Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 20.12.2010 y. 303-mh-son "Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 20.12.2010 y. 2165-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.12.2010 y.

N 2165




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

20.12.2010 y.

N 303-mh


BUYRUI


Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida


(2011 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:

1. Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatning oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq 2011 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                            R. Muhitdinov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 51-son, 498-modda.