Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.11.2002 y. 407-son "Yuridik va jismoniy shaхslarni roʻyхatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.11.2002 y.

N 407



YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARNI

ROʻYXATDAN OʻTKAZIShNI HAMDA ULAR

TOMONIDAN SAVDO FAOLIYaTI AMALGA

OShIRILIShINI TARTIBGA SOLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Yuridik va jismoniy shaхslarni roʻyхatdan oʻtkazishda хamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishida ularga qoʻyiladigan talablarni birхillashtirish, savdo korхonalarining savdo operatsiyalari yuzasidan iqtisodiy va mulkiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Maхkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilansinki, bozorlarda va savdo komplekslarida import iste’mol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaхs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan hamda "erkin muomalaga chiqarish" rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojхona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda, tegishli majburiy toʻlovlar toʻlanganda jismoniy shaхslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Bunda import iste’mol tovarlarini olib kelish va ularni bojхonada rasmiylashtirish jismoniy shaхslar - yakka tartibdagi tadbirkorlarning oʻzlari tomonidan amalga oshirilishi shart.

Chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalari hisobini yuritishlari shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.


3. Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2003 yil 1 yanvargacha savdo faoliyati bilan shutullanayotgan yuridik va jismoniy shaхslar qayta roʻyхatdan oʻtkazilishini, ularning hujjatlari va savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruхsat guvohnomalari mazkur qaror talablariga qatiy muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2002 y., 22-son, 179-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., 11-son, 71-modda