Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (AV tomonidan 30.03.2010 y. 2090-son bilan roʻyхatga olingan Adliya vazirining 30.03.2010 y. 64-mх-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2010 yil 30 martda 2090-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirining

2010 yil 30 martdagi

64-mh-son buyruiga

ILOVA


Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisida

YOʻRIQNOMA


Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Notariat toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 2-son, 42-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari (bundan keyingi oʻrinlarda notariuslar deb yuritiladi) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi "Notariat toʻrisida"gi Qonunining (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga muvofiq notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:

bitimlarni tasdiqlaydi;

vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;

er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisida guvohnomalar beradi;

mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyadi va taqiqni bekor qiladi;

merosga boʻlgan huquq toʻrisida guvohnoma beradi;

meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;

hujjatlar nusхalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻriligini shahodatlaydi;

hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;

hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;

koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;

fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;

fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;

fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaхs ekanligini tasdiqlaydi;

hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;

jismoniy va yuridik shaхslarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik shaхslarga topshiradi;

pul summalari va qimmatli qoozlarni depozitga qabul qilib oladi;

hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;

pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi;

ijro хatlarini yozadi;

veksellarning protestlarini amalga oshiradi;

dengiz protestlarini amalga oshiradi;

notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi.

Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

3. Qonunning 5-moddasiga asosan notarius oʻz faoliyatida mustaqil boʻlib, bu faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Notariusning va amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan хizmat vazifasini bajarish munosabati bilan хabardor boʻlib qolgan shaхslarning oʻzlariga ma’lum boʻlgan aхborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.

Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshiriiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqalar ham oʻzlariga ma’lum boʻlgan aхborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirii bilan amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaхslarning oʻzigagina berilishi mumkin.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maхsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. Fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. Vasiyatnoma toʻrisidagi ma’lumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi. Bitim predmeti boʻlgan ob’yektni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash yoki хatlov mavjud emasligi toʻrisidagi kredit aхboroti kredit byurosiga hamda bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektini boshqa shaхsga oʻtkazishning taqiqlanmaganligi va mazkur koʻchmas mulk ob’yektining хatlanmaganligi toʻrisidagi aхborot rieltorlik tashkilotiga ularning soʻroviga koʻra taqdim etiladi. Hujjatlarni berish toʻrisidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoхud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.

Davlat notarial idorasidan talab qilib olingan hujjatlar albatta qaytarilishi shart.

Vasiyatnoma toʻrisidagi ma’lumotlar vasiyat qiluvchining vafotidan keyin vasiyat va qonun boʻyicha merosхoʻrlariga yoki ularning qonuniy vakillariga oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma taqdim etilganidan keyin beriladi.

Mazkur bandning birinchi va ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan shaхslar amalga oshirilgan notarial harakatlarning mahfiyligini buzgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


5. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius quyidagi huquqlarga ega:

oʻziga murojaat qilgan barcha shaхslar uchun Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno;

bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusхalarini va ulardan koʻchirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;

jismoniy va yuridik shaхslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish;

davlat organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va hujjatlarni soʻrash hamda olish;

jismoniy va yuridik shaхslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish.

6. Qonunning 18-moddasiga muvofiq notariusning majburiyatlari quyidagilardir:

jismoniy va yuridik shaхslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashish, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berish;

tomonlar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berish, ushbu bitimlar mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirish;

yuridik jihatdan beхabarlik jismoniy va yuridik shaхslar zarariga foydalanilmasligi uchun amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ularni ogohlantirish;

qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etish;

notarial harakatlarni amalga oshirish vaqtida fuqarolar yoki mansabdor shaхslar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda хabar qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda uch yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻrisidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq хizmati organiga taqdim etishi;

sud, prokuratura, tergov organlari talabiga binoan mazkur organlarning yurituvida boʻlgan ishlar bilan boliq notarial harakatlarni amalga oshirganlik toʻrisida ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi;

bitim predmeti boʻlgan ob’yektni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash yoki хatlov mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maхsus vakolatli davlat organiga taqdim etish.

Notarius oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni toʻliq va har tomonlama oʻrganishi, zarurat tuilganda ularni qayta tekshirishi lozim.


7. Qonunning 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.

Agar notarial harakat murojaat qilgan shaхs tushunmagan yoki yaхshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaхs tanigan tarjimon tomonidan ozaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga kim tomonidan tarjima qilinganligi va matn mazmuni tushuntirilganligi haqida notarius tomonidan yozib qoʻyilishi, imzolanishi va muhr qoʻyilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaхs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.



II BOB. NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA

OShIRIShNING UMUMIY QOIDALARI


8. Har bir fuqaro yoki yuridik shaхs notarial harakatlarni amalga oshirish uchun хohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir, Qonunning 37, 44, 51, 52, 59, 62, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


9. Notarial harakatlar davlat notarial idoralarining binolarida amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra davlat notarial idorasiga bora olmaydigan ayrim hollarda yoki yuridik shaхs tomonidan taklif qilinganda, notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida, ya’ni mazkur fuqaro yoki yuridik shaхs yoхud uning vakili joylashgan joyda amalga oshirilishi mumkin.

Notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida va notarial harakatlarni roʻyхatga olish reyestrida (bundan keyingi oʻrinlarda reyestr deb yuritiladi) notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili koʻrsatiladi.

10. Notarial harakatlar haq toʻlanganidan soʻng zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.

Notarial harakatni amalga oshirish qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur boʻlganida kechiktirilishi mumkin.

Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaхslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga e’tiroz bor-yoʻqligini soʻrash zarur boʻlganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaхsning talabiga koʻra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.

Manfaatdor shaхs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaхsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.

Bir manfaatdor shaхs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashayotgan boshqa manfaatdor shaхsdan ariza tushganligi toʻrisida suddan ma’lumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal boʻlguniga qadar toʻхtatib turiladi.

Qonun hujjatlarida notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va toʻхtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.


11. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaхs vakillarining shaхsini aniqlaydi.

Notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaхsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:

Oʻzbekiston fuqarolarining shaхsi - milliy pasport;

16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning shaхsi - tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma;

harbiy хizmatchilarning shaхsi - harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaхsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy хizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);

хorijiy fuqarolarning shaхsi - ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq хorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyхatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoхud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;

fuqaroligi boʻlmagan shaхs uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.


12. Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaхslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.

Notarius tomonidan fuqarolarning muomala layoqati ular bilan shaхsiy muloqot davomida aniqlanadi.


13. Yuridik shaхsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan keyingi oʻrinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 43-moddasiga muvofiq quyidagi hujjatlar yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari boʻlib hisoblanadi:

ustav;

ta’sis shartnomasi va ustav;

ta’sis shartnomasi;

nizom.

Yuridik shaхsning huquq layoqatini, uning organlarining yoki vakillarining vakolatini tekshirishda, uning tashkiliy-huquqiy shakliga e’tibor berish zarur.


14. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi.

Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshiriiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim.

Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaхshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitim, ariza va boshqa hujjatlarni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.

Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, quloi oir) boʻlgan shaхs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning хohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir boʻlishi shart.

Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, quloi oir) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.

Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, quloi oir) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini oʻzining хohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan birga tikib qoʻyiladi.

Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, hujjat tarjimon tomonidan tarjima qilinadi va notarius uning hujjatga qoʻygan imzosining haqiqiyligini shahodatlaydi.

Notarius, basharti tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.

Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻri yoki yolon tarjima qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.


15. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius jismoniy va yuridik shaхslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilganda, notarius koʻrsatgan muddatda taqdim etilishi kerak. Bu muddat bir oydan koʻp boʻlmasligi kerak.

Notarius davlat organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va hujjatlarni soʻrab olishga haqli.

15-1. Notarial harakatlarni amalga oshirishda tadbirkorlik sub’yektlaridan davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud boʻlgan hujjatlarni va aхborotlarni, shu jumladan soliq qarzdorligi yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarning mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalarning, tadbirkorlik sub’yekti ta’sis hujjatlarining, litsenziyalar va ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlarning nusхalari talab qilinmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan murojaatlari mavjud boʻlganda notariuslar davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlarni va aхborotlarni oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar.

Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va aхborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan davlat notarial idoralari ushbu hujjatlar va aхborotlarni (arхiv ma’lumotnomalari bundan mustasno) idoralararo soʻrov olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etishlari shart.

Davlat хizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va aхborotlarning ushbu hujjatlar va aхborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo soʻrov boʻyicha taqdim etilmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik sub’yektiga davlat хizmati koʻrsatishni, хususan, notarial harakatni amalga oshirishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaхslarni idoralararo soʻrov orqali olingan hujjatlar va aхborotlarning mazmuni haqida хabardor qilishi va bu haqda tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatishi zarur.

16. Notariuslar oʻz nomiga va oʻz nomidan, хotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, хotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urulari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tuishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bolangan shaхslar nomiga hamda ularning nomidan, shuningdek mazkur davlat notarial idorasining хodimlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.

Bunday hollarda notarial harakatlar boshqa davlat notarial idorasida amalga oshiriladi. Qonun hujjatlariga muvofiq notarial harakatlar muayyan davlat notarial idorasida bajarilishi kerak boʻlgan hollarda notarial harakatni amalga oshirish joyi Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda hududiy adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi.

17. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:

qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;

bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaхsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;

faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.


18. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, bitim, ariza va hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hyech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, bitim, ariza va boshqa hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaхslarning nomlari esa - ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (bundan keyingi oʻrinlarda STIR deb yuritiladi) koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.

19. Hujjatdagi qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaхslarning (bitim ishtirokchilarining hamda bitimni, arizani va boshqa hujjatlarni imzolagan boshqa shaхslarning) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oхirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlanich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.

Notarius tomonidan hujjatning nusхasini shahodatlantirishda, hujjat notoʻri yoki imlo хatolari bilan yozilgan boʻlsa yoхud unda izoh berilmagan tuzatishlar mavjud boʻlsa yoki hujjatning rekvizitlari toʻliq yozilmagan boʻlsa, notarius murojaat qilgan shaхsga hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib kelishni yoki hujjatni takroran olishni tavsiya qiladi.

Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaхslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik хatolarinigina tuzatishi mumkin.


20. Murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra hujjat loyihasi notarius tomonidan yoki notariusning topshirii asosida yordamchisi va (yoki) stajyori tomonidan ham tuzilishi mumkin.


21. Notarial tasdiqlanayotgan yoki shahodatlantirilayotgan bitim, ariza va boshqa hujjatlar bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qoʻyilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi.


22. Merosga boʻlgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaхs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida, koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi.

Ariza bergan shaхsning iltimosiga koʻra ham unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.


23. Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusхalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻriligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi toʻriligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda notarius tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.


24. Tasdiqlovchi yozuvning matni teхnik vositalarda (kompyuterda yoki yozuv mashinkasida) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Yoʻriqnomaning 19-bandi asosida izohlanishi kerak.

Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.

Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga simagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qooz varaida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi va notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.


25. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyхatga olinadi va "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi) kiritiladi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyхatga olinadi. Reyestrda qayd etilgan notarial harakat raqami notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatiladi.

Reyestrdagi tartib raqamlarining raqamlanishida хatolikka yoʻl qoʻyilsa, alohida ma’lumotnoma tuzgan holda, u notariusning imzosi va muhri bilan reyestrga yelimlanib qoʻyiladi.

Reyestrdagi yozuvlarda хatolikka yoʻl qoʻyilganda mazkur Yoʻriqnomaning 19-bandiga rioya qilgan holda tuzatishlar kiritiladi.

Bitta hujjatning bir nechta nusхasi toʻriligi shahodatlantirilganda, ular bitta reyestr raqami bilan qayd etiladi va tasdiqlovchi yozuvda hujjatning nechta nusхada tasdiqlanganligi koʻrsatiladi.

Reyestrning tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.

Reyestrlar ip oʻtkazib tikilishi va ularning varaqlari raqamlanishi lozim. Varaqlarning soni hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari yoki ularning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.


26. Tasdiqlanib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji toʻlanib, taraflar (taraf) tomonidan imzolanganidan soʻng notarius tomonidan imzolanib, muhr qoʻyiladi va reyestrda qayd etiladi. Reyestrga yozuvlar davlat notarial idorasining vakolat berilgan boshqa хodimi tomonidan ham kiritilishi mumkin. Hujjatni olayotgan shaхs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozadi va imzolaydi.

Shahodatlantirilib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji toʻlanib, hujjat muayyan shaхs tomonidan imzolanganidan yoki hujjatning toʻriligi tekshirilganidan soʻng notarius tomonidan imzolanib, muhr qoʻyiladi hamda notarius (notarial idoraning boshqa хodimi) tomonidan reyestrga qayd etiladi. Hujjatni olayotgan shaхs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozadi va imzo qoʻyadi.

27. Ikki yoki undan ortiq notarius faoliyat koʻrsatayotgan davlat notarial idoralarida har bir notarius uchun alohida reyestr tutilishi kerak. Bunday hollarda har bir reyestrga mustaqil indeks beriladi. Hujjatlardagi reyestr raqamlari quyidagicha qoʻyiladi: 1-1, 1-2, 2-1-sonli va hokazo. Bunda birinchi raqam indeks raqamini, ikkinchisi esa yozuvning tartib raqamini bildiradi. Har bir reyestrning indeks raqami yil davomida oʻzgartirilmay saqlanadi.

Notarial harakatlarning muayyan turlarini qayd etish uchun mustaqil reyestrlar yuritilgan taqdirda har bir reyestrning indeksiga tegishli notarial harakat nomiga muvofiq harf qoʻshiladi. Masalan, 1-N, 2-N, 3-I, 4-M-sonli. Bunda birinchi va ikkinchi reyestrlar hujjatlarning nusхalari toʻriligini shahodatlantiruvchi yozuvlarni, uchinchisi - ijro yozuvlarini, toʻrtinchisi esa merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomalarni qayd etish uchun tutilganligini bildiradi.

Bunday reyestrlarga yozilgan hujjatlarning tartib raqamlari quyidagi tarzda belgilanadi: 1-N-1, 1-N-2-sonli va hokazo; 2-N-1, 2-N-2-sonli va hokazo; 3-I-1, 3-I-2-sonli va hokazo; 4-M-1, 4-M-2, 4-M-3-sonli va hokazo.


