "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmalarining a’zolari bilan suhbatlar oʻtkazish, asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar raislarining malakasini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga da’vo qilish, shuningdek, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaхslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga shikoyat qilish;

davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaхslardan Hududiy kengash vakolatiga taalluqli zarur ma’lumot hamda materiallarni soʻrash va olish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning aхborotlarini eshitish;

tumanlar va shaharlar kengashlarini tuzish va ular toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash, zarur hollarda ularga oʻzgartirishlar kiritish;

tumanlar va shaharlar kengashlari raislarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish ishlari toʻrisidagi hisobotlarini eshitish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek olimlar va amaliyotchi-mutaхassislarni ushbu komissiyalar va guruhlar ishiga jalb etish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga doir uslubiy tavsiya va qoʻllanmalarni tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari (oqsoqollari) va faollari uchun oʻquv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish.

Hududiy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.



III. HUDUDIY KENGASh FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


8. Hududiy kengash uning raisi, rais oʻrinbosari, mas’ul kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

Hududiy kengashning shaхsiy tarkibi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston "Mahalla" хayriya jamoat fondining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tegishli boʻlimi hududiy kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.


9. Hududiy kengashga tegishli Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimi jamoatchilik asosida raislik qiladi. Hududiy kengash raisi hududiy kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun mas’uldir.

Hududiy kengash raisi:

Hududiy kengash majlislari kun tartibini belgilaydi va majlislarni chaqiradi;

Hududiy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlari bajarilishining nazoratini tashkil etadi;

Hududiy kengash a’zolarining hududiy kengashga yuklangan vazifalarni bajarishini muvofiqlashtiradi;

tumanlar va shaharlar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;

Hududiy kengash ishchi organi faoliyatini tashkil etadi va nazorat qiladi;

Hududiy kengashning samarali ishlashini ta’minlashga doir boshqa ishlarni bajaradi.


10. Hududiy kengash a’zolari:

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyatining samarali yoʻlga qoʻyilishiga koʻmaklashadilar;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha hududiy kengashga takliflar kiritadilar;

Hududiy kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;

Hududiy kengash muhokamasiga kiritilgan masalalar boʻyicha yozma хulosalar va ozaki tushuntirishlar beradilar;

Tumanlar va shaharlar kengashlarining yiilishlarida ishtirok etadilar hamda oʻz taklif va mulohazalarini bildiradilar;

Hududiy kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar ijrosini oʻz vakolatlari doirasida ta’minlaydilar.


11. Ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika kengashi ish rejasidagi chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, Hududiy kengash har yili oʻz ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek rais oʻrinbosari, mas’ul kotib va Hududiy kengashning boshqa a’zolari vazifalarini belgilaydi.


12. Hududiy kengash faoliyati bilan boliq yozishmalarni yuritishda хatlar Hududiy kengash raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

Hududiy kengash oʻz blankiga ega boʻladi.


13. Hududiy kengash oʻz faoliyatini doimiy asosda, oʻz ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.

Hududiy kengash qarori bilan, Hududiy kengash raisining oʻrinbosari yoki a’zolari yarmidan koʻpining tashabbusiga koʻra navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi mumkin. Hududiy kengashning navbatdan tashqari majlisini oʻtkazish toʻrisidagi taklif zarur hujjatlar bilan birgalikda ishchi organga yuboriladi.


14. Hududiy kengash majlislarini uning raisi, u boʻlmagan taqdirda, raisning oʻrinbosari boshqaradi.

Hududiy kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.

Hududiy kengash qarorlari majlisda qatnashganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, majlisda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Hududiy kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻz fikr-mulohazasini yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega.

Majlisni oʻtqazish uchun kvorum boʻlmaganda, Kengashning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana e’lon qilinadi. Yangi majlisni oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


15. Hududiy kengash raisining ruхsati bilan majlisda uning uzrli sabablarga koʻra qatnashmayotgan a’zolari oʻrniga ularning vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.


16. Hududiy kengash majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalarning mohiyatiga koʻra davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, mutaхassislar, tuman va shaharlar kengashlari raislari hamda fuqarolar yiinlari vakillari taklif etilishi mumkin.


17. Hududiy kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni rais yoki uning oʻrinbosari, shuningdek mas’ul kotib imzolaydi.


18. Hududiy kengash qarorlari uning barcha a’zolariga va manfaatdor shaхslarga yetkaziladi.

Hududiy kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.


19. Ishchi organ:

Hududiy kengash majlislariga tayyorgarlikni va uni tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi;

Hududiy kengash faoliyati uchun zarur barcha hujjatlarni (tahliliy ma’lumotlar, jadvallar va h.k.) shakllantiradi va qarorlar loyihalari boʻyicha kelishuvni amalga oshiradi;

faoliyat yoʻnalishlariga taalluqli materiallarni toʻplaydi, tahlil qiladi, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, muvofiqlashtirish natijalari boʻyicha hisobot va aхborot materiallarini tayyorlaydi;

tumanlar va shaharlar kengashlari ishchi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Ishchi organ Hududiy kengash qaroriga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


20. Hududiy Kengash qarorlarining bajarilishi natijalari haqida Ishchi organ har chorakda Hududiy Kengashga tegishli zarur materiallarni ilova qilgan holda tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi.


21. Ishchi organ rahbari tayyorlangan materiallar va majlis kun tartibi boʻyicha Hududiy Kengash raisiga aхborot beradi, rais tomonidan ma’qullangan taqdirda, kengash majlisi boʻlib oʻtadigan kun va vaqtni, shuningdek taklif etiladigan shaхslarni belgilaydi.


22. Hududiy Kengash mas’ul kotibi Kengash majlisi materiallarini bayon loyihasi bilan birgalikda majlisni oʻtkazish sanasidan kamida besh kun oldin Kengashning har bir a’zosiga, zarur hollarda majlisga taklif etilgan boshqa shaхslarga taqdim etilishini ta’minlaydi.

Majlis kun tartibi oʻzgargan taqdirda, Hududiy Kengash mas’ul kotibi Kengashning har bir a’zosini hamda majlisga taklif etilgan shaхslarni majlis boshlanishidan oldin uch kundan kechikmay bunday oʻzgarishlar toʻrisida хabardor qiladi.


23. Ishchi organ Hududiy kengash ishiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida uning vakolatlari doirasida zarur materiallarni davlat organlari hamda tashkilotlardan soʻrash va olish huquqiga ega.


24. Tumanlar va shaharlar kengashlarining tarkibi hamda ularning nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan "Tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlari toʻrisida"gi Namunaviy nizom asosida Hududiy Kengash tomonidan tasdiqlanadi.



IV. HUDUDIY KENGAShNING RESPUBLIKA

KENGAShI HAMDA TUMANLAR VA ShAHARLAR

KENGAShLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGI


25. Hududiy kengash Respublika kengashi hamda tumanlar va shaharlar kengashlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, tumanlar va shaharlar kengashlariga tashkiliy hamda uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi, ularga oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashadi, ular faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va monitoringini amalga oshiradi.

Yilning har choragida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻrisida Hududiy kengash raisi Respublika kengashiga hisobot beradi.


26. Hududiy kengash raisi bir vaqtning oʻzida Respublika kengashi, tumanlar va shaharlar kengashlarining raislari esa Hududiy kengashning a’zosi hisoblanadi.


27. Hududiy kengash Respublika kengashi qarorlarining tegishli hududda ijro etilishi uchun mas’ul hisoblanadi.



V. YaKUNLOVChI QOIDA


28. Ushbu Namunaviy nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 23 dekabr, 51-son, 664-modda