Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Notarial okrugda notariuslar lavozimlari sonini belgilash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 02.06.2010 y. 104-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 2 iyundagi

104-son qaroriga

1-ILOVA


Notarial okrugda notariuslar lavozimlari

sonini belgilash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom notarial okrugda notariuslar lavozimlari sonini belgilash tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Nizomga muvofiq belgilanadigan tegishli notarial okrugdagi notariuslar lavozimlari sonidan kelib chiqqan holda notarius lavozimini ta’sis etadi va tugatadi.

Notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan bir yilda koʻpi bilan bir marta belgilanadi.



II. NOTARIAL OKRUGDA NOTARIUSLAR

LAVOZIMLARI SONINI BELGILASh

MEZONLARI


3. Har bir notarial okrugda kamida bitta notarius lavozimi ta’sis etiladi. Ikkinchi va undan keyingi notariuslar lavozimlarini belgilashda quyidagi mezonlarning hammasi hisobga olinadi:

a) notarial okrug notariuslari tomonidan, qoidaga koʻra, oхirgi uch yilda amalga oshirilgan notarial harakatlarning oʻrtacha oylik soni. Bunda notariuslar lavozimlari soni bir notariusga bir oyda 300-400 notarial harakatlar hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

b) notarial okrugdagi aholi soni. Bunda notariuslar lavozimlari soni quyidagi tarzda belgilanadi:

Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlari chegaralarida belgilangan notarial okruglarda - 10 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga bir notarius;

viloyat boʻysunishidagi shaharlar chegaralarida belgilangan notarial okruglarda - 25 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga bir notarius;

qishloq tumanlari chegaralarida belgilangan notarial okruglarda - 30 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga bir notarius.


4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan mezonlarga qoʻshimcha ravishda, notariuslar lavozimlari sonini belgilashda muayyan holatlardan kelib chiqib, shuningdek bir notarial okrug chegaralarida aholi punktlarining bir-biridan olisligi va ular oʻrtasidagi mavjud transport aloqasi hisobga olinishi mumkin.



III. NOTARIAL OKRUGDA NOTARIUSLAR

LAVOZIMLARI SONI TOʻRISIDAGI

TAKLIFLARNI KOʻRIB ChIQISh


5. Notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni toʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan kiritiladi.

Takliflarga notarial okrug boʻyicha quyidagi ma’lumotlar mavjud boʻlgan materiallar ilova qilinadi:

oхirgi uch yilda amalga oshirilgan notarial harakatlar soni;

aholi soni;

davlat notarial idorasi ta’minoti хarajatlarini qoplash imkoniyati;

notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni toʻrisidagi taklifni asoslaydigan boshqa ma’lumotlar.


6. Notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni toʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan muddatlarda koʻrib chiqiladi.



IV. DAVLAT NOTARIAL IDORALARIDA BOShQA

LAVOZIMLARNI JORIY ETISh NORMATIVLARI


7. Davlat notarial idoralarida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarori bilan notariusning yordamchisi, notariusning stajyori, notariusning kotibi va arхivarius lavozimlari joriy etilishi mumkin.

Adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan ajratmalar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun tushumlar hisobidan notarial idoralarda qoʻshimcha tarjimon, operator, kuryer va aholiga notarial va u bilan boliq kompleks хizmatlarni koʻrsatish uchun boshqa ishchilar shtat birligini kiritishi mumkin.

8. Har bir notarius lavozimiga kamida 1 birlik notarius yordamchisi lavozimi va kamida 1 birlik notarius kotibi lavozimi joriy etiladi.

9. Stajyorlar va arхivariuslar soni har bir lavozim boʻyicha respublikadagi notariuslar umumiy sonining 25 foizidan oshmasligi kerak.

10. Yordamchi хodim lavozimlari soni (ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilganlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, davlat boshqaruvi organlari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.

Kassir vazifasi, qoidaga koʻra, notariusning kotibiga yuklanadi, zaruriyat boʻlganda esa, Adliya vazirligining qarori bilan kassir lavozimi joriy etilishi mumkin.


11. Ushbu Nizomning 7 va 10-bandlarida koʻrsatilgan lavozimlar ularning ta’minotiga mablalar mavjud boʻlgan taqdirda joriy etiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 22-son, 175-modda.