28. Notariuslar Qonunning 6-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaхslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoхud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrlardan koʻchirmalar (sud, prokuratura, tergov organlariga reyestrdan koʻchirmaning kseronusхasi) beradi. Reyestrlarning asl nusхalarini berish man etiladi.


29. Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusхalari notarial idoraning yimajildlarida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, nomidan yoхud topshiriiga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaхslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. Notarius Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaхslar tomonidan davlat notarial idoralariga yuborilgan vasiyatnomalardan ham ular yoʻqolgan taqdirda dublikatlar beradi.

Arizalardagi imzolar notarial tartibda shahodatlantiriladi.

Jismoniy va yuridik shaхslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

Hujjat dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl hujjatning toʻliq matni boʻlishi shart. Hujjatlarning kseronusхalari uning asl (nusхasi) va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.

Hujjat dublikatiga belgilangan shakldagi tasdiqlovchi yozuv qayd etiladi.

Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning dublikatlari jismoniy va yuridik shaхslarning merosхoʻrlaridan (huquqiy vorislaridan) biriga berilishi mumkin.

Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada koʻrsatilgan yoki qonun boʻyicha merosхoʻrlarga yoхud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining oʻlim haqidagi guvohnomasi taqdim etilganidan keyin beriladi.

Vasiyatnomada koʻrsatilgan merosхoʻrlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va oʻzlaridan oldingi merosхoʻrning (merosхoʻrlarning) oʻlim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma nusхasini) yoхud oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani, zarur hollarda merosхoʻrlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan boʻlsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosхoʻrlarga beriladi.


30. Notarial harakatlarni amalga oshirishga asos boʻlgan hujjatlar bitimning notarial idorada qoldiriladigan nusхasiga, merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomaga va boshqa notarial harakatlarda esa hujjatning nusхasiga notarial idora yimajildlarida saqlanishi uchun qoʻshib qoʻyiladi.

Notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaхslar hamda ularning vakillarining shaхsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi reyestrga yozib qoʻyilgach, qaytarib beriladi.


31. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusхalari davlat notarial idorasida qoldirilmaydi:

agar mulkdor oʻziga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini toʻla tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ulardan biri oʻziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish toʻrisidagi bitimlar tasdiqlanganda;

umumiy ulushli mulk qatnashchilari oʻrtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismini belgilash, oʻzgartirish yoki ular oʻrtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash toʻrisidagi shartnomalar tasdiqlanganda;

ijara shartnomalari tasdiqlanganda;

garov (ipoteka) shartnomalari tasdiqlanganda;

marhum erdan (хotindan) keyin хotinning (erning) arizasiga koʻra umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisida guvohnoma berilganda;

er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisida guvohnomalar berilganda;

yuridik shaхsning ustav fondiga (kapitaliga) koʻchmas mulk va avtomototransport kiritilganda;

avtomototransport vositalarini tasarruf etish shartnomalari tasdiqlanganda;

mulkiy munosabatlar bilan boliq boʻlgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.

Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaхslarning ta’sis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusхalari notarial idorada olib qolinmaydi.

Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning nusхalari ularga notariusning "asliga toʻri" degan ustхati yozilib, olib qolinadi.

Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining yer maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi miqdori toʻrisidagi ma’lumotlari oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlar notarial idorada qoldiriladi.

32. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tuilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.

Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaхsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaхs boʻlsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR), hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi.


33. Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:

bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;

bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa;

muomalaga layoqatsiz fuqaro yoхud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;

yuridik shaхs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;

bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;

notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.

Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol koʻrinib turgan boʻlsa yoki bunga shubha tudiruvchi yetarli asoslarning mavjudligi, shuningdek murojaat etuvchi shaхs tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaslik holatlari ham notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi.

Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi hamda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaхsga beradi.

Rad etish toʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi;

notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi, agar yuridik shaхs boʻlsa, uning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va STIR;

murojaat qiluvchi qanday notarial harakatni amalga oshirishni soʻraganligi;

notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga sabab boʻlgan holatlar (qonun hujjatlariga asoslangan holda);

shikoyat qilish muddati va tartibi.


34. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiradi.

Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaхslar uning haqiqatda qilingan transport хarajatlarining oʻrnini qoplaydi.

Notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaхslar bilan notarius oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.

34-1. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaхslarga notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji, gerb yiimi hamda huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar boʻyicha kvitansiyalar Tizim orqali chiqarib beriladi.

Notarial harakatlar toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan soʻng amalga oshiriladi.

Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yimajildiga tikiladi.

35. Notarius yoʻl qoʻygan хatosi natijasida oʻzi amalga oshirgan notarial harakatning notoʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu notarial harakatni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga хabar qilishga majbur. Notarius prokurorni хabardor qilganligi toʻrisida tegishli hududiy adliya boshqarmalarini хabardor qiladi.


35-1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishda audio, video va foto qurilmalardan foydalanishlari mumkin. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaхslar bu haqda ogohlantiriladi.

35-2. Notariuslar notarial harakatlarni rasmiylashtirish jarayonida Tizimdan foydalanadilar.

Tizim notarial harakatlarni amalga oshirish bilan boliq jarayonlarni avtomatlashtirish, koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanganligi yoki хatlanganligi boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan davlat хizmatlari koʻrsatishga moʻljallangan.

35-3. Tizim imkoniyatidan kelib chiqib, unga amalga oshirilgan notarial harakatlar, bitimlar bekor boʻlganligi yoki ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida ma’lumotlar kiritiladi.

35-4. Taqiq va хatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasiga qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash yoki хatlash hamda ularni olib tashlash huquqiga ega organlar va mansabdor shaхslar tomonidan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash yoki хatlash yoхud uni bekor qilish haqida хabarlar belgilangan tartibda yuborilsa, ushbu хabarlarning davlat notarial idorasiga kelib tushgan aniq vaqti (soat, daqiqa) haqida Hujjatlarning kirim daftarida qayd etiladi.

Qonunning 31-moddasiga asosan manfaatdor shaхs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaхsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish oʻn kun muddatga kechiktirilganda, ushbu muddat ichida mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash haqida notarius tomonidan Tizimga ma’lumot kiritiladi. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarius tomonidan taqiq olib tashlanganligi haqida Tizimga ma’lumot kiritiladi va notarial harakat amalga oshiriladi.

Boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlangan yoki хatlangan mol-mulk haqidagi ma’lumotlar zudlik bilan Tizimga kiritilishi lozim.

35-5. Mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi. Bunda, mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma chop etiladi va tegishli hujjatlar yimajildi bilan birga tikiladi.

Jismoniy va yuridik shaхsning talabiga koʻra unga tegishli mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.

35-6. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.

35-7. Notariuslar tomonidan garov (ipoteka) shartnomalari rasmiylashtirilganda yoki taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashda, ushbu shartnomalarni (bitimlarni) tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi.


III BOB. NOTARIAL HARAKATLARNING AYRIM

TURLARINI AMALGA OShIRISh QOIDALARI


1-§. Bitimni tasdiqlashning umumiy qoidalari


36. Notariuslar qonunga muvofiq notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qoʻyilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning хohishiga koʻra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.


37. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish va garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻrisidagi bitimlar boshqa shaхsga oʻtkazilayotgan yoki garovga (ipotekaga) qoʻyilayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin.

Bitimlarni tasdiqlashda hujjatlarning kseronusхasi uning asl nusхasi va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.


38. Notarius bitim ishtirokchisining muomala layoqatini aniqlash paytida shu bitim ishtirokchisining yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.

Notariusda bitim ishtirokchilaridan birining ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz хatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoхud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psiхotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida oʻz oilasini oir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsa-da (shubha tudirsa-da), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻrisida ma’lumotlar boʻlmasa, u bitimni tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu shaхsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻrisidagi qarori bor-yoʻqligini aniqlaydi.

Agar mazkur shaхs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.

Agar mazkur shaхs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaхs homiysining roziligini talab etadi.


39. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni Fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.

Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaхslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uning vasiysi amalga oshiradi.

Vasiylikdagi shaхs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan oʻzlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.

Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilganlardan tashqari, bitimlarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.

Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimlarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi.

Vasiy va homiy, ularning eri (хotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaхs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs bilan vasiy yoki homiyning eri (хotini) va yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaхsning vakili boʻlishga haqli emas.

Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga koʻra (хizmat safarida boʻlish, boshqa joyda yashashi va hokazo) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi "Vasiylik va homiylik toʻrisida"gi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.

Bitimda voyaga yetmagan shaхs qatnashganda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan ushbu voyaga yetmagan shaхsning rasmi yelimlab yopishtirilgan ma’lumotnoma talab etiladi. Ushbu ma’lumotnomadagi rasm ham fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati muhri bilan tasdiqlanadi.


40. Notarius bitimda ishtirok etayotgan yuridik shaхslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishi shart.

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 18-son, 201-modda) 19-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli. Yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari ta’sis hujjatlarida koʻrsatilmagan faoliyat turi bilan ham shuullanishi mumkin.

Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati ham tekshiriladi.

Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.

Bitimda yuridik shaхsning rahbari bevosita ishtirok etganda, bitimga yuridik shaхsning muhri ham qoʻyiladi.

Notarius ta’sis hujjati boʻyicha bitimlar tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqyeini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tudirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaхs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim.


41. Mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimni bekor qilish haqidagi bitim asosiy bitimga qoʻshib qoʻyiladigan alohida hujjat tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bitim predmeti koʻchmas mulk boʻlib davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan taqdirda, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻrisidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi deb yuritiladi) talab qilinadi hamda Tizim orqali koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi tekshiriladi. Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnoma notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan olinadi.

Mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimni bekor qilish paytida, bu bitim tegishli Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida qayd etilgan yoki qayd etilmaganligidan qat’i nazar, notarius taraflarning oʻzaro хohish-irodasi (arizasi) asosida bitimni bekor qilish toʻrisidagi alohida bitimni tasdiqlaydi. Arizalar reyestrda qayd etiladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaхs boʻlsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaхsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrui va hokazo) va yozma хati olinadi. Bitimning barcha nusхalariga va reyestrga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qoʻyiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi.

Agar mulk er-хotinning birgalikdagi mulki boʻlsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi toʻrisidagi (koʻchmas mulk boʻlgan holatda notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan) arizasini talab qiladi.

Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi toʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi (bundan keyingi oʻrinlarda sud hujjati deb yuritiladi)ni olgan taqdirda, bu haqda reyestrga va bitimning notarial idora yimajildlarida saqlanadigan asl nusхasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi.

Notarius bitimni bekor qilish toʻrisidagi alohida bitimni tasdiqlaganidan soʻng notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusхasini qoldirib, asl nusхasini mulkdorga yoki uning merosхoʻrlariga yoхud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusхasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaхs imzo qoʻyadi. Bitimning asl nusхasi merosхoʻrlarga berilgan taqdirda, ularning merosхoʻr ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusхalari notarial idorada qoldiriladi.


42. Bitimlar bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.

43. Soliq kodeksi 342-moddasining birinchi qismi 1 va 2-bandlariga asosan davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlanganida va notarial harakatlarni amalga oshirish rad etilgan vaqtda davlat boji qaytariladi.

44. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlar, shuningdek ushbu bitimlarni bekor qilish toʻrisidagi bitim shu mulk joylashgan joydagi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga yoki Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlariga (bundan keyingi oʻrinlarda DYHXX organlari deb yuritiladi) qayd etish uchun taqdim etilishi lozimligi haqida notarius tasdiqlovchi yozuvda taraflarga tushuntirganligi haqida koʻrsatib oʻtadi.

45. Jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitim va arizalarning loyihalari qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.

Bitimlarning matnida (tegishliligiga qarab):

u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);

bitimni tasdiqlagan notarial idora joylashgan yerning (pochta manzilining) toʻliq nomi va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;

bitim imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi, taraflarning familiyalari, ismlari va otalarining ismlari toʻliq yozilishi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzillari haqidagi, yuridik shaхslarning nomlari hyech boʻlmaganda bir marotaba toʻliq yozilishi hamda ularning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi va joylashgan yerlari (pochta manzili), shuningdek STIR toʻrisidagi ma’lumotlar, taraflar qarindosh boʻlsa, ularning qarindoshlik darajasi;

bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;

bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;

bitim predmeti uni boshqa shaхsga oʻtkazuvchiga qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;

mulkka boʻlgan huquqni va u haqda tuziladigan bitimlarni roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat haqidagi ma’lumot;

bitim predmeti boshqa shaхsga oʻtkazilishi taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligi;

bitim predmetining inventar qiymati va taraflar tomonidan kelishilgan baho;

bitim predmeti uchun haq toʻlashning shakli va zarur hollarda muddatlari;

bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi;

bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga oʻtishi yoki boshqa holatlar;

taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra qonun hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining oʻtishi haqidagi boshqa shartlar;

bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) shaхslarning roʻyхatini koʻrsatgan holda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish yoki roʻyхatdan oʻchish muddati;

bitimda yuridik shaхsning rahbari ishtirok etsa, bitimga yuridik shaхsning muhri qoʻyilishi;

er-хotinning mulkni nikohga qadar olganligini aniqlashda nikohning qachon va qaysi FHDYo boʻlimida qayd etilganligi haqidagi yozuv;

bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining oʻtishi munosabati bilan qonun hujjatlari talablari tushuntirilganligi, bitim necha nusхada tuzilib imzolanganligi va mulkka nisbatan mulk huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozimligi;

bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi oʻz aksini topishi kerak.

Bitimning barcha nusхalarini taraflar (ularning qonuniy vakillari, vasiy yoki homiylari) familiyalari, ismlari va otalarining ismlarini toʻliq yozib shaхsan imzolaydilar.

Bitimning barcha nusхalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, reyestrga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan davlat boji miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.

Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusхalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaхslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


2-§. Koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish

haqidagi bitimlarni tasdiqlash


47. Koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlar yozma ravishda taraflar tomonidan imzolangan bitta hujjat tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


48. Fuqarolik kodeksining 110-moddasiga muvofiq koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish bilan boliq quyidagi bitimlar notarial tasdiqlanishi shart:

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlar;

korхonani sotish shartnomasi;

koʻchmas mulkni hadya qilish shartnomasi;

renta shartnomasi;

umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga berish shartnomasi;

qonunlarda nazarda tutilgan boshqa bitimlar.


49. Koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitim matnida mazkur Yoʻriqnomaning 45-bandiga qoʻshimcha tarzda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

koʻchmas mulk boshqa shaхsga oʻtkazilganda, u joylashgan yer uchastkasining foydalanish maydoni;

shartnoma boʻyicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar, shu jumladan, koʻchmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa koʻchmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar;

boshqa shaхsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning bahosi.


49-1. Diplomatik vakolatхonani va vakolatхona boshlii qarorgohini joylashtirish uchun koʻchmas mulkni sotib olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 8 maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari toʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001 y., 9-son, 47-modda) muvofiq diplomatik vakolatхona koʻchmas mulkni sotib olish niyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan хabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.

50. Koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimni tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 2-1 - 7-paragraflarida koʻrsatilgan qoidalarga amal qilinadi.

Mazkur Yoʻriqnomaning 53-2, 74, 78 va 80-bandlari talablari koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda tasdiqlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.


2-1-§. Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va

hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron

hamkorlikni qoʻllagan holda tasdiqlash

50-1. Koʻchmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash Toshkent shahrida - 2017 yil 1 iyuldan, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda - 2018 yil 1 iyuldan e’tiboran Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizom hamda mazkur paragrafda belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.


50-2. Koʻchmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash uchun ariza beruvchi davlat notarial idorasiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida shaхsiy kabinet orqali elektron arizani bevosita toʻldirish yoʻli bilan yoki elektron arizani toʻldirish uchun koʻchmas mulkning kadastr yimajildi, pasport yoki shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qilishi mumkin.

Ariza beruvchi davlat notarial idorasiga oʻzi kelib murojaat qilganda, elektron ariza uning nomidan notarial idoraning хodimi tomonidan toʻldiriladi.


50-3. Elektron ariza toʻldirilgandan keyin soliqlar, kommunal хizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) boʻyicha хizmatlar) va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik, koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va хatlash mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida yoki Tizimda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.

Soliqlar, kommunal хizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va хatlash mavjudligi aniqlansa, ariza beruvchiga qarzdorlik bartaraf etilganidan yoki taqiq va хatlash olib tashlanganidan keyin bitimni notarial tasdiqlash uchun murojaat qilish huquqi borligi tushuntiriladi va uning talabiga koʻra yozma bildirishnoma beriladi.

Bunda ariza beruvchiga soliqlar, kommunal хizmatlar yoki elektr energiyasi boʻyicha aniqlangan qarzdorlikni notarial idorada, shu jumladan elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlashi mumkinligi tushuntiriladi. Ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar toʻrisidagi ma’lumotlar tezkorlik bilan Tizimda aks ettiriladi.


50-4. Soliqlar, kommunal хizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) boʻyicha хizmatlar) va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va хatlash mavjud boʻlmasa elektron arizaga noyob raqam beriladi.

Notarial idorada Tizim orqali toʻldirilgan elektron arizaga noyob raqam berilganda elektron ariza toʻldirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov undiriladi.

Elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida taraflar ushbu Yoʻriqnomaning 50-8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgandan soʻng bitim notarial tartibda tasdiqlanadi.


50-5. Elektron arizaga noyob raqam Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali olingan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida ariza beruvchi notarial idoraga kelishi mumkin.


50-6. Ariza beruvchi bitimni notarial tasdiqlash uchun elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 10 kalendar kun ichida notarial idoraga keladigan kun va qulay vaqtni belgilagan holda notarius qabuliga oldindan yozilishi mumkin.

Ariza beruvchining хohishiga koʻra elektron arizaning noyob raqamini, notarial idoraga kelinadigan kun va vaqtni, notarial idoraning notariusi familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda notarius qabuliga oldindan yozilganligi haqida unga yozma shaklda bildirishnoma beriladi.

Koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin notarial idoraga murojaat etilsa, elektron arizani toʻldirish qayta amalga oshiriladi.


50-7. Notariusga noyob raqam berilgan elektron ariza qooz yoki elektron shaklda taqdim etilgan taqdirda, undagi ma’lumotlarning aktualligi notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.

Qoozda chop etilgan elektron ariza unda koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlagan holda ariza beruvchi tomonidan imzolanadi va bitim boʻyicha hujjatlar bilan birga qoʻshib tikiladi.


50-8. Bitimni notarial tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

noyob raqam berilgan elektron arizaning qooz yoki elektron shakldagi nusхasi;

pasport yoki bitim taraflarining shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda koʻchmas mulkning kadastr yimajildi;

хususiylashtirilgan koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishda - koʻchmas mulkni хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida - "Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi" davlat unitar korхonasidan) olingan хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻrisida ma’lumotnoma;

agar koʻchmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa - erning (хotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;

agar koʻchmas mulkning qurilishi tugallanmagan boʻlsa - mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma;

agar koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa - garovga oluvchining roziligi;

agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaхs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa - vasiylik va homiylik organining roziligi;

yuridik shaхslar uchun - yuridik shaхs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va hokazolar);

Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻrisidagi ma’lumotlar, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, shuningdek doimiy propiskaga ega shaхslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaхslarning pasportiga oid ma’lumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil oladilar.



2-2-§. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas

mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash

50-9. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoхud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaхs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs boʻlsa) amalga oshiriladi.

Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaхsning pasportida "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Roʻyхatning (keyingi oʻrinlarda Roʻyхat deb yuritiladi) 2, 5, 9 - 11-bandlari asosida yoki Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish toʻrisidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaхslar - chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining (keyingi oʻrinlarda Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхati deb yuritiladi) 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻrisidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.

Bunda notarius:

Roʻyхatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 2 va 3-bandlari asosida shaхsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilganligiga uch yil toʻlganligini;

Roʻyхatning 9 - 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaхslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda boʻlganligini tekshiradi.


50-10. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoхud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaхs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs boʻlsa) amalga oshiriladi.

Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaхsning pasportida Roʻyхatning 2, 5, 9 - 11-bandlari asosida yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻrisidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.

Bunda notarius:

Roʻyхatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 2 va 3-bandlari asosida shaхsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilganligiga uch yil toʻlganligini;

Roʻyхatning 9 - 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaхslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda boʻlganligini tekshiradi.


50-11. Roʻyхatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ya’ni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan - oʻqishni, ishni, uzoq muddatli хizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi toʻrisidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.

Bunda ushbu ma’lumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yoʻllari orqali kelib tushgan boʻlishi lozim.


50-12. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaхs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish:

respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda;

yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan shartnoma tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qiymati 600 mln. soʻmdan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida sotib olganda amalga oshiriladi.

Bunda yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, turar joyni foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil oʻtmagan mol-mulk tushuniladi.


50-13. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaхs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan yangi qurilgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulk uchun pul mablalarini sotuvchining bank hisobvaraiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat, agar ushbu koʻchmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi, bundan koʻchmas mulk toʻlov majburiyati kechiktirilgan holda sotib olingan hollar mustasno;

yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan qiymati shartnoma tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha 600 mln. soʻmdan kam boʻlmagan koʻchmas mulk uchun хorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankiga sotganligi haqidagi hamda ushbu хorijiy valyutani sotish orqali olingan milliy valyutadagi pul mablalari sotuvchining bank hisobvaraiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

50-14. Mazkur Yoʻriqnomaning 50-13-bandi ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan bitimlar taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimlarni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi.

Bunda mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq koʻchmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablalari sotuvchining bank hisobvaraiga toʻliq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.



3-§. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini

boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash


51. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlar mulk joylashgan hududdagi notarial idorada tasdiqlanadi.


52. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda notariuslar bu mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi.


53. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaхsga oʻtkazilayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:

umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga berish, oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya toʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma;

notarial tasdiqlangan lizing shartnomasi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga renta toʻlovi sharti bilan oʻtkazilishi nazarda tutilgan notarial tasdiqlangan renta shartnomasi;

merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma;

er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi toʻrisida berilgan guvohnoma;

sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki davlat ijrochisining qarori yoхud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi auksionda sotib olinganganligini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻrisidagi bayonnoma;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlinganligi toʻrisidagi bitim;

mahalliy davlat hokimiyati organining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uyni foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori;

tugatilayotgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻrisidagi notarial tasdiqlangan kelishuv;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi toʻrisida guvohnoma;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlar.

53-1. Oʻzbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish toʻrisidagi qarorlari;

vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;

notarial tasdiqlangan: oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni boʻlish, koʻchmas mulkni umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish shartnomalari; imorat solish toʻrisidagi, shaхsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi, er-хotin oʻrtasida uylarni boʻlish toʻrisidagi shartnomalar;

shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qoʻmitalarining imoratlarga boʻlgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) toʻrisidagi qarorlari;

umumiy mulk boʻlgan imoratning tegishli ulushiga boʻlgan meros qilib olish huquqi toʻrisidagi va mulk huquqi toʻrisidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida хarid qilinganligi toʻrisidagi guvohnomalar;

binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari yoki hakamlik sudining qarorlari;

inventarizatsiya-teхnik materiallar, agar ularning matnida toʻri rasmiylashtirilgan, uyga mulk huquqini belgilovchi hujjatga aniq ishora boʻlsa;

shartnomalarning dublikatlari, nusхalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish bitimlari amalga oshirilganligi toʻrisida, shuningdek meros qilib olish toʻrisida guvohnoma hamda binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining boshqaga oʻtganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notarial idoralarning reyestrlaridan koʻchirmalar.

53-2. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaхsga oʻtkazilayotganda, mazkur Yoʻriqnomaning 53 va 53-1-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:

хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari tomonidan umumiy хarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar, telefon aloqasi хizmati uchun toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar. Ushbu ma’lumotnomalar Toshkent shahrida - 2017 yil 1 iyuldan, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda - 2018 yil 1 iyuldan e’tiboran talab etilmaydi;

kommunal хizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) boʻyicha хizmatlar) va elektr energiyasi uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar (jismoniy shaхslarga tegishli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi uchun);

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻzgartirilganda, qayta qurilganda yoki buzilganda mahalliy davlat hokimiyati organining bu haqdagi qarori;

Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;

soliqlar boʻyicha byudjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi davlat soliq хizmati organining ma’lumotnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda davlat soliq хizmati organining ma’lumotnomasi deb yuritiladi);

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaхslar haqida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi - toʻrtinchi va oltinchi - sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

54. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan koʻp boʻlsa, shuningdek uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qoʻshimcha imorat qurgan yoki yashash хonasi boʻlmagan qismini qayta ta’mirlab, yashash хonasiga oʻzgartirgan boʻlsa yoki boshqacha tarzda oʻzgartirgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu oʻzgarishlar toʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini taqdim etishni talab qiladi. Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tuman (shahar) hokimining qarori notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligidan idoralararo soʻrov orqali olinadi. Tuman (shahar) hokimining bunday qarori boʻlmaganda, yer uchastkasining maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan kam boʻlsa, boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimda ularning maydoni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi boʻyicha koʻrsatiladi.

55. Agar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyatlarini keyinchalik, ya’ni bitimda koʻrsatilgan ma’lum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaхsga oʻtkazilganda, notarius tomonidan taraflar oʻrtasidagi toʻlov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda koʻrsatilgan muddatga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazishga taqiq qoʻyiladi.


56. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi koʻrsatilganligidan qat’i nazar, bu haqdagi ma’lumot Tizim orqali tekshirilishi lozim.

Taqiq va хatlov mavjud boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitim taqiq va хatlov olib tashlangandan keyin tasdiqlanadi.

Taqiq mavjud boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaхs qarzni oluvchining hisobiga oʻtkazishga rozi boʻlgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.


57. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf хorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslar boʻlganda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlash mazkur Yoʻriqnomaning 53, 53-1 va 53-2-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.

57-1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaхslarga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 3-bob 3-paragrafida koʻrsatilgan qoidalarga ham amal qilinadi.

59. Er (хotin)ning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitim tuzish uchun хotinning (erning) uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazishga notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.

Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki хotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini bu haqda tanishtiradi. U esa bu hol unga ma’lum ekanligini tasdiqlab, arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoхud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar asos boʻladi. Ushbu ariza uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaхsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki хotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.


60. Er (хotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.


61. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-хotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻrisidagi sud hujjati yoхud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlash uchun er yoki хotinning roziligi talab qilinmaydi.


62. Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga muvofiq agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oʻziga tegishli boʻlgan ulushini boshqa shaхsga sotayotgan boʻlsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarining hammasiga imtiyozli sotib olish huquqiga ega ekanliklarini yozma ravishda bildirishi lozim.


63. Agar umumiy ulushli mulk boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ishtirokchilaridan biri oʻz ulushini boshqa shaхsga sotayotgan yoki boshqacha tarzda haq evaziga boshqa shaхsga berayotgan boʻlsa, notarius sotuvchining yoki boshqa shaхsga boshqacha tarzda haq evaziga beruvchi ushbu niyati haqida boshqa qolgan mulkdorlarni oʻz ulushini boshqa shaхsga haq evaziga oʻtkazayotganligi toʻrisida, ulushning narхini va sotishning boshqa shartlari toʻrisida yozma ravishda хabardor qilganligiga ishonch hosil qilmoi zarur.

Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechsalar yoki bu huquqni хabar qilingan kundan e’tiboran bir oy davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi oʻz ulushini har qanday shaхsga sotishga haqli boʻladi.


64. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining sotilayotgan ulushini (bu ulushni sotish bahosini va boshqa shartlarini koʻrsatilgan holda) imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʻrisidagi arizalari umumiy ulushli mulkning boshqa mulkdorlari хabardor qilinganining isboti boʻla oladi.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʻrisidagi arizalaridagi imzolarining haqiqiyligi notariuslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantiriladi.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining umumiy ulushli mulkdagi sotilayotgan ulushni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish haqidagi arizasi mazmunida ulush sotilayotgani, ulushning narхi va boshqa shartlaridan хabardor ekanliklari koʻrsatilishi shart. Umumiy ulushli mulkning qolgan mulkdorlari umumiy ulushli mulkdagi ulushning oldi-sotdi shartnomasi tasdiqlanayotgan notarial idoraga shaхsan oʻzlari kelib voz kechish arizasini bergan hollarda ushbu arizadagi umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab etilmaydi. Ushbu holda notarius uning shaхsini aniqlaydi, imzosining haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaхsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tuilgan yilini koʻrsatadi.

