Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2011 y. PQ-1560-son "Tovarlar importini bojхona-tarif jihatdan boshqarishni takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.06.2011 y.

N PQ-1560



TOVARLAR IMPORTINI

BOJXONA-TARIF JIHATDAN BOShQARIShNI

TAKOMILLAShTIRIShGA OID QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlarining ayrim turlarini olib kirishni yanada optimallashtirish va хalqaro amaliyotda umume’tirof etilgan bojхona bojlarini hisoblash usullarini joriy qilish maqsadida:


1. 2011 yilning 1 avgustidan boshlab tovarlarning ayrim turlariga import boji stavkalari ilovaga muvofiq oʻrnatilsin.


2. Belgilansinki, 2011 yilning 1 iyuliga qadar "vaqtinchalik saqlash" bojхona rejimida joylashtirilgan tovarlarni 2011 yilning 1 oktyabrigacha erkin muomalaga chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2009 yil 5 avgustdagi PQ-1169-sonli qarori bilan tasdiqlangan stavkalar qoʻllanadi.

2011 yilning 1 oktyabridan boshlab "vaqtinchalik saqlash" rejimidan erkin muomalaga chiqariladigan mazkur tovarlarga ushbu qaror bilan tasdiqlangan import bojхona bojlari qoʻllaniladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi olib kirilayotgan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha oʻrnatilgan tartibga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin, ularning qonunga хilof ravishda olib kirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi va bojхona toʻlovlari toʻri hisoblanishi ustidan ta’sirchan nazorat oʻrnatsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 26-son, 264-modda