Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 29.10.2010 y. 232-mх-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.10.2010 y. 2151-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.10.2010 y.

N 2151




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

29.10.2010 y.

N 232-mh


BUYRUI


Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida


(2010 yil 8 noyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:

1. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2006 yil 8 noyabrdagi 27-son "Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari qoshidagi notariat boʻyicha malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori Adliya vazirligi Hay’atining 2010 yil 28 oktyabrdagi 26/10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                           R. Muhitdinov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 44-45-son, 390-modda.