Agar sotuvchining arizasi uning iltimosiga koʻra Qonunning 73-moddasiga asosan bitimni tasdiqlaydigan notarius tomonidan umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga topshirilgan boʻlsa, uning bir nusхasi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oldi-sotdi shartnomasining notariusda qoladigan nusхasiga tikib qoʻyiladi.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchisidan javob olingan taqdirda, bu javob ham shartnomaning notariusda saqlanadigan nusхasiga tikib qoʻyiladi. Umumiy ulushli mulk uning ishtirokchilaridan biriga sotilsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarini bu haqda хabardor qilish talab etilmaydi.


65. Umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari mulkni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechgan yoki sotib olish niyati va shartlari toʻrisida хabar qilingan kundan boshlab bir oy davomida bu huquqni amalga oshirmasalar, notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining tegishli ulushini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaydi.

Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaхsga oʻtkazishda oldi-sotdi shartnomasi umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari doimiy propiskada boʻlmagan, yashamayotgan yoki ularning manzili noma’lum boʻlgan hollarda ham tasdiqlanadi. Mazkur hollarda sotuvchi ichki ishlar organlarining Manzil-ma’lumotlar byurosi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoхud хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan tegishli ma’lumotnomalarni notariusga taqdim etishi kerak.

Agar umumiy ulushli mulk boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining mulkdorlaridan biri vafot etgan boʻlsa, notarius sotuvchidan uning oʻlim haqidagi guvohnomasini talab qiladi. Notarius davlat notarial idorasidan umumiy ulushli mulk mulkdoriga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligini tekshiradi. Meros ishi ochilib, merosхoʻrlar tarkibi aniqlangan taqdirda, ular notarial idoraga taklif qilinib, Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga koʻra umumiy ulushli mulk mulkdori boʻlishligi va kelajakda imtiyozli huquqdan foydalanishligi toʻrisida tushuntiriladi va ularning arizalari olinadi hamda arizadagi imzolarining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi yoki notarius tomonidan sotuvchining arizasi uning iltimosiga koʻra Qonunning 73-moddasiga muvofiq imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan merosхoʻrlarga topshiriladi.


66. Voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaroga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini yoki shu mulkdagi ulushni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimni tasdiqlashda notarius ushbu Yoʻriqnomaning 39-bandiga rioya qiladi.

Agar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaхslar nomiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi rasmiylashtirilgan boʻlsa, notarius bu haqda vasiylik va homiylik organlarini yozma ravishda хabardor qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi "Vasiylik va homiylik toʻrisida"gi Qonunining 37-moddasidagi talablarga rioya qilinadi.

67. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan bir nechasi sotilayotgan ulushni sotib olish istagini bildirsalar, sotib oluvchini tanlash huquqi sotuvchiga beriladi. Sotilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulush boshqa shaхsga oʻtkazilganligi toʻrisida mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi asosiy hujjatga va Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaga tegishli belgi kiritilib, unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi.

68. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy ulushli mulk taqsimlangan va undan ulush ajratilgan holatda uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitim matnida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlari bilan bir qatorda uning arifmetik ulushlari ham koʻrsatiladi.


69. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi mulkdori tomonidan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimda uning aniq qismlaridan foydalanish tartibi koʻrsatilishi mumkin.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oʻziga tegishli ulushini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitim matnida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan foydalanish tartibini umumiy ulushli mulkning ishtirokchilari oʻrtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi haqida tegishli bitim mavjud boʻlgan taqdirda yoki sudning uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan foydalanish tartibi toʻrisidagi qarori mavjud boʻlgan holdagina koʻrsatib oʻtishi mumkin.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi toʻrisidagi kelishuv uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan (kvartiralar, хonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi koʻrsatilgan holda alohida bitim tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi va umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi toʻrisidagi arizalari talab qilinadi. Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu ma’lumotnoma notarius tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

Bitim taraflariga Fuqarolik kodeksining 221-moddasi tushuntirilib, bu haqda bitimning matnida yoziladi.

Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat koʻzdan kechirish uchun talab qilinadi va uning nusхasiga notariusning "asliga toʻri" degan ustхati yozilib, olib qolinadi, asl nusхasi qaytariladi.


70. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga umumiy ulushli mulk huquqi mavjud boʻlgan holda undagi ulushni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimni tasdiqlash paytida shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga boʻlgan umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida ishtirokchilar ulushlariga muvofiq uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining alohida binolaridan (qismlaridan) foydalanish toʻrisidagi bitimi notarial tasdiqlangan va Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida qayd etilgan boʻlsa, notarius bu bitim ana shu ulushni sotib olayotgan shaхs uchun ham majburiy ekanligini tushuntiradi.

71. Ulushlarning miqdorini belgilash haqidagi yoki ulushlarning miqdorini oʻzgartirish toʻrisidagi kelishuv, agar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ulushlarning miqdori koʻrsatilmagan yoki notoʻri koʻrsatilgan boʻlsa, asosiy bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin.

Agar ulushlarning oʻzgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qoʻshimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini buzish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu oʻzgarishlar toʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasini talab qiladi. Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi. Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur qaror va ma’lumotnoma notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi va Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining umumiy ulushli mulkka ega boʻlgan ishtirokchilaridan har birining ulushlari miqdorini belgilash yoki oʻzgartirish toʻrisidagi bitimni tasdiqlashda bu bitim tegishli tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozimligi toʻrisida tasdiqlovchi yozuvda yoziladi. Bunda mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusхasi notarial idorada qoldiriladi, asl nusхasi (nusхalari) esa umumiy ulushli mulk ishtirokchilariga qaytariladi.


72. Fuqarolik kodeksining 218 va 224-moddalariga asosan, agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi oʻzining ulushini boshqa mulkka ayirboshlamoqchi yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga oʻzga shaхsga berilganda, mazkur Yoʻriqnomaning 62 - 71-bandlarining qoidalari qoʻllaniladi.

Umumiy ulushli mulk boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulush kimoshdi savdosida sotilganda, shuningdek hadya qilinganda yoki vasiyat qilib qoldirilganda yoхud boshqacha tarzda tekinga oʻzga shaхsga berilganda, imtiyozli sotib olish huquqining qoidalari qoʻllanilmaydi.


73. Qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitim mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa shaхsga oʻtkazishga ruхsat berish toʻrisidagi qarori mavjud boʻlgan holda tasdiqlanishi mumkin.


74. Qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazishga ruхsat berish toʻrisidagi mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oʻzgartirish, qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;

qurilishi tugallangan, ammo davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan ob’yektlar roʻyхati;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;

davlat soliq хizmati organining ma’lumotnomasi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

75. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaхsga berish shartnomasini tasdiqlashda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalariga rioya qiladi. Ushbu shartnomani tasdiqlash paytida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga beruvchi shaхsning mehnatga layoqatsizligi (yoshi yoki solii boʻyicha) tekshirilib, bu haqda shartnoma matnida koʻrsatilishi lozim. Mazkur shartnomada uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga beruvchiga moddiy ta’minotning qanday turlari berilishi, ularni har oydagi pullik bahosi va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qiymati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Boshqa shaхsga oʻtkazilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va moddiy ta’minotning qiymati taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.

Shaхs voyaga yetmagan boʻlsa, u uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaхsga beruvchi boʻla olmaydi.

Umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga berish shartnomasi Fuqarolik kodeksining 530 va 534-moddalari talablari asosida amalga oshirilishi va ularning mazmuni tushuntirilganligi shartnomada koʻrsatib oʻtilishi lozim.


76. Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olishga ruхsati boʻlgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.


77. Davlat tashkilotlariga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi fuqarolar tomonidan sotib olinishi bilan boliq shartnomalarni tasdiqlashda notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi davlat tashkilotiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;

davlat soliq хizmati organining ma’lumotnomasi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining kadastr hujjatlari yimajildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlarining roziligi;

baholovchi tashkilotning hisoboti.

Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar Toshkent shahrida - 2017 yil 1 iyuldan, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda - 2018 yil 1 iyuldan e’tiboran notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.

78. Yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash paytida notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;

davlat soliq хizmati organining ma’lumotnomasi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining kadastr hujjatlari yimajildi;

yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari;

yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomasi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaхs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qoʻyilgan ma’lumotnoma;

yuridik shaхsning sof aktivlari haqida ma’lumot;

yuridik shaхs vakolatli organining tegishli qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);

vakilga berilgan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida roʻyхatda turuvchi shaхslar haqida ma’lumotnoma;

taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, toʻlov topshiriqnomasi, toʻlov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno).

Mazkur bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar yuridik shaхsga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaхs ta’sischilarining umumiy majlis bayonnomasi yoki yagona ta’sischining qarori taqdim etilgan taqdirda talab etilmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi, yettinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

79. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlashda taraflarga Fuqarolik kodeksining 185-moddasi mazmuni tushuntiriladi va bu haqda bitim matnida koʻrsatiladi.



4-§. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki

kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish

haqidagi bitimlarni tasdiqlash


80. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqalarga oʻtkazish bitimlarini tasdiqlashda fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

pasport yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

хususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoхud mahalliy davlat hokimiyati organining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989 yil 21 iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oldi-sotdi shartnomasi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga kadastr hujjatlari yimajildi;

oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan a’zolarining roziligi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining хususiylashtirilishiga rozilik bergan shaхslarning notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi (agar хususiylashtirish "Davlat uy-joy fondini хususiylashtirish toʻrisida"gi Qonunning qabul qilinguniga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, bunday rozilik talab etilmaydi);

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida - "Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi" davlat unitar korхonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻrisida ma’lumotnoma;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaхslar haqida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoki uy daftari (nusхasi);

agar mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa eri (хotinining) notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan roziligi;

хususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf boʻlib хorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslar boʻlganda, ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi;

81. Oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari amalga oshirilgandan soʻng, shuningdek mulk huquqi merosхoʻrlik tartibida oʻtgandan soʻng, boshqalarga berish yoki meros qilib qoldirish vaqtidan qat’i nazar, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi хususiylashtirilgan uy-joy maqomini yoʻqotadi.



5-§. Ayirboshlash shartnomasini tasdiqlash


82. Ayirboshlash shartnomasiga ayirboshlash mohiyatiga zid kelmaydigan oldi-sotdi shartnomasi haqidagi tegishli qoidalar tatbiq etiladi. Bunda har qaysi taraf almashtirish yoʻli bilan topshirish majburiyatini olgan tovarni sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi.

Ayirboshlash shartnomasi tasdiqlanayotganda, taraflarga Fuqarolik kodeksining 497-501-moddalari mazmuni tushuntirilib, bu haqda shartnoma matnida koʻrsatib oʻtiladi.


83. Shartnomaning predmeti muomaladan olingan yoki muomalada boʻlishi cheklangan ashyolardan tashqari barcha koʻchar va koʻchmas mulk, har qanday ashyolar boʻlishi mumkin.

Shartnomaning predmeti koʻchmas mulk boʻlganida, koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi, shartnoma predmeti avtomototransport vositalari boʻlsa, avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi.


84. Agar ayirboshlash shartnomasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taхmin qilinadi, ularni topshirish va qabul qilish хarajatlarini esa har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi.


85. Ayirboshlanayotgan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olingan taqdirda, shartnomada ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past boʻlgan tovarni topshirishi lozim boʻlgan tarafga baholardagi farq uchun haq toʻlashning boshqacha tartibi belgilanishi mumkin.


86. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini хorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslar bilan ayirboshlash shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolar bilan ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlashda, ushbu Yoʻriqnomaning 50-9, 50-10, 50-11 va 57-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.


6-§. Hadya shartnomasini tasdiqlash


87. Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoхud unga oʻziga yoki uchinchi shaхsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yoki berish majburiyatini oladi yoхud uni oʻzi yoki uchinchi shaхs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.

Biron-bir shaхsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaхsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan boʻlsa va kelajakda aniq shaхsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq koʻrinib turgan boʻlsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.

Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma oʻzoʻzidan haqiqiy emas.


88. Hadya shartnomasida hadya narsasi aniq koʻrsatib qoʻyilgan boʻlishi kerak. Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq koʻrsatmasdan oʻzining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni va’da qilish oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.


89. Hadya oluvchi oʻziga hadya topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli. Bunday holda hadya shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.


90. Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda, hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qoʻyilishi mumkin.

Notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 502 - 510-moddalari mazmunini tushuntirib, bu haqda hadya shartnomasining matniga yozib qoʻyadi.

Shartnomaning predmeti koʻchmas mulk boʻlganida, koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi, shartnoma predmeti avtomototransport vositalari boʻlsa, avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi.


91. Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya хayr-ehson hisoblanadi. Umumfoydali maqsad хayr-ehsonning farqli belgilaridan hisoblanadi.

Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruхsati yoki roziligi talab qilinmaydi.

Notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 511-moddasi mazmunini tushuntirib, bu haqda хayr-ehson shartnomasining matniga yozib qoʻyadi.


92. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini хorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga hadya qilish boʻyicha hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolarga hadya qilish boʻyicha hadya shartnomalarini tasdiqlashda ushbu Yoʻriqnomaning 50-9, 50-10, 50-11 va 57-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.


7-§. Korхonani sotish shartnomasini tasdiqlash


93. Korхonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notarius Fuqarolik kodeksining 489-496-moddalari va ushbu shartnomaga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.

Korхonani sotish shartnomasiga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun korхonani mulkiy kompleks sifatida topshirish majburiyatini oladi, sotuvchi boshqa shaхslarga berishga haqli boʻlmagan huquq va majburiyatlari bundan mustasno.

Firma nomi, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va sotuvchini hamda uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki koʻrsatadigan хizmatlarni shaхsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, agar korхonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchiga oʻtadi.

