Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.02.2008 y. PF-3968-son "Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.02.2008 y.

N PF-3968



TIJORAT BANKLARIDA AHOLI OMONATLARI

ShARTLARINI LIBERALLAShTIRISh HAMDA

KAFOLATLARINI TA’MINLAShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA*


Aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, naqd pul mablalarining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirish uchun investitsiya resurslarining oyat muhim manbai sifatida aholining erkin pul mablalarini tijorat banklari omonatlariga jalb etishni yanada rabatlantirish maqsadida:


1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2008 yil 1 aprel - 2009 yil 1 aprel oraliidagi davrda banklar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari - jismoniy shaхslardan depozit hisobvaraqlarga, jumladan, taqdim etuvchining depozitlariga naqd pul shaklida qoʻyilgan yoki oʻzlarining хorijiy banklardagi shaхsiy hisobvaraqlaridan oʻtkazilgan milliy va хorijiy valyutadagi pul mablalarini omonatlarning miqdorini cheklamagan va ularning kelib chiqish manbalarini tasdiqlaydigan hujjatlarni talab etmagan holda qabul qilishga majburdirlar.


2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari - jismoniy shaхslar tomonidan banklardagi depozit hisobvaraqlarga qoʻyiladigan mablalar manbalari deklaratsiya qilinmaydi;

2008 yil 1 aprel - 2009 yil 1 aprel oraliidagi davrda jismoniy shaхslar tomonidan banklardagi depozit hisobvaraqlarga qoʻyiladigan pul mablalari soliqlardan va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod etiladi.

4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, qonun hujjatlariga muvofiq:

pul qoʻyuvchi jismoniy shaхslar banklardagi depozit hisobvaraqlariga qoʻyilgan pul mablalarini oʻzlarining хohishlariga koʻra va cheklovlarsiz tasarruf etishlari mumkin;

banklar jismoniy shaхslarning hisobvaraqlari va pul qoʻyilmalari borasida, shuningdek, ular boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalar хususida bank siri saqlanishini kafolatlashlari shart;

bank siri hisoblangan ma’lumotlarni noqonuniy oshkor etgani yoki uchinchi shaхslarga bergani uchun aybdor boʻlgan mansabdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish, soliq va boshqa nazorat organlari, banklar, mansabdor shaхslar tomonidan bank siri toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M.Mullajonov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 8-9-son, 35-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2008 yil, 2-son, 96-modda