Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.02.2014 y. 29-son "Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 sentyabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Mudofaa ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.02.2014 y.

N 29



VAZIRLAR MAHKAMASINING

2003 YIL 24 SENTYaBRDAGI 410-SON QARORI

BILAN TASDIQLANGAN MUDOFAA OB’YeKTLARINI

LOYIHALAShTIRISh, QURISh, ULARDAN FOYDALANISh

VA ULARNI TA’MIRLASh FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh

TOʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChALAR KIRITISh

HAQIDA


Mudofaa ob’yektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash, shuningdek mudofaa ob’yektlarida rejim talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 sentyabrdagi 410-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 9-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Mudofaa ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomning II boʻlimiga quyidagi mazmundagi 6-1-band qoʻshilsin:

"6-1. Mudofaa ob’yektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash boʻyicha bosh pudratchi hisoblanadigan litsenziat tomonidan mudofaa ob’yektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashga doir tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan subpudrat tashkilotlarini jalb etish quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:

subpudrat tashkilotlarini mudofaa ob’yektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash ishlarini bajarishga jalb etishga loyiha-smeta hujjatlarining alohida boʻlimlari boʻyicha yoʻl qoʻyiladi;

subpudrat tashkilotlariga loyiha-smeta hujjatlari faqat ularga taalluqli qismi boʻyicha taqdim etilishi mumkin;

subpudrat tashkilotlarining хodimlari mudofaa ob’yektlari hududiga ularning roʻyхatlari belgilangan tartibda kelishilgandan keyin kiritiladi;

litsenziat subpudrat tashkilotlari va ularning хodimlari tomonidan ob’yekt rejimi bilan belgilangan qoidalarga rioya etilishi, shuningdek davlat sirlarini saqlashning ta’minlanishi uchun toʻliq javob beradi.".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 24 fevral, 8-son, 81-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 2-son, 13-modda