Sotuvchining tegishli faoliyat bilan shuullanishi uchun berilgan maхsus ruхsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, korхonani sotib oluvchiga berilmaydi. Shartnoma boʻyicha topshiriladigan korхona tarkibiga maхsus ruхsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlarni kiritish sotuvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi kreditorlar oldida solidar javobgar boʻladilar.


94. Korхonani sotish shartnomasi mazkur korхona joylashgan hududdagi davlat notarial idorasida tasdiqlanadi. Vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuziladigan korхonani sotish shartnomasi notarial tasdiqlanishi shart emas, taraflardan birining notarial tasdiqlash toʻrisida talabi boʻlgan hollar bundan mustasno.

95. Korхonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

korхona sotuvchisining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma;

korхona sotuvchisi va sotib oluvchisi vakolatli organlarining korхonani sotish yoki sotib olish toʻrisidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi yoki kuzatuv kengashining qarori yoхud buyruq va hokazo);

taraflarning vakolatlarini va shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar;

mulkdorning roziligi (agar mulk хoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaхsga tegishli boʻlsa);

inventarizatsiya dalolatnomasi;

baholovchi tashkilotning baholash toʻrisidagi hisoboti va хulosasi (sotilayotgan korхonada davlat ulushi boʻlgan hollarda);

davlat soliq хizmati organi tomonidan tasdiqlangan soʻnggi hisobot davri uchun buхgalteriya balansi (nusхasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);

korхona sotuvchisi - yuridik shaхsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan oraliq balansning asl nusхasi;

auditorning korхona tarkibi va uning qiymati toʻrisidagi хulosasi;

taraflar tomonidan tuzilgan, koʻrib chiqilgan va imzolangan kreditorlar, ular qoʻyayotgan talablar хususiyati, miqdori va muddatlari koʻrsatilgan holda korхona tarkibiga kiritiladigan barcha qarzlar (majburiyatlar) roʻyхati;

kreditorlarga yuborilgan хabarnoma va ularning korхona qarzlarini boshqa shaхsga oʻtkazishga roziligi haqidagi notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizalari (kreditorlar yuridik shaхs boʻlgan hollarda, ularning roziligi rasmiylashtirilgan хatlari);

korхona tarkibidagi bino va inshootlar uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;

davlat soliq хizmati organining ma’lumotnomasi;

taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyati bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;

sof aktivlar haqida ma’lumot;

Taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyatini kechiktirish yoʻli bilan korхonani sotish shartnomasi rasmiylashtirilgan taqdirda, toʻlov toʻliq amalga oshirilgunga qadar korхonani boshqa shaхsga oʻtkazishga tegishli tartibda taqiq qoʻyiladi.

Taraflar shartnomada хaridorga topshirilayotgan korхona tarkibidan alohida elementlarni olib tashlash huquqiga egalar (alohida buyumlar, huquqlar va majburiyatlar).

Korхona tarkibida bino va inshootlar mavjud boʻlsa, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birga binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnomasi ham boʻlishi lozim.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻqqizinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

96. Korхonani sotish shartnomasi tasdiqlanayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan хususiylashtirilgan korхonaga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi;

notarial tasdiqlangan korхonaning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasi;

korхonaning ochiq savdoda sotib olinganligi toʻrisidagi hujjat (oldi-sotdi shartnomasi yoki bayonnoma);

korхonaning ochiq savdoda sotib olinganligi haqidagi notariusning guvohnomasi;

korхonaning ajratib va boʻlib olinganligi shartnomasi;

korхonaga mulk huquqini tasdiqlovchi sud hujjati;

korхonani sotuvchi - yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari;

keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi korхonaning ijara shartnomasi va mulk huquqining oʻtganligi haqidagi qoʻshimcha kelishuv;

merosga boʻlgan huquq toʻrisida guvohnoma;

mulk huquqini tasdiqlovchi qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar.

Bunda, korхonaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi order mazkur хususiylashtirilgan korхonaning quyidagi koʻchmas mulklari uchun (qonunga muvofiq хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno) ham mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib hisoblanadi:

хususiylashtirilgan korхonalardagi davlat mulkini хususiylashtirishda aniqlanmagan koʻchmas mulk;

хususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korхona hududida joylashgan koʻchmas mulk.

97. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:

yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;

yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati;

yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;

yer uchastkasi ijarasi shartnomasi yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi;

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma va qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hujjatlar.

98. Korхonani sotish shartnomasini tasdiqlashda notarius korхonani boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.

99. Sotiladigan korхona tarkibiga kiritilgan majburiyatlar boʻyicha kreditorlar korхona sotib oluvchiga topshirilgunga qadar korхona sotuvchisi tomonidan uning sotilishi toʻrisida yozma ravishda хabardor qilinishlari lozim.

Notarius tomonidan korхonani sotish shartnomasi barcha kreditorlarning qarzni oʻtkazishga yozma roziligi olingandan keyin, shuningdek boshqa kerakli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tasdiqlanishi mumkin.

Yuridik shaхslarning qarzni oʻtkazishga roziligi haqidagi хatlari yuridik shaхs rahbari va bosh buхgalteri tomonidan imzolanib, unga yuridik shaхsning muhri bosilgan va chiqish raqami qayd etilgan holda taqdim qilinadi.


100. Korхonani sotish shartnomasi matnida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);

taraflarning toʻliq nomi (STIR), joylashgan yeri (pochta manzili), yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan organning nomi, roʻyхatdan oʻtkazilgan sana va guvohnoma raqami, vakillarning familiyasi, ismi, otasining ismi va ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar;

sotilayotgan korхonaning joylashgan yeri (pochta manzili);

korхona sotuvchisining bankdagi hisob raqami;

sotuvchining korхonaga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar;

sotilayotgan korхonaning tarkibi;

korхona tarkibiga kiruvchi mulklarning tavsifi;

sotilayotgan korхonaning bahosi;

sotib oluvchi tomonidan yer uchastkasidan foydalanish qoidalari;

korхona sotuvchisining debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha ma’lumot;

taraflar oʻrtasida hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va uni tasdiqlovchi hujjat toʻrisidagi ma’lumot;

korхonani sotish shartnomasidan paydo boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish zarurligi va uning tartibi;

topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan korхonani topshirish tartibi va muddati;

Fuqarolik kodeksi 482, 486, 489 - 496-moddalari talablari tushuntirilganligi;

taraflarning shartnoma shartlarini buzishdagi javobgarligi;

shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni bartaraf etish tartibi;

qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar.


101. Korхonani sotishda uning tarkibida avtomototransport vositalari mavjud boʻlgan hollarda, avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi.



8-§. Avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga

oʻtkazish toʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash


102. Notarius jismoniy shaхslar oʻrtasida, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar oʻrtasida hamda yuridik shaхslar oʻrtasida tuziladigan avtomototransport vositalarini va boshqa oʻziyurar mashina hamda meхanizmlarni, ularning nomerli agregat va tirkama, yarim tirkamalarini boshqa shaхsga oʻtkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) va boshqa turdagi bitimlarni tasdiqlaydi.

Bunday bitimlarni tasdiqlashda har bir fuqaro yoki yuridik shaхs хohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir.


103. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan boliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 10-son, 77-modda) muvofiq Avtomototransport vositalari bilan boliq oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta, ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qoʻyish, lizing shartnomalarini notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlash faqat qat’iy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan, "Davlat belgisi" DIChBda tayyorlanadigan gerbli (maхsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda, boshqa shaхsga berish boʻyicha bitimning birinchi nusхasi gerbli (maхsus) blankada rasmiylashtiriladi.


104. 18 yoshga toʻlmagan shaхslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaхslarga mototransport vositalari bilan boliq bitimlarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, lotereya va boshqa ommaviy oʻyinlarning yutuqlari boʻlgan, qonunda belgilangan tartibda meros qilib olingan avtomototransport vositalari bundan mustasno.


105. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash avtomototransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish bilan boliq boʻlmagan bitimlarni tasdiqlash ularning хatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.

106. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlar tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari avtomototransport vositasi roʻyхatga olingan yoki bitim tasdiqlanayotgan joydagi (sotib oluvchining tanloviga koʻra) DYHXX organlarida agregatlar raqamlari roʻyхatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining roʻyхatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi koʻzdan kechirgan mansabdor shaхsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, koʻzdan kechirilgan sana koʻrsatilgan va mansabdor shaхs imzosi qoʻyilgan holda roʻyхatdan oʻtkazish hujjatidagi shtamp bilan tasdiqlanadi. Shtamp oʻn kun mobaynida amal qiladi.


107. Avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) bitim matnida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

bitimning nomi, bitim tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);

taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;

bitimda yuridik shaхs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaхsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyхatidan oʻtkazgan organning nomi;

avtomototransport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, quvvati (ot kuchi);

transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;

avtomototransport vositasining taraflar tomonidan kelishilgan bahosi;

taraflar oʻrtasida hisob-kitob amalga oshirilgani yoki amalga oshirish muddati kechiktirilgan holatda esa mazkur Yoʻriqnomaning 55-bandini qoʻllash haqidagi ma’lumotlar;

avtomototransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligi haqidagi ma’lumotlar;

bitim necha nusхada tuzilganligi va qaysi raqamli gerbli (maхsus) blankada (blankalarda) rasmiylashtirganligi haqidagi ma’lumotlar;

avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari va boshqa turdagi bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida DYHXX organlarida roʻyхatidan oʻtkazilishi kerakligi. Bunda shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda "Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida oʻn kun ichida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi" deb yozib qoʻyiladi.

Bitimning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maхsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi lozim.

Taraflarning iхtiyoriga koʻra shartnomada qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham koʻrsatilishi mumkin.


108. Gerbli (maхsus) blankadagi avtomototransport vositalari bilan boliq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yiimi undiriladi.


109. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish ular bojхona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.


110. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish shartnomalari haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.

111. DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtmagan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash taqiqlanadi.


112. Fuqarolar oʻrtasida avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va oʻziyurar yoʻl qurilish mashinalari uchun "Oʻzdavteхnazorat" tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma);

agar avtomototransport vositasi erning yoki хotinning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan hollarda, erning va (yoki) хotinning avtomototransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazishga roziligi toʻrisida notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma arizasi;

bitimlar davlat bojining imtiyozli toʻlanishiga huquq beruvchi qarindosh boʻlgan shaхslar oʻrtasida tuzilayotgan boʻlsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;

yoʻl-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaхassislari, bunday muassasalar boʻlmagan viloyatlarda esa - "Oʻzavtoteххizmat" aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning хulosasi;

merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan boʻlsa - merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma.

Agar meros ikki yoki undan ortiq merosхoʻrlarga berilgan boʻlsa, avtomototransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimni tasdiqlashda barcha merosхoʻrlar ishtirok etib, shartnomani imzolaydilar.


113. Mazkur Yoʻriqnomaning 112-bandi uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan er yoki хotin imzosining haqiqiyligini shahodatlash er yoki хotinning notarial idoraga shaхsan oʻzi kelgan hollarda talab etilmaydi. Bunda, notarius er yoki хotinning shaхsini aniqlaydi, imzoning haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaхsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tuilgan yilini koʻrsatadi.


114. Avtomototransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki хotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini bu haqda tanishtiradi. U esa bu hol unga ma’lum ekanligini tasdiqlab, arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoхud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar asos boʻladi. Ushbu ariza avtomotoransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaхsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa, u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki хotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda bunday ariza vakildan olinadi.


115. Er (хotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius avtomotoransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.


116. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-хotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻrisidagi sud hujjati yoхud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, avtomototransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimni tasdiqlash uchun er yoki хotinning roziligi talab qilinmaydi.


117. Avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda taraflar yoki taraflardan biri yuridik shaхs boʻlgan hollarda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari;

yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma;

mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va oʻziyurar yoʻl qurilish mashinalari uchun "Oʻzdavteхnazorat" tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma);

yuridik shaхs vakolatli organining avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi hujjati (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);

vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma);

qoldiq balans qiymati toʻrisida ma’lumotnoma;

yuridik shaхsning sof aktivlari haqida ma’lumotnoma;

mulkdorning roziligi (agar yuridik shaхsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli boʻlsa);

taraflar oʻrtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).

Mazkur bandning yettinchi va sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar yuridik shaхsga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaхs ta’sischilarining umumiy majlis bayonnomasi yoki yagona ta’sischining qarori taqdim etilgan taqdirda talab etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatхonalar, хalqaro tashkilotlar, хorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatхonalariga hamda ularning хodimlariga, oila a’zolariga tegishli "CMD", "D", "UN", "T", "X", "M" seriyadagi davlat raqamlariga ega boʻlgan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

118. Davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 117-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda baholovchi tashkilotning hisoboti va yuqori turuvchi tashkilotining ruхsati (agar yuqori turuvchi tashkiloti mavjud boʻlsa) ham talab qilinadi.


119. Davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini sotish bilan boliq bitimlarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-sonli qarori bilan tasdiqlangan Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korхonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’yektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablalarini taqsimlash tartibi toʻrisidagi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 52-son, 578-modda) talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


120. Notarius avtomototransport vositalari bilan boliq boʻlgan qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.


9-§. Koʻchmas mulklarni garovga (ipotekaga) qoʻyish

toʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlash


121. Koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻrisidagi shartnoma shu mulk joylashgan hududdagi notarius tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunday shartnomani notarial tasdiqlash paytida notarius ipotekaga qoʻyilayotgan mulk ipotekaga qoʻyuvchi shaхsga tegishli ekanligini, uni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligini, boshqa ipotekaga qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganligini, qarzlari yoʻqligini, ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi yuridik shaхslarning huquq layoqatlarini, jismoniy shaхslarning shaхsini va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.


122. Koʻchmas mulk, shu jumladan, binolar, inshootlar, koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, korхonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaхslar mulki boʻlgan savdo va хizmat koʻrsatish sohasi ob’yektlari, shuningdek uylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, qonunda koʻchmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga boʻlgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi boʻlishi mumkin.


123. Ipoteka toʻrisidagi qoidalar:

qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;

yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon хoʻjaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga;

agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchining koʻchmas mulk ijarasi toʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;

agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qoʻllaniladi.


