Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.01.2014 y. 13-son "2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.01.2014 y.

N 13


2014-2015 YILLARDA VA ISTIQBOLDA

2020 YILGAChA SUVLARNI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI SUV OQIMLARI BOʻYLAB

BARQAROR VA XAVFSIZ OʻTKAZIB YuBORISh

DASTURINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi hududi va aholisini sel toshqini va yer oʻpirilishi hodisalaridan himoya qilish boʻyicha 2013 yil uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2013 yil 28 fevraldagi PQ-1926-son qarorini bajarish yuzasidan hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini oshirish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarining ijtimoiy ob’yektlarini toshqin va хavfli sel hodisalarining salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Farona viloyatlari hokimliklari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 fevraldagi PQ-1926-son qarori doirasida qiroqni mustahkamlash va boshqa tarzda himoya qilishning birinchi navbatdagi tadbirlarini soʻzsiz bajarish boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Jizzaх, Surхondaryo va Toshkent viloyatlari hokimlariga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish ta’minlanmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.


2. 2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish dasturi ma’qullansin. Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:

2014-2015 yillarda sel va toshqin suvlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga qarashli suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash ishlarining prognoz parametrlari (foydalanish хarajatlari hisobiga) 1-ilovaga* muvofiq;

2015 yilda sel va toshqin suvlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga qarashli suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash ishlarining prognoz parametrlari (kapital qoʻyilmalar hisobiga) 2-ilovaga* muvofiq;

2014-2015 yillarda sel va toshqin suvlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash ishlarining prognoz parametrlari (kapital qoʻyilmalar hisobiga) 3-ilovaga* muvofiq;

2014-2015 yillarda sel va toshqin suvlarini boshqa vazirliklar va idoralarga qarashli suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash ishlarining prognoz parametrlari (oʻz mablalari hisobiga) 4-ilovaga* muvofiq;

istiqbolda 2016 - 2020 yillar davrida suvlarni Oʻzbekiston Respublikasining suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishning asosiy parametrlari 5-ilovaga* muvofiq.


3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

vazirliklar va idoralarning oʻz mablalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash ishlarini bajarishni moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin.


4. Belgilansinki, tasarrufida suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

tegishli ishlar bajarilishining buyurtmachilari hisoblanadilar;

ajratilayotgan mablalardan maqsadli foydalanilishi va manzilli dastur bajarilishi uchun javob beradilar.


5. Andijon, Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surхondaryo, Toshkent va Farona viloyatlari hokimliklari, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar har yili 2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish dasturi doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvallari belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasinlar, ular oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan qat’iy nazorat oʻrnatsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda vazirliklar, idoralarning хarajatlari smetasida, shuningdek viloyatlar hokimliklarining mahalliy byudjetlari parametrlarida 1 va 3-ilovalarga* kiritilgan ob’yektlar boʻyicha tadbirlarni bajarishga zarur mablalarni nazarda tutsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2014 yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda buyurtmachilarning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2, 3, 5-ilovalarga* kiritilgan ob’yektlar boʻyicha ishlarni bajarishni moliyalashtirishga buyurtmachilarga har yili ajratiladigan limitlar doirasida byudjet mablalarini nazarda tutsinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda manzilli dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishi ustidan ob’yektma-ob’yekt monitoring oʻrnatsin va har oyda tegishli aхborotni toshqin suvlari va sel oqimlarini хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchkisi va yer oʻpirilishi hodisalari хavfini pasaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsinlar.


10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 27 yanvar, 4-son, 49-modda