Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 31.12.2013 y. 01/13-26/26-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash ob’yektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 13.01.2014 y. 2152-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.01.2014 y.

N 2152-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYaDAN

ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASINING

31.12.2013 y.

N 01/13-26/26


QARORI


"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini

boshqarish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan

baholash ob’yektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar

хizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 46-47-son, 521-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 14 noyabrdagi 322-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 46-47-son, 523-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010 yil 12 oktyabrdagi 01/11-18/08-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash ob’yektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2152, 2010 yil 10 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 44-45-son, 412-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                         A. Abduhakimov






Qarorga

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish

davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash ob’yektlarini

baholashda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining qiymatini

aniqlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash

haqida"gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Nomidagi "Respublikasi Davlat mulkini boshqarish" soʻzlari "Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 46-47-son, 521-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 yanvardagi 27-son "Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 6-son, 51-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:".


3. 1-banddagi "Respublikasi Davlat mulkini boshqarish" soʻzlari "Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Nizomda:


a) nomidagi va 1 - 4-ilovalar belgisidagi "Respublikasi Davlat mulkini boshqarish" soʻzlari "Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 46-47-son, 521-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 yanvardagi 27-son "Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 6-son, 51-modda) va baholash faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi) buyurtmalariga asosan baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan baholovchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda baholovchi tashkilot deb yuritiladi) tomonidan baholash ob’yektlarini baholash хizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibini belgilaydi.";


v) 1 - 3-bandlardagi, 9-bandning birinchi хatboshisidagi va 2 - 4-ilovalardagi "mulki" soʻzi "raqobat" soʻzi bilan almashtirilsin.


5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 20 yanvar, 3-son, 37-modda