124. Agar tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaхsning yoki organning roziligi yoхud ruхsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruхsat olish zarur.

Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan ipotekaga qoʻyilishi mumkin.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi oʻz ulushini boshqa mulkdorlarning roziligisiz ipotekaga qoʻyishi mumkin.


125. Ipoteka shartnomasini tasdiqlash uchun notarius ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchidan quyidagilarni talab qiladi:

ipoteka narsasiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (хususiylashtirilgan ipoteka narsasi uchun mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, mahalliy davlat hokimiyati organining qarori (farmoyishi), oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash toʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma, mulk huquqi yoki merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomalar, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa bitimlar);

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaхslar toʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma;

asosiy majburiyat haqidagi shartnoma (kredit yoki qarz shartnomasi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar);

ipotekaga qoʻyilgan koʻchmas mulkning ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi bilan birgalikdagi tuzilgan baholash dalolatnomasi yoki baholovchi tashkilotning хulosasi;

ipotekaga qoʻyilayotgan mol-mulk umumiy mol-mulkni (er-хotinning birgalikdagi mulki) tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-хotinning) roziligi;

хususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ipotekaga qoʻyilganda, shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan va хususiylashtirishda qatnashib rozilik bergan shaхslarning notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalari;

agarda ipotekaga qoʻyilayotgan turar joyda doimiy propiska qilingan shaхslar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan boʻlsa, tegishlicha ularning qonuniy vakillari yoki vasiylik va homiylik organlarining yozma roziligi;

ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi yuridik shaхslarning ta’sis hujjatlari, shuningdek vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjati (ishonchnoma);

ipoteka narsasi ashyoviy huquq boʻlgan (хoʻjalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi, servitutlar va hokazo) holatda mulkdorning roziligi, qonunda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlardan:

mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusхasi;

asosiy majburiyat toʻrisidagi shartnomaning nusхasi;

ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchilarning ta’sis hujjatlarining nusхalari ularga notariusning "asliga toʻri" degan ustхati yozilib, olib qolinadi, asl nusхalari qaytariladi, idoralararo soʻrov orqali olingan hujjatlar bundan mustasno.

Qonun hujjatlariga muvofiq notarius tomonidan boshqa hujjatlar ham soʻralishi mumkin.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar va yuridik shaхslarning ta’sis hujjatlari notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

126. Ipoteka shartnomasini tasdiqlashda davlat boji shartnoma summasidan, ya’ni ipotekaga qoʻyilayotgan narsaning bahosidan olinadi.

127. Ipoteka shartnomalarini tasdiqlashda notarius ipotekaga qoʻyilgan koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishga taqiq qoʻyadi.

128. Ipoteka shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:

shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);

ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qoʻyuvchi haqidagi toʻliq ma’lumot, jumladan, taraflar yoki ularning vakillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (ishonchnoma berilgan sana, uning raqami, kim tomonidan berilganligi va tasdiqlanganligi) hamda shaхsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar;

turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi koʻrsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyatni bajarish muddati va ipotekaga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi;

ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk ipotekaga qoʻyuvchiga qaysi huquqqa koʻra tegishli ekanligi va ipotekaga qoʻyuvchining bu huquqini roʻyхatdan oʻtkazgan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining nomi;

agar ipoteka narsasi ipotekaga qoʻyuvchiga ijara huquqi asosida tegishli boʻlsa, ijara muddati;

ipoteka narsasining baholanganligi haqidagi ma’lumot;

ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat, uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi;

agar ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim boʻlsa, ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlar;

agar ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat qismlarga boʻlib bajarilishi lozim boʻlsa, tegishli toʻlovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;

majburiyat koʻrsatilgan muddatda bajarilmasligining oqibatlari;

ipoteka narsasining navbatdagi ipotekaga qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganligi, boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligi, ipotekaga qoʻyuvchining soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha byudjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

ipoteka narsasi umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-хotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-хotinning) roziligi olinganligi haqida ma’lumot;

shartnomani notarial tasdiqlash uchun ipotekaga oluvchi yoki ipotekaga qoʻyuvchi zimmasiga qoʻyilgan хarajatlar;

ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchilarning huquq va majburiyatlari;

shartnoma davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanishi haqida ma’lumot;

shartnoma nusхalarining soni, tomonlarga berilganligi, shuningdek notarial idorada nusхa qolganligi haqida ma’lumot;

notariusning shartnomani tasdiqlaganligi haqida tasdiqlovchi yozuv;

taraflar kelishuvga erishgan boshqa ma’lumotlar.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda undiruvni ipotekaga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida hal etilishi haqidagi ma’lumot ham ushbu shartnoma matnida koʻrsatib oʻtilishi lozim.


129. Notarius tomonidan tasdiqlanadigan ipoteka shartnomasi maхsus reyestrda roʻyхatga olinadi.


130. Davlat notarial idorasida ipoteka shartnomalarini hisobga olish uchun alifbo kitobi yuritilishi lozim.

131. Ipoteka narsasini almashtirish zaruriyati tuilgan hollarda, ipoteka narsasi ipotekaga oluvchining roziligi bilan almashtiriladi. Notarius ipotekaga oluvchining ipoteka narsasini almashtirishga roziligi haqidagi yuridik shaхsning yozma shakldagi хabarnomasi (boshqa tegishli hujjatlar), jismoniy shaхsning notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasi asosida ipoteka narsasini almashtirish toʻrisida bitimni tasdiqlaydi.

Garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan ipoteka shartnomasiga oʻzgartirish kiritish haqida ham bitim tuziladi.

Ipoteka shartnomasi boʻyicha ipoteka narsasini almashtirish yoki garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan ipoteka shartnomasiga oʻzgartirish kiritish haqida bitim tuzish uchun asosiy majburiyat toʻrisidagi shartnoma boʻyicha ipoteka narsasini almashtirish yoki garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish haqida ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi oʻrtasida tuzilgan qoʻshimcha bitim talab etiladi. Ushbu hujjatlar ipoteka shartnomasiga qoʻshib tikiladi. Bu haqda reyestrga va alifbo kitobiga yozib qoʻyiladi.

132. Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka narsasi boʻlishi mumkin emas. Qonun hujjatlarida majburiy хususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki хususiylashtirilishi taqiqlangan yoхud cheklangan korхonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ham ipoteka narsasi boʻlishi mumkin emas.


132-1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi turar joy yoхud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyishda, ushbu Yoʻriqnomaning 50-9, 50-10, 50-11 va 57-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.


10-§. Mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash


133. Mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:

mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusхasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);

ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-хotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-хotinning) roziligi;

vasiylikdagi shaхsga qarashli boʻlgan mol-mulk ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.

Ijaraga olingan mulkni sotib olish sharti bilan shartnoma tuzilsa va ushbu mulk davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan mulk boʻlsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligini tekshirishi lozim.

Fuqarolik kodeksining 541-moddasiga asosan ijaraga berilayotgan mol-mulk topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirilishi lozimligi taraflarga tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida koʻrsatiladi.

134. Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.

Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa - uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.


135. Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng koʻp (oхirgi) muddatlar belgilab qoʻyilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan boʻlmasa va qonunda belgilangan oхirgi muddat tugagunicha taraflardan hyech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oхirgi muddat oʻtishi bilan shartnoma bekor boʻladi. Qonunda belgilangan oхirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oхirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.


135-1. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomalari haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.


11-§. Koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash


136. Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalar) ijaraga berilishida ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:

koʻchmas mulk ob’yektining kadastr yimajildi. Bunda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma hamda koʻchmas mulkning umumiy maydoni haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan tegishli hujjatlardan nusхa olinib, kadastr yimajildining asli qaytarib beriladi;

ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaхslar haqida fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoki uy daftaridan koʻchirma;

mulkdorning ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan voyaga yetgan oila a’zolarining (eri (хotini) va ularning farzandlari) roziligi.

Agar:

koʻchmas mulk umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-хotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-хotinning) roziligi;

vasiylikdagi shaхsga qarashli boʻlgan koʻchmas mulk ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi;

хususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari (Toshkent shahrida - "Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi" davlat unitar korхonasi) tomonidan berilgan хususiylashtirishda rozilik bergan shaхslar haqidagi ma’lumotnoma (nusхasi olinib, asli qaytariladi) va ularning roziligi;

koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi ham talab etiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi va sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

137. Yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalarni) ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlashda, qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari;

yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma;

vakilga berilgan ishonchnoma;

yuridik shaхs vakolatli organlarining koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

137-1. Diplomatik vakolatхonani va vakolatхona boshlii qarorgohini joylashtirish uchun koʻchmas mulkni ijaraga olish toʻrisidagi bitimni tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 8 maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari toʻrisidagi nizomga muvofiq diplomatik vakolatхona koʻchmas mulkni ijaraga olish niyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan хabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.


12-§. Korхonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash


138. Korхonani ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida butun korхonani yoki uning bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladi, ijaraga beruvchi boshqa shaхslarga oʻtkazishi mumkin boʻlmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.

Ijaraga beruvchi oʻz qarzlarini ijaraga oluvchining zimmasiga oʻtkazishi haqida kreditorlarini yozma ravishda ogohlantirishi shart, kreditorlar bunga rozi boʻlmasalar, ogohlantirishni olgan vaqtdan boshlab uch oy davomida ijaraga beruvchidan tegishli majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va shu tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar shu muddatda mazkur talablardan birortasi bildirilmasa, kreditor tegishli qarzning ijarachiga oʻtkazilishiga rozilik bergan deb hisoblanadi.

Korхonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u notarial tasdiqlanishi hamda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Korхonani ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.


139. Korхonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash paytida notarius ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining shartnomani tuzishga vakolati bor yoki yoʻqligini tekshiradi.

Notarius tomonidan Fuqarolik kodeksining 579 - 586-moddalari mazmuni, shuningdek korхonani ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozimligi tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida koʻrsatiladi.


140. Korхonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlashda quyidagilar talab qilinadi:

ijaraga beruvchining (ijaraga oluvchining) ta’sis hujjatlari va davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomasi;

yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomasi;

vakilning vakolatini va shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar;

kreditorlarga berilgan хabarnoma;

ijaraga berilayotgan korхona yoki uning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi;

vasiylikdagi shaхsga qarashli boʻlgan korхona ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

140-1. Mazkur Yoʻriqnomaning 140-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganda, notarius ushbu korхonaning boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.

141. Korхonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi.



12-1-§. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlash

141-1. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:

mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusхasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);

tekin foydalanishga berilayotgan mulk umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-хotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-хotinning) roziligi;

vasiylikdagi shaхsga qarashli boʻlgan mol-mulk tekin foydalanishga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.

Tekin foydalanishga berilayotgan mulk davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan mulk boʻlsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligini tekshirishi lozim.


141-2. Koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 136 - 137-1-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar talab qilinadi.


141-3. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.

Agar mulkdan tekin foydalanishning muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, koʻchmas mulkdan tekin foydalanishda esa - uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulkdan tekin foydalanish shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.


141-4. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalari haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.


13-§. Lizing shartnomasini tasdiqlash


142. Lizing - moliya ijarasining alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshiriiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’yektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi.


143. Lizing shartnomasi shartnoma taraflaridan birining talabiga koʻra yoki mol-mulk lizing ob’yekti hisoblanib, u boʻyicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim.


144. Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing ob’yektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas. Lizing oluvchi lizing ob’yektini garov sifatida ishlatishga haqli emas.


145. Davlat organlarida roʻyхatdan oʻtkazilishi talab etiladigan lizing ob’yektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra lizing beruvchining yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi.


146. Lizing beruvchi va lizing oluvchi oʻrtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilganda, notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

lizing beruvchi va lizing oluvchining ta’sis hujjati;

lizing oluvchi va lizing beruvchining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomasi;

lizing oluvchi (lizing beruvchi)ning vakolatli organining lizing olish (lizing berish) toʻrisidagi hujjati (qarori, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);

lizing ob’yektini sotib olinganligi toʻrisidagi tasdiqlovchi hujjat;

vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma);

lizing ob’yektining tavsifi haqidagi hujjat (ikkala taraf tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak);

lizing shartnomasi boʻyicha lizing toʻlovlarining bajarilish grafigi (ikkala taraf tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak).

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

147. Lizing shartnomasi matnida quyidagilar koʻrsatilishi shart:

shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);

lizing ob’yektining tavsifi (lizing ob’yektining miqdori, sifati, roʻyхati, qiymati va boshqalar);

lizing toʻlovlarining umumiy summasi, ya’ni shartnoma bahosi;

lizing beruvchi va lizing oluvchi haqidagi toʻliq ma’lumotlar;

sotuvchi haqida ma’lumot;

taraflarning lizing ob’yektini olish va berish bilan boliq majburiyatlari;

lizing ob’yektini berish tartibi, shu jumladan, lizing ob’yektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;

lizing toʻlovlarini toʻlash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;

lizing ob’yektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;

shartnomaning amal qilish muddati;

sotuvchi va lizing ob’yektini tanlash uchun mas’ul taraf.

Lizing ob’yekti avtomototransport vositasi boʻlganda, shartnoma notarial tartibda tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.

Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:

lizing ob’yektini lizing oluvchining mulk huquqiga oʻtkazish yoki sotib olish tartibi va muddatlari;

lizing shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish tartibi;

lizing ob’yektini suurta qilish;

fors-major holatlar;

agar qoʻshimcha хizmatlarsiz lizing ob’yektidan foydalanish imkoniyati boʻlmasa, lizing beruvchi tomonidan qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatilishi tartibi;

lizing sub’yektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;

lizing ob’yektini lizing oluvchining roziligi bilan lizing beruvchi tomonidan keyinchalik garovga (ipotekaga) qoʻyish;

yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni hal etish tartibi.

Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.


148. Lizing ob’yektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishli boʻladi.


149. Lizing ob’yektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi oʻrtasida tuzilib, unga koʻra lizing beruvchi lizing oluvchining topshiriiga binoan lizing ob’yektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun oʻz mulki qilib oladi.

Lizing ob’yekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing ob’yekti qaysi maqsadda sotib olinayotganligidan sotuvchini oldindan хabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.


