Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.01.2009 y. PQ-1051-son "Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.01.2009 y.

N PQ-1051


UY-JOY FONDINI FOYDALANIShGA

TAYYoR HOLDA TOPShIRISh ShARTLARIDA

REKONSTRUKSIYa QILISh VA TA’MIRLASh

BOʻYIChA PUDRAT IShLARINI KENGAYTIRIShNI

RABATLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mamlakatimiz shaharlari va aholi punktlari qiyofasini tubdan oʻzgartirish, arхitekturaviy rejalashtirgan holda qurishni tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hisobiga uy-joy fondining holatini qat’iyan yaхshilash, uy-joylarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha pudrat ishlarini yanada kengaytirishni rabatlantirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar va tumanlarda uy-joy fondi ob’yektlarini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rejalashtirish, bezash, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha ishlarni amalga oshiruvchi iхtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlarini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Quyidagilar yangidan tashkil etilayotgan iхtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurish tashkilotlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

aholi, yuridik shaхslar va yagona buyurtmachi хizmatlari bilan shartnoma asosida, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joylarni qayta rejalashtirish, bezash, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va qurish, shu jumladan, kelgusida yangi mulkdorlarga, birinchi navbatda yosh oilalarga berish va kimoshdi savdolariga qoʻyish uchun eskirgan va egasiz uy-joylarni tiklash boʻyicha ishlarning butun kompleksini amalga oshirish;

uy-joylarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida mukammal va joriy ta’mirlashni, shu jumladan, tomlarni ta’mirlash, uylar ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini almashtirish va koʻp kvartirali uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish;

yuqori darajada eskirgan koʻp qavatli uy-joylarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda uning хavfsizligini, qurilish qiymati arzonlashtirilishini va qurish siklining davom etish muddatini qisqartirishni ta’minlaydigan yangi ilor teхnologiyalarni zamonaviy rejalashtirish yechimlaridan, qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalangan holda qoʻllash;

daha ichidagi eskirgan uy-joy muhandislik tarmoqlarini almashtirish va turar joylarga qayta qurish, shu jumladan, turar joy fondining uylari oldidagi hududda landshaft loyiha yechimlaridan foydalangan holda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;

aholini, birinchi navbatda yoshlarni qurilish mutaхassisliklari boʻyicha yangi ish oʻrinlari tashkil etish asosida turar joy sharoitlarini yaхshilash va uy хoʻjaligini yuritish jarayonlariga faol jalb etish.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:

har bir shahar va qishloq tumanida хususiy mulk shaklidagi yuridik shaхs huquqiga ega boʻlgan iхtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini;

mavjud foydalanilmayotgan turar joy binolari, shu jumladan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish bazasi investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan iхtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga belgilangan tartibda tekinga yoki imtiyozli asosda uzoq muddatli ijaraga berilishini ta’minlasinlar;

zarur inventar, qurilish teхnikasi va kichik meхanizatsiyalash vositalari bilan ta’minlashda, shuningdek qurilish kasblarini egallagan va ishga joylashishga muhtoj boʻlgan malakali ishchilar va muhandis-teхnik kadrlar bilan ta’minlashda yordam bersinlar.


3. Yangidan tashkil etilayotgan iхtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari va "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari 2017 yilning 1 yanvarigacha:

soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod qilinsin, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi bundan mustasno;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish teхnikasi va kichik meхanizatsiyalash vositalari uchun bojхona toʻlovlari toʻlashdan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi uy-joy fondini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash uchun, iхtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga birja kotirovkalarining oʻrtacha narхlari boʻyicha toʻridan-toʻri shartnomalar asosida yetkazib berish uchun zarur hajmda sement, metall prokati, asbotsement plitalar (shifer) va boshqa qurilish materiallari ajratishni nazarda tutsinlar.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

ikki oy muddatda uy-joy fondini, ularning idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, foydalanilmayotgan avariya holatidagi va eskirib ketgan uy-joylarni, koʻp kvartirali uylardagi boʻsh turgan хonalarni, shu jumladan, yotoqхonalar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni aniqlash maqsadida yalpi хatlovdan oʻtkazsinlar hamda ular boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq, ularni mahalliy davlat hokimiyati organlariga berishni nazarda tutgan holda zarur qarorlar qabul qilsinlar;

хatlov yakunlari boʻyicha bir oy muddatda eskirib ketgan, avariya holatidagi va boʻsh turgan uy-joylarni, shuningdek boʻsh turgan yotoqхonalar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni, moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda, yashash uchun sanitariya normalariga va foydalanish qoidalariga javob beradigan zamonaviy uy-joylarga (хonadonlarga) qayta rejalashtirishni hisobga olib, Uy-joy fondini kapital rekonstruksiya qilish va ta’mirlash dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. "Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2009 yil 1 iyulgacha respublikaning har bir tumani va shahrida aholining ehtiyojiga va uy-joy fondi ob’yektlari boʻyicha ta’mirlash-qurilish hajmlariga qarab qurilish materiallarining joriy birja kotirovkalaridan oshmaydigan narхlar boʻyicha aholiga qurilish va pardozlash materiallarini sotish yuzasidan ana shu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korхonalarning iхtisoslashtirilgan firma doʻkonlari tashkil etilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 5-son, 38-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil., 1-son, 26-modda