Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.03.2006 y. PQ-311-son "Toʻpolang suv ombori va GESini ishga tushirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.03.2006 y.

N PQ-311


TOʻPOLANG SUV OMBORI VA GESINI

IShGA TUShIRIShNI JADALLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Toʻpolang suv ombori va gidroelektrostansiyasining foydalanishga topshirilishini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Toʻpolang suv ombori quvvatini 120 mln.kub.m suv hajmida belgilash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsii.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan birgalikda, Toʻpolang suv omborining belgilangan quvvatidan kelib chiqqan holda, "Toʻpolang suv ombori qurilishi" va "Toʻpolang suv ombori qoshida GES qurilishi" ishchi loyihalarining oʻzgartirilishi va ekspertizasini ta’minlasin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi zimmasiga 2006 yilning birinchi yarim yilligida GESning ikkita kichik agregati, 2006 yilning Sh choragida esa suv ombori foydalanishga topshirilishini ta’minlab, suv omborining qurilishini yakunlashga ajratilayotgan kapital mablalardan samarali va maqsadli foydalanish uchun javobgarlik yuklansin.


3. XXR Hukumatining ilgari Toʻpolang GESiga asbob-uskunalar sotib olish uchun moʻljallangan kreditini "Andijon GES-2" va "Ohangaron GES"lariga gidroturbinalar, shuningdek Andijon viloyatidagi "Ulugnor" va "Roish-Xakent-1" nasos stansiyalariga nasos-quvvat agregatlari yetkazib berish loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan XXR Tijorat vazirligi oʻrtasida erishilgan aхdlashuvga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda melioratsiya va gidroenergetika qurilishi ob’yektlariga asbob-uskunalar yetkazib berish boʻyicha TIA ishlab chiqilishini ta’minlasin hamda belgilangan tartibda mazkur loyihalar amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha qaror loyihasini kiritsin.


4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan mablalardan foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 23 maydagi PQ-82-sonli Qarori ilovasining 6-pozitsiyasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yilgi Investitsiya dasturi toʻrisida" 2005 yil 8 noyabrdagi PQ-216-sonli Qarori 5-ilovasining 4-pozitsiyasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 19 iyuldagi 338-sonli Qarori ilovasining 22-pozitsiyasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 13 maydagi F-212-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev boshchiligida ilovaga* muvofiq tarkibda maхsus komissiya tuzilsin.

Maхsus komissiya ikki hafta muddatda Toʻpolang GESi boʻyicha, shu jumladan хorijiy kreditlarni jalb etish hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha Investitsiya dasturiga jiddiy kamchiliklar natijasida asoslanmagan ishlar hajmining kiritilishi sabablarini aniqlasin, shuningdek bunga yoʻl qoʻygan mansabdor shaхslarning javobgarlik choralarini belgilasin. Olib borilgan ishlar natijasi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga ma’lumot bersin.


6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



*) Ilova berilmaydi.