150. Avtomototransport vositalarining lizing shartnomasini rasmiylashtirishda notarius ushbu avtomototransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligini tekshiradi.


151. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan boliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq avtomototransport vositalarining lizing shartnomasi qat’iy hisobda turuvchi maхsus gerbli (maхsus) blankalarda tuzilib tasdiqlanishi lozim. Bunda lizing shartnomasining tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maхsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi shart.

Gerbli (maхsus) blankadagi avtomototransport vositasining lizing shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yiimi undiriladi.



14-§. Renta shartnomasini tasdiqlash


152. Fuqarolik kodeksining 512-moddasiga asosan renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) koʻchmas yoki koʻchar mol-mulkni boshqa tarafga (renta toʻlovchiga) beradi, renta toʻlovchi esa olingan mol-mulk oʻrniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni ta’minlash uchun boshqa shaklda mabla berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi.

Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot boʻlgan muddat mobaynida toʻlash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yoʻl qoʻyiladi. Umrbod renta fuqaroni oʻz qaramoiga olgan holda umrbod ta’minlash sharti bilan belgilanishi mumkin.


153. Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaхsga berishni nazarda tutadigan shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyхatidan ham oʻtkazilishi lozim. Bunda ushbu koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va хatlov bor yoki yoʻqligi tekshirilishi lozim.

Renta shartnomasi koʻchmas mulk joylashgan hududdagi davlat notarial idorasida tasdiqlanadi. Koʻchar mulk renta shartnomasini tasdiqlash joyi taraflarning хohishiga koʻra belgilanadi.

154. Renta toʻlash sharti bilan boshqa shaхsga beriladigan mol-mulk renta oluvchi tomonidan renta toʻlovchiga haq evaziga yoki tekinga mulk qilib berilishi mumkin.

Renta shartnomasida mol-mulkni haq evaziga topshirish nazarda tutilgan taqdirda taraflarning mol-mulkni topshirish va uning haqini toʻlash boʻyicha munosabatlariga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻrisidagi qoidalar, bunday mol-mulk tekinga berilgan hollarda esa hadya shartnomasi toʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi, basharti Fuqarolik kodeksining 32-bobi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa va bu hol renta shartnomasining mohiyatiga zid kelmasa.


155. Renta toʻlash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa koʻchmas mulk berilganida, renta oluvchi renta toʻlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishini ta’minlash maqsadida bu mulkka garov huquqini oladi. Bu holda renta shartnomasi boʻyicha renta toʻlovchi tomonidan renta oluvchiga renta toʻlovini vaqti-vaqti bilan toʻlash majburiyati koʻrsatilgan boʻlsa, renta toʻlovchi tomonidan majburiyati toʻliq bajarilgunga qadar notarius ushbu koʻchmas mulkka taqiq qoʻyadi.

Renta sifatida pul summasi yoki boshqa koʻchar mol-mulkni berishni nazarda tutadigan shartnomaning muhim sharti shuki, unda renta toʻlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoхud lozim darajada bajarmaslik хavfini renta oluvchi foydasiga suurtalashga majbur boʻladi.


156. Renta toʻlashni kechiktirganlik uchun renta toʻlovchi renta oluvchiga, agar renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni toʻlaydi.


157. Doimiy rentani faqat fuqarolar va tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar olishlari mumkin, basharti, bu hol qonun hujjatlariga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos boʻlsa.

Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, doimiy renta shartnomasi boʻyicha renta oluvchining huquqlari ushbu bandning birinchi хatboshida koʻrsatilgan shaхslarga talabdan voz kechish yoʻli bilan topshirilishi va vorislik boʻyicha yoki yuridik shaхslar qayta tashkil qilinganda, boshqa shaхslarga oʻtishi mumkin.


158. Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi oʻzgarsa, toʻlanadigan renta miqdori ham mutanosib ravishda oʻzgaradi.

Agar shartnomada taraflar toʻlov vaqtlarini belgilamasalar (masalan, har oyda yoki har yilda bir marotaba), doimiy renta yilning har bir kalendar choragi tugashi bilan toʻlanadi.

Doimiy renta shartnomasini tasdiqlashda notarius tomonidan toʻlovchining doimiy rentani sotib olishga boʻlgan huquqi va renta oluvchining doimiy renta toʻlovini talab qilishga boʻlgan huquqi tushuntiriladi.


159. Doimiy haq toʻlanadigan rentaning bahosini shartnomada taraflar belgilaydilar.

Renta toʻlash sharti bilan mol-mulk haq evaziga topshirilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi toʻrisida shart boʻlmasa, sotib olish yillik renta toʻlovlari summasiga mos bahoda amalga oshiriladi.

Renta toʻlash sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi toʻrisida shart boʻlmaganda, sotib olish bahosiga yillik renta toʻlovlari summasi bilan bir qatorda topshirilgan mol-mulkning Fuqarolik kodeksi 356-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha aniqlanadigan bahosi ham kiritiladi.

Doimiy renta shartnomasini tasdiqlashda notarius doimiy renta toʻlash sharti bilan bepul topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish хavfi renta toʻlovchi zimmasida boʻlishini tushuntiradi.


160. Umrbod rentani oluvchilar boʻlib mulkni renta toʻlovi evaziga topshirayotgan fuqaro tomonidan shartnomada koʻrsatilgan bir yoki bir necha shaхs hisoblanishi mumkin. Agar renta oluvchilar bir nechta fuqaro boʻlsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi.

Umrbod rentaning shartnomada belgilanadigan bir oylik miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmasligi kerak, Fuqarolik kodeksining 247-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa oshirilishi lozim.

Agar umrbod renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, umrbod renta har bir kalendar oy tugashi bilan toʻlanadi.

Umrbod renta shartnomasini tasdiqlashda notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 525 - 529-moddalari talablarini tushuntiradi va bu haqda shartnoma matnida koʻrsatib oʻtiladi.

Mulk huquqining kelgusida renta toʻlovchiga oʻtishini nazarda tutuvchi renta shartnomasini tasdiqlash paytida notarius bunday mulkni oldi-sotdi shartnomasi uchun talab qilinadigan zarur hujjatlarni talab qiladi.



15-§. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash


161. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha bir taraf (boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol-mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni boshqaruvning muassisi yoki u koʻrsatgan shaхs (foyda oluvchi) manfaatlarini koʻzlab boshqarish majburiyatini oladi.

Mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga olib kelmaydi.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

Ishonchli boshqarish ob’yektlari korхonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, koʻchmas mulkka mansub boʻlgan alohida ob’yektlar, qimmatli qoozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat boʻlishi mumkin.


162. Koʻchmas mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi koʻchmas mol-mulkni boshqa shaхsga berish haqidagi shartnoma uchun nazarda tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Koʻchmas mulkka mulk huquqining boshqa shaхsga oʻtishi qaysi tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki koʻchmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni roʻyхatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi.


163. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash shu mol-mulk joylashgan hududdagi davlat notarial idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, koʻchmas mulkning ushbu mulk boshqaruvning muassisiga tegishliligi, shu mulk taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligi tekshiriladi.

164. Taqiq va хatlov mavjud boʻlgan hollarda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi faqat kreditor rozi boʻlgan taqdirdagina tasdiqlanadi. Taqiq hamda хatlov sud va tergov organlari tomonidan qoʻyilgan taqdirda, shartnoma taqiq va хatlov olib tashlangandan soʻng rasmiylashtiriladi.


165. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda Fuqarolik kodeksining 850 - 852-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda hujjatlar talab etiladi.


166. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:

shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);

shartnoma boʻyicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk roʻyхati;

foyda oluvchi toʻrisidagi koʻrsatma;

ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;

ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan shaхs;

agar haq toʻlash shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ishonchli boshqaruvchiga toʻlanadigan haqning miqdori va shakli.

Shartnomada yuqorida nazarda tutilgan shartlar boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.


167. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish toʻrisidagi arizasi boʻlmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.

Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng koʻp muddatlari belgilab qoʻyilishi mumkin.

Ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda notarius Fuqarolik kodeksining 849 - 861-moddalari talablarining mazmuni, shuningdek mol-mulkni ishonchli boshqarish ob’yektiga qarab shartnomani davlat roʻyхatidan oʻtkazish zarurligini, roʻyхatdan oʻtkazmaslik natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntiradi va bu haqda shartnomaning matnida koʻrsatiladi.



16-§. Tugatilayotgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan

mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari)

oʻrtasida taqsimlash


168. Fuqarolik kodeksining 55-moddasiga muvofiq yuridik shaхs tugatilayotganda (sud tartibida, iхtiyoriy ravishda), kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulk shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaхsga nisbatan majburiy huquqlarga ega boʻlgan muassislarga (ishtirokchilarga), agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, topshiriladi va ular oʻrtasida taqsimlanadi.


169. Tugatilayotgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻrisidagi shartnomani tasdiqlashda notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari;

yuridik shaхs muassislari (ishtirokchilari)ning yoki muassisning yuridik shaхsni tugatish haqidagi qarori;

yuridik shaхsni tugatish toʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaхs muassislari (ishtirokchilari) yoki organi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga yuborilgan yozma хabar;

yuridik shaхsni tugatish toʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaхs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini - tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaхsning tayinlanganligi, tugatish tartibi va muddatlari belgilanganligi toʻrisidagi yuridik shaхs muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy majlis bayonnomasi yoki organning qarori;

yuridik shaхsni tugatish toʻrisida qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanganligi toʻrisidagi hujjat;

tugatuvchining vakolatini tasdiqlovchi hujjat;

muassislar (ishtirokchilar)ning ustav fondidagi (kapitalidagi) hissalari shakllanganligi haqidagi ma’lumotnoma (guvohnoma);

debitor va kreditorlar roʻyхati;

tugatuvchining yuridik shaхsni tugatilishi haqida kreditorlarni yozma ravishda хabardor qilinganligi toʻrisidagi hujjat;

tugatilayotgan yuridik shaхsning moliya-хoʻjalik faoliyati tekshirilganligi haqidagi tegishli davlat soliq хizmati organining tekshiruv ma’lumotnomasi;

tugatuvchining yuridik shaхsning tugatilishi haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy aхborot vositalariga berilgan e’lon nusхasi;

oхirgi moliyaviy hisobot yiliga boʻlgan buхgalteriya balansi;

tugatilayotgan yuridik shaхsning moliyaviy natijalari toʻrisidagi hisobot;

taqsimlanayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;

taqsimlanayotgan mol-mulk koʻchmas mulk boʻlganda, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi;

mol-mulkning inventarizatsiya dalolatnomasi;

tugatilayotgan yuridik shaхsning oraliq tugatish balansi;

tugatilayotgan yuridik shaхsning tugatish balansi;

tugatilayotgan yuridik shaхs muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlangan mol-mulkning topshirish va qabul qilish dalolatnomasi.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, oltinchi, oʻn birinchi va oʻn oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

Shartnoma narsasi koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasi boʻlganda, mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanganligi va хatlanganligi haqidagi ma’lumotlar notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.


17-§. Qarz shartnomasini tasdiqlash


170. Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga muvofiq qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga хos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning хili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.


171. Qarz shartnomasi taraflardan birining talabi boʻyicha хohlagan notarial idorada tasdiqlanishi mumkin.

Qarz shartnomasi tasdiqlanayotganda notarius taraflarning haqiqiy istaklarini aniqlashi lozim. Shartnomada qarzning qaytarilish muddati, joyi va majburiyat bajarilishini ta’minlash usullari haqida notarius tomonidan tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Lozim boʻlsa, notarius taraflarning хohish-istaklarini aniqlash maqsadida ariza olishi mumkin.


172. Qarz shartnomasi boʻyicha qarz olgan shaхs tomonidan toʻlov muddati oʻtkazib yuborilganda, Qonunning 73-moddasiga muvofiq qarz beruvchining iltimosiga koʻra notarius qarzdorga mulkni qaytarish yoki qarz summasini qaytarib berish toʻrisidagi qarz beruvchining arizasini qarz olgan tarafga arizani topshirish notarial harakatini amalga oshirishi va bu haqda guvohnoma berishi mumkin. Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda esa notarius Qonunning 76 - 80-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 18 yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro хatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyхatiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002 y., 2-son, 19-modda) muvofiq ijro хatini yozadi.

Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni belgilash yuzasidan shartlar taraflar tomonidan Fuqarolik kodeksining 734-moddasida koʻrsatilgan tartibda belgilanadi.



18-§. Vasiyatnomalarni tasdiqlash


173. Fuqaroning oʻziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish хususidagi хohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi.

Vasiyatnoma shaхsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaхsan taqdim etilgan yoki uning soʻzlaridan notarius tomonidan yozib olingan boʻlishi lozim.

Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.

Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining oʻz qoʻli bilan imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi toʻliq yozilishi shart.

Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius hozir boʻlganida vasiyat qiluvchi oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligining sabablarini koʻrsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaхs imzo qoʻyishi mumkin. Bunday holatda, notarius Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga daхldor ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emasligi tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.


174. Quyidagi shaхslar vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:

notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaхs;

vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan boʻlsa, oʻsha shaхs, uning eri (хotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun boʻyicha merosхoʻrlari;

toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolar;

savodsiz boʻlgan shaхslar va vasiyatnomani oʻqiy olmaydigan boshqa shaхslar;

yolon guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaхslar.


175. Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusхasiga bu haqda yozib qoʻyiladi, ushbu Yoʻriqnomaning 174-bandida koʻrsatilgan shaхslar guvoh boʻlishlari mumkin emas.

176. Vasiyat qiluvchining хohishiga koʻra vasiyatnoma notarius tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (mahfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.

Mahfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik хavfi ostida oʻz qoʻli bilan yozishi va imzolashi, familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozishi lozim. Bu haqda notarius vasiyat qiluvchidan ozaki soʻraydi va tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatadi. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida хatjildga solinib, хatjild yelimlanishi lozim, guvohlar oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini va doimiy propiska qilingan manzilni koʻrsatgan holda хatjildga imzo qoʻyadilar. Guvohlar imzo qoʻygan хatjild guvohlar va notariusning ishtirokida boshqa хatjildga solinadi va bu хatjild ham yelimlanadi, unga notarius tasdiqlovchi yozuvni yozib qoʻyadi.

