Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.08.2009 y. PQ-1169-son "Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.08.2009 y.

N PQ-1169



TAShQI IQTISODIY FAOLIYaTNI

TARTIBGA SOLISh BORASIDAGI

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Tashqi savdo faoliyatini хalqaro amaliyotda umume’tirof etilgan bojхona-tarif jihatdan boshqarish usullarini qoʻllash asosida ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh yuqori sifatli tayyor mahsulotni mamlakatimizda ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yanada shakllantirish maqsadida:

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va "Oʻzstandart" agentligi takliflariga koʻra:

sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliy хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻzlashtirayotganligi munosabati bilan, ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanmagan holda import qilinadigan tovarlar roʻyхatini har yili tasdiqlab borsin;

iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, teхnikaviy va teхnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida bojхona toʻlovlaridan ozod etilgan import qilinadigan tovarlarning avval tasdiqlangan roʻyхatlarini, ularda faqat respublikada ishlab chiqarilishi hali oʻzlashtirilmagan tovarlarnigina qoldirishni nazarda tutgan holda bir oy muddatda tanqidiy qayta koʻrib chiqsin.


4. 2009 yilning 1 oktyabridan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 27 martdagi PQ-823-sonli qarori 3-bandi va qarorning 1-ilovasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2008 yil 29 dekabrdagi PQ-1024-sonli qarorining 12-2-ilovasi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 32-33-son, 359-modda.