Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 19.07.2010 y. 148-mх-son "Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.07.2010 y. 2090-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.07.2010 y.

N 2090-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

19.07.2010 y.

N 148-mh


BUYRUI


Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


(2010 yil 29 iyuldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 12 iyuldagi 145-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qarori va 2003 yil 27 avgustdagi 370-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 2090, 2010 yil 30 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 13-son, 99-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatning oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                              R. Muhitdinov






Buyruqqa

ILOVA



Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 58-banddagi "Toshkent shahar hududida", "Toshkent shahar hokimiyati" va "Toshkent shahrida" degan soʻzlar tegishlicha "Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida", "Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari" va "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 80-bandning oʻn uchinchi хatboshisidagi "Toshkent shahar hududida", "Toshkent shahar hokimiyati" va "Toshkent shahrida" degan soʻzlar tegishlicha "Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida", "Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari" va "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 86 va 92-bandlardagi "Toshkent shahar" degan soʻzlar "Toshkent shahri va Toshkent viloyati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 28-29-son, 245-modda.