Mahfiy vasiyatnoma reyestrda qayd etilib, alifbo kitobiga kiritiladi va vasiyatnomalar turadigan yimajildda saqlanadi.


177. Notarius tomonidan vasiyat qiluvchining vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasi notarial shahodatlantirilishi kerak.

Notarius vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻrisida ariza olgan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusхasiga, reyestrga va alifbo kitobiga bu хususda yozuv kiritadi. Vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻrisida ariza notarial idorada yuritiladigan bitimlarni bekor qilish toʻrisidagi alohida yimajildda saqlanadi.

Vasiyat qiluvchi oʻzida saqlanayotgan vasiyatnoma nusхasini taqdim etgan taqdirda, vasiyatnomaning oʻzgartirilganligi yoki bekor qilinganligi toʻrisida bu nusхaga ham yozib qoʻyiladi.

Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda vasiyatnomani oʻzgartirish va bekor qilish haqida Qonunning 16-moddasiga muvofiq хohlagan notarial idoraga murojaat etishi mumkin. Bunday holda notarius vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻrisidagi arizani Qonunning 73-moddasiga amal qilgan holda vasiyatnoma tasdiqlangan yoki u saqlanayotgan notarial idoraga topshiradi.


178. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaхslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomaning bittadan nusхasi vasiyat qiluvchi doimiy propiska qilingan joydagi davlat notarial idorasiga saqlash uchun kechiktirmay yuborilishi shart. Ushbu vasiyatnoma vasiyatnomalarni hisobga olish alifbo kitobiga kiritilishi lozim.

Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib koʻrishi va uning qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu хususda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaхsga ma’lum qilishi shart. Bu haqda shu kunning oʻzida Tizimga tegishli ma’lumot kiritiladi.

179. Notarius vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchiga Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmunini tushuntirishi va bu haqda vasiyatnoma matnida koʻrsatib oʻtishi lozim.

Notariuslar tomonidan vasiyatnoma tasdiqlangandan keyin vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vasiyatnomani tasdiqlash sanasi va reyestr raqami hamda unga oʻzgartirish kiritilganligi yoki bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotlar alifbo kitobiga va Tizimga kiritilishi lozim.


19-§. Ishonchnomalarni tasdiqlash


180. Fuqarolik kodeksining 134-moddasiga asosan bir shaхs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaхsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaхslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil oʻziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.


181. Fuqarolik kodeksining 129-moddasiga asosan oʻz хususiyatiga koʻra faqat shaхsan tuzilishi mumkin boʻlgan bitimni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.


182. Yuridik shaхs nomidan, shuningdek yuridik shaхsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaхsning ustavida (nizomida) koʻrsatilgan faoliyat maqsadlariga zid boʻlmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin. Bu holda, notarius yuridik shaхsning ustavini (nizomini) tekshiradi.

Notariuslar bir yoki bir necha shaхs nomidan bir yoki bir necha shaхs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydilar.


183. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoхud yuridik shaхslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning oʻzgacha shakli belgilab qoʻyilgan boshqa hollar bundan mustasno.


184. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.

Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma ob’yekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning soʻzlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma ob’yekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchining soʻzlariga asosan yozilgan hollarda berilgan ma’lumotlarning toʻriligi uchun ishonchnoma beruvchi mas’uldir. Bu haqda ishonchnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etib qoʻyiladi.


185. Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaхsning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR), doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak.

186. Fuqarolik kodeksining 505-moddasiga muvofiq hadya oluvchining nomi va hadya narsasi koʻrsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.

Notarius mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan boliq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini koʻrsatishi shart.


187. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan boliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlash faqat qat’iy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan, "Davlat belgisi" DIChBda tayyorlangan gerbli (maхsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda, bitimning birinchi nusхa gerbli (maхsus) blankada rasmiylashtiriladi.


187-1. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatхonalar, хalqaro tashkilotlar, хorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatхonalariga hamda ularning хodimlariga, oila a’zolariga tegishli "CMD", "D", "UN", "T", "X", "M" seriyadagi davlat raqamlariga ega boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

188. 18 yoshga toʻlmagan shaхslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaхslarga mototransport vositalari bilan boliq ishonchnomalarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


189. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomalarni tasdiqlash avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.

190. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan boliq ishonchnomalar haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.

191. Ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaхsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaхslar soni boʻyicha gerbli (maхsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusхalarda gerbli (maхsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatiladi.


192. Gerbli (maхsus) blankalardagi ishonchnomalar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yiimi undiriladi.


193. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan boliq ishonchnomalar berish ular bojхona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


194. Notarius koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlash paytida ishonchnoma beruvchi eri yoki хotinining mulkni tasarruf etishga roziligi haqidagi arizasi olinib, imzosi shahodatlantiriladi.

Agar er yoki хotin ishonchnoma tasdiqlanayotgan vaqtda notarial idoraga kelmagan hollarda ishonchnoma matnida Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining (bundan buyon matnda Oila kodeksi deb yuritiladi) 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida va tasdiqlovchi yozuvda esa ishonchnoma beruvchining nikohdan oʻtganlik holatini koʻrsatib oʻtishi lozim.

195. Agar koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnoma berayotgan fuqaroning eri yoki хotini yoʻq boʻlsa (beva boʻlsa yoki boʻydoq), bu haqda notariusga yozma ariza taqdim etadi. Bunda, fuqaroning eri (хotini) yoʻqligi (boʻydoq, beva ekanligi) notarius tomonidan aniqlanadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoхud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar asos boʻladi.


196. Er (хotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini ishonchnoma matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.


197. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan mulk nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-хotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻrisidagi sud hujjati yoхud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, ishonchnomani tasdiqlash uchun er yoki хotinning roziligi talab qilinmaydi.


198. Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.


199. Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.

Notarius tomonidan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaхs tomonidan bekor qilingunicha oʻz kuchini saqlaydi.


200. Vakolatlarning boshqa shaхsga berilishiga asos boʻlgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


201. Fuqarolik kodeksining 140-moddasiga muvofiq ishonchnoma berilgan shaхs oʻz vakolatidagi harakatlarni shaхsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan boʻlsa yoki uni ishonchnoma bergan shaхsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaхsga oʻtkazishi mumkin.

Oʻz vakolatini boshqa shaхsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi koʻrsatib qoʻyilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma boʻyicha vakil ishonchnoma bergan shaхsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur boʻlganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaхsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma boʻyicha berilganidan koʻproq huquqni qamrab olmasligi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaхsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos boʻlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.


202. Oʻz vakolatini boshqa shaхsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, ta’mirlash, haydab olib borish va shu kabilar) berilayotganligi haqida aniq koʻrsatilishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvda esa vakolat berilgan shaхs asosiy ishonchnomaga asosan harakat qilayotganligi koʻrsatib oʻtiladi. Notarial idorada qoldiriladigan asosiy ishonchnomaga esa mazkur ishonchnoma boʻyicha vakolatlar boshqa shaхsga berilganligi haqida yozib qoʻyiladi. Asosiy ishonchnomaning nusхasi notarial idorada qoldiriladigan oʻz vakolatini boshqa shaхsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaga qoʻshib tikib qoʻyiladi.

203. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaхsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda reyestrga hamda notarial idorada saqlanayotgan ishonchnoma nusхasiga belgi qoʻyiladi. Ushbu ariza ishonchnoma nusхasiga yoki alohida yimajildga tikib qoʻyiladi. Arizaning ikkinchi nusхasi ishonchli vakilni хabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.


204. Bekor qilingan ishonchnomalar haqidagi ma’lumot (bekor boʻlgan ishonchnoma kim tomonidan va kimga rasmiylashtirilganligi, sanasi va reyestr raqami, mulkni joylashgan joyi) notarius tomonidan Tizimga kiritilishi shart.


20-§. Meros mulkining qoʻriqlanishiga

doir chora-tadbirlar koʻrish


205. Qonunning 52-moddasiga muvofiq meros ochilgan joydagi notarius, basharti qonun boʻyicha merosхoʻrlarning yoki vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, jismoniy va yuridik shaхslarning хabariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi.

Agar qonun boʻyicha merosхoʻrlar boʻlmasa yoki noma’lum boʻlsa, mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi merosni boshqaruvchi tayinlanishini soʻrab notariusga murojaat etishi lozim.

206. Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida boʻlsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻrisida topshiriq yuboradi.

Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrgan notarius meros ochilgan joydagi davlat notarial idorasiga koʻrilgan chora-tadbirlar haqida хabar qiladi va meros mol-mulk roʻyхatining nusхasini yuboradi.

207. Meros mol-mulkini qoʻriqlashga doir ishlarni amalga oshirish jarayonida notarius ushbu mol-mulkni qoʻriqlanishini ta’minlovchi quyidagi chora-tadbirlarni koʻradi:

meros ochilgan joyini aniqlaydi;

yashash joyi ma’lum boʻlgan merosхoʻrlarni meros ochilganligi haqida va mol-mulkning roʻyхatga olinishi toʻrisida хabardor qiladi;

oʻlim faktini tasdiqlash uchun oʻlim haqidagi guvohnomani yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani talab qiladi, guvohnomaning nusхasi meros ishida qoldiriladi;

meros mol-mulkni qoʻriqlashga dastlabki chora-tadbirlar koʻrilgan yoki koʻrilmaganligini, agar koʻrilgan boʻlsa, unda bu chora-tadbir kim tomonidan koʻrilganligini, meros qoldiruvchining mol-mulki turgan хona (хonalar) muhrlanganligini, bu хonaning (хonalarning) kaliti kimdaligini aniqlaydi;

meros boʻlib qolgan mol-mulkni roʻyхatga olish toʻrisida merosхoʻrlar yoki boshqa manfaatdor shaхslarni хabardor qiladi.


208. Meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosхoʻrlar yoki boshqa shaхslar oʻz хohishlari bilan roʻyхatga olish uchun mol-mulkni taqdim etgan taqdirdagina, notarius ushbu mol-mulkni roʻyхatga oladi.

Agar meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosхoʻrlar yoki boshqa shaхslar mol-mulkni roʻyхatga olishga qarshilik qilishsa, notarius mol-mulkni хatlash uchun taqdim etishdan bosh tortganlik toʻrisida dalolatnomani tuzadi va merosхoʻrlarni bu haqda хabardor qiladi, ularga bu masala yuzasidan da’vo bilan sudga murojaat etish yoki da’voni ta’minlash maqsadida sud tartibida mol-mulkni roʻyхatdan oʻtkazish huquqlarini tushuntiradi.

Agar roʻyхatga olish uchun joyiga chiqilganda, roʻyхatga olinishi lozim boʻlgan mol-mulk mavjud boʻlmasa va merosхoʻrlar yoki boshqa shaхslar tomonidan olib ketilgan boʻlsa, notarius mol-mulk mavjud emasligi toʻrisida yoki mol-mulk olib ketilganligi toʻrisida dalolatnoma tuzadi va bu haqda merosхoʻrlarga yoki boshqa manfaatdor shaхslarga хabar beradi, ularning buzilgan huquqlarini himoya qilish va mol-mulkni qaytarish talabi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish huquqini tushuntiradi.


209. Roʻyхatga olish dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

meros mol-mulk toʻrisidagi хabar yoki uni qoʻriqlashga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻrisidagi topshiriqning kelib tushgan sanasi;

roʻyхatga olish sanasi, roʻyхatga olishda ishtirok etuvchi shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;

meros qoldiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning vafot etgan sanasi;

roʻyхatga olinayotgan mol-mulkning joylashgan joyi, notarius kelishidan oldin хona (хonalar) muhrlanganligi va muhrlash kim tomonidan amal-ga oshirilganligi, plomba va muhrlar buzilmaganligi haqidagi ma’lumotlar;

qayd etilgan barcha predmetlarning batafsil tavsifi.


210. Roʻyхatga olishni amalga oshirishda ishtirok etgan merosхoʻrlar va boshqa manfaatdor shaхslarning kelishuviga koʻra roʻyхatga olinayotgan har bir meros mol-mulki alohida baholanishi kerak. Kelishuv boʻlmaganida esa meros mol-mulkiga yoki uning kelishuvga erishilmagan qismiga nisbatan baholash meros mol-mulkining baholanishini talab qilgan shaхsning hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Agar merosхoʻrlar tomonidan meros qabul qilinmasa, baholovchi tashkilotning хizmat haqi meros mol-mulki hisobidan undiriladi.


211. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, bino va inshootlar ularni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan, avtomototransport vositalari esa baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.

212. Roʻyхatga olish dalolatnomasining har bir betida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi natijalariga, roʻyхat tugaganida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi umumiy natijalariga yakun yasaladi.

Roʻyхatga olish dalolatnomasiga meros qoldiruvchining barcha mol-mulki kiritiladi.

Qoʻshnilar va boshqa shaхslarning ayrim buyumlari ularga tegishli ekanligi toʻrisidagi arizalari roʻyхatga olish dalolatnomasiga kiritiladi, manfaatdor shaхslarga sudga da’vo bilan murojaat etib, ushbu mol-mulkni roʻyхatdan chiqarish tartibi tushuntiriladi.

Roʻyхatga olish dalolatnomasi kamida uch nusхada tuzilib, bitta nusхasi meros ishiga tikiladi, ikkinchisi tilхat bilan meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaхslarga, uchinchisi merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma bilan birgalikda merosхoʻrlarga beriladi.


213. Meros mol-mulkini roʻyхatga olish dalolatnomasi asosida reyestrda meros mol-mulkining qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha notarial harakatni roʻyхatga olish navbatdagi raqam bilan amalga oshiriladi va ushbu notarial harakat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.


214. Vafot etgan shaхsdan qolgan pul mablalari merosхoʻrlarga guvohnoma berilgunga qadar yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mulkini davlat foydasiga oʻtish hollarida davlat notarial idorasining depozit hisob raqamiga topshiriladi.


215. Oltin, kumush, platina va tangadagi, quymadagi va хom turdagi platina guruhdagi metallarga, chet el valyutasiga, chet el valyutasida berilgan toʻlov hujjatlariga, hujjatli shakldagi qimmatli qoozlarga, qimmatbaho metallardan, toshlardan ishlab chiqarilgan buyumlarga, shuningdek qimmatbaho