Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2006 y. PF-3832-son "Osiyo va Parosiyo oʻyinlari gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.12.2006 y.

N PF-3832



OSIYo VA PAROSIYo OʻYINLARI

OLIBLARI VA SOVRINDORLARINI

MUKOFOTLASh TOʻRISIDA


Osiyo va Parosiyo oʻyinlarining jahon sport harakatidagi nufuzi ortib borayotganligini, Oʻzbekistonda sportning jadal rivojlanayotganligini inobatga olgan holda, shuningdek Osiyo va Parosiyo oʻyinlari oliblari va sovrindorlarini qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish maqsadida:

1. Belgilansinki, Oʻzbekiston sportchilari - Osiyo va Parosiyo oʻyinlarining oliblari va sovrindorlariga yuqori natijalarga erishganliklari uchun quyidagi miqdorda bir martali pul mukofotlari topshiriladi:

oltin medali uchun - 5000 AQSh dollari;

kumush medali uchun - 3000 AQSh dollari;

bronza medali uchun - 2000 AQSh dollari.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga Osiyo oʻyinlarida erishgan ulkan natijalari uchun pul mukofotlarini toʻlash tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 12-son, 701-modda