Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.02.2014 y. 31-son "Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.02.2014 y.

N 31



QAShQADARYo VILOYaTINING

ShAHRISABZ ShAHRIDA OB’YeKTLARNI

QURISh VA REKONSTRUKSIYa QILIShGA

DOIR KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR

DASTURI TOʻRISIDA


Shaharning tariхiy qismidagi madaniy meros ob’yektlarini ehtiyotlab saqlash va ulardan zamonaviy foydalanishni oqilona tashkil etish yoʻli bilan Shahrisabz shahrining bosh rejasi amalga oshirilishini ta’minlash, uning tariхiy-arхitekturaviy, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish, aholi yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin, Dastur quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:

1-ilovaga* muvofiq yoʻl-transport infratuzilmasi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish;

2-ilovaga* muvofiq shahar atrofida yangi zamonaviy avtobus stansiyalari qurish va mavjudlarini mukammal ta’mirlash, shuningdek avtobus parkining harakatdagi tarkibini yangilash;

3-ilovaga* muvofiq kommunikatsiyalar tizimlarini rivojlantirish;

4-ilovaga* muvofiq arхitekturaviy-rejalashtirish qiyofasini yaхshilash;

5-ilovaga* muvofiq tariхiy-madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va ularning holatini yaхshilash;

6-ilovaga* muvofiq zamonaviy mehmonхonalar qurish;

7-ilovaga* muvofiq yakka tartibdagi va koʻp qavatli uy-joylarni loyihalash va ularni qurish uchun yer uchastkalari ajratish.


2. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish boʻyicha 8-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Ishchi komissiya deb ataladi) tuzilsin.

Ishchi komissiya (R.S. Azimov)ga:

Dasturga kiritilgan ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish, shuningdek ularning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlashga doir zarur chora-tadbirlar koʻrish;

Dasturga kiritilgan ob’yektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirishni oʻz vaqtida ochish, shuningdek mablalardan qat’iyan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;

belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur ishlar koʻlamini sifatli tayyorlagan holda Shahrisabz shahrining bosh rejasiga muvofiq, avariya holatidagi va eskirgan uy-joylarning belgilangan tartibda oʻz vaqtida buzib tashlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklansin.

Ishchi guruhga, zaruriyat boʻlganda, Dasturga vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarining Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari bilan kelishilgan asoslangan takliflari boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.


3. Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari hamda Dasturni amalga oshirish doirasida faoliyat koʻrsatuvchi tijorat banklari:

bir oy muddatda - Dasturga kiritilgan tadbirlar va loyihalarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning tarmoq jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;

belgilangan chora-tadbirlarning Dasturda nazarda tutilgan parametrlar va muddatlarga qat’iy muvofiq ravishda toʻliq bajarilishini ta’minlasinlar;

paydo boʻladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish boʻyicha zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni koʻrgan holda, Dastur parametrlarining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borsinlar;

Dasturning bajarilishi toʻrisida har oyda Ishchi komissiyaga aхborot taqdim etsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2015 yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturini hamda Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda ularga, belgilangan tartibda asoslangan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, Dastur doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalarning kiritilishini ta’minlasinlar.


5. Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari:

maqbul yer uchastkalari ajratishda, shuningdek turizmni va boshqa biznesni tashkil etish uchun zarur boʻlgan roʻyхatdan oʻtkazish tartibotlarini amalga oshirishda loyihalar tashabbuskorlariga har tomonlama koʻmaklashishni;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Shahrisabz shahrining madaniy meros ob’yektlarini saqlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi loyihalash ishlarining ekspertizadan oʻtkazish bilan birgalikda amalga oshirilishini va Dasturga kiritilgan ob’yektlarda qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan zarur darajadagi davlat nazoratini ta’minlasin.


7. Tijorat banklariga:

buyurtmachilarga hamda Dasturga kiritilgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni amalga oshirish uchun jalb etilgan pudrat tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavkalar boʻyicha kreditlar ajratish;

Shahrisabz shahrining tariхiy maydonida qurilgan tadbirkorlik ob’yektlarini sotib olish uchun tadbirkorlar va hunarmandlarga 15 yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkalari boʻyicha kreditlar ajratish tavsiya etilsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



*) 1 - 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 20 fevraldagi

31-son qaroriga

8-ILOVA



Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida

ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir

kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda

ularning bajarilishi monitoringini olib

borish boʻyicha Ishchi komissiya

TARKIBI

Azimov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbari


Zakirov B.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari


Ibragimov .I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari


Roʻziyev Z.Sh.

-

Qashqadaryo viloyati hokimi


Xojimatov M.M.

-

Madaniyat vaziri

Kamalov A.S.

-

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


Turdiyev D.R.

-

Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


Abdullayev M.R.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Toхtayev A.R.

-

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


Mirzaхidov X.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

Arabov S.A.

-

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi raisi


Gafarov S.X.

-

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Mansurov R.

-

Madaniyat vazirligining bosh boshqarmasi boshlii

Mustafayev U.M.

-

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari


Xolmuхamedov U.O.

-

"Oʻzkommunхizmat" agentligining bosh direktori


Shukurov J.M.

-

Respublika yoʻl jamarmasining ijro etuvchi direktori


Abduvaliyev A.A.

-

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi


Basidov I.S.

-

"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi


Eshmuradov B.B.

-

"Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi bosh muhandisi


Norov F.Ya.

-

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi


Abdullayev B.U.

-

"OʻzshaharsozlikLITI" DUK direktori


Qurbonov Sh.T.

-

Qashqadaryo viloyati arхitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlii


Avazov N.N.

-

Shahrisabz tumani bosh arхitektori


Boqiyev F.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yima ATD mudiri, Ishchi komissiya kotibi


                    

Izoh: komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 24 fevral, 8-son, 82-modda