Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 03.10.2011 y. 228-mh-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.10.2011 y. 2151-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.10.2011 y.

N 2151-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

03.10.2011 y.

N 228-mh


BUYRUI


"Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa

oʻzgartirish kiritish haqida


(2011 yil 13 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi 232-mh-son "Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2151, 2010 yil 29 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 44-45-son, 390-modda) muqaddimasidagi "Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 370-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 15-16-son, 138-modda)" degan soʻzlar "Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatning oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                                N. Yoʻldoshev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 40-son, 438-modda