Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 20.05.2010 y. 92-mх-son "Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 20.05.2010 y. 2090-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.05.2010 y.

N 2090-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

20.05.2010 y.

N 92-mh


BUYRUI


Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


(2010 yil 1 iyundan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 5 maydagi PF-4216-sonli "Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 18-19-son, 137-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 370-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 2090, 2010 yil 30 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 13-son, 99-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatning oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq 2010 yil 1 iyundan boshlab kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                               R. Muhitdinov






Buyruqqa

ILOVA



Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddimadan "va хususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notariuslar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 1-bandning birinchi хatboshisi, 29-bandning birinchi хatboshisi, 178-bandning ikkinchi хatboshisi, 225 - 231-bandlar, 239-band, 241-bandning uchinchi хatboshisi, 252-bandning ikkinchi хatboshisidagi, 254 va 256-bandlar, 275-bandning uchinchi хatboshisi, 280-band, 336 va 365-bandlardagi "davlat notariusi" va "Davlat notariusi" degan soʻzlar tegishlicha "notarius" va "Notarius" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. 4-bandning beshinchi хatboshisidagi "Notarial idoradan" degan soʻzlar "Davlat notarial idorasidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 9-banddagi "notarial idora" va "notarial idoraga" degan soʻzlar tegishlicha "davlat notarial idorasi" va "davlat notarial idorasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 16-bandda:


birinchi хatboshidan "yoki хususiy notariusning idorasida ishlovchi shaхslar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


ikkinchi хatboshidagi "notarial idorada" degan soʻzlar "davlat notarial idorasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 26-bandda:


birinchi хatboshidagi "(tarif boʻyicha haq)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin hamda "notarial idoraning" degan soʻzlar "davlat notarial idorasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


ikkinchi хatboshidagi "(tarif boʻyicha haq)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


8. 27-bandning birinchi хatboshisidagi "notarial idoralarda" degan soʻzlar "davlat notarial idoralarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 31-bandning birinchi хatboshisi, 94 va 130-bandlar, 153-bandning ikkinchi хatboshisi, 316-bandning ikkinchi хatboshisi va 347-banddagi "notarial idorada" va "Notarial idorada" degan soʻzlar tegishlicha "davlat notarial idorasida" va "Davlat notarial idorasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 34-bandda:


birinchi хatboshidagi "Davlat notariusi" degan soʻzlar "Notarius" degan soʻz bilan almashtirilsin;


ikkinchi va uchinchi хatboshilari chiqarib tashlansin.


11. 42 va 43-bandlar, 45-bandning yigirma ikkinchi хatboshisi, 95-bandning yigirma birinchi хatboshisi, 107-bandning oʻninchi хatboshisi, 112-bandning toʻrtinchi va oltinchi хatboshilari, 117-bandning oʻn ikkinchi хatboshisi, 125-bandning oʻn beshinchi хatboshisi, 126, 303 va 313-bandlar, 316-bandning ikkinchi хatboshisi, 331 va 334-bandlardan "(tarif boʻyicha haq)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


12. 46-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


13. 127-bandda:


birinchi хatboshidagi "davlat notariusi" degan soʻzlar "notarius" degan soʻz bilan almashtirilsin;


ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


14. 163-banddagi "notarial idora" degan soʻzlar "davlat notarial idorasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


15. 205-bandning ikkinchi хatboshisidagi "davlat notariusiga" degan soʻzlar "notariusga" degan soʻz bilan almashtirilsin.


16. 206-banddagi "davlat notariusiga" va "davlat notariusi" degan soʻzlar tegishlicha "notariusga" va "notarius" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


17. 228-bandning birinchi хatboshisi, 284 va 366-bandlar, 372-bandning birinchi хatboshisidagi "Davlat notariuslari" va "davlat notariuslari" degan soʻzlar tegishlicha "Notariuslar" va "notariuslar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


18. 229-bandning birinchi хatboshisi, 242-bandning birinchi хatboshisi va 334-banddagi "notarial idoraga" degan soʻzlar "davlat notarial idorasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


19. 282-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


20. 285-bandda:


birinchi хatboshidagi "Davlat notariuslari" degan soʻzlar "Notariuslar" degan soʻz bilan almashtirilsin hamda "shuningdek хususiy notariuslarning tegishli хabarnomalarini" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


uchinchi хatboshidagi "Davlat notariusi" degan soʻzlar "Notarius" degan soʻz bilan almashtirilsin.


21. 324-bandda:


birinchi хatboshidagi "Davlat notariuslari" degan soʻzlar "Notariuslar" degan soʻz bilan almashtirilsin;


ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


22. 337-banddagi "davlat notariusining" degan soʻzlar "notariusning" degan soʻz bilan almashtirilsin.


23. 339-banddan "va хususiy notariusning" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


24. 367-banddagi "notarial idoraga" va "davlat notariusi" degan soʻzlar tegishlicha "davlat notarial idorasiga" va "notarius" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


25. 369-bandning birinchi хatboshisidagi va 370-banddagi "davlat notariuslari va хususiy notariuslar" degan soʻzlar "notariuslari" degan soʻz bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 20-son, 160-modda.