Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 08.06.2012 y. 120-mh-son "Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 08.06.2012 y. 2165-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.06.2012 y.

N 2165-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

08.06.2012 y.

N 120-mh


BUYRUI


Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning

12-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida


(2012 yil 18 iyundan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 yil, 16-son, 179-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 20 dekabrdagi 303-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2165, 2010 yil 20 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda va tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim qilmaganda, mazkur Nizomning 24, 36 va 38-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatining davlat notarial idoralaridagi notarius lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda qatnashadigan talabgor Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmasa, talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi".


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Q. Toayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                            N. Yoʻldoshev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 23-24-son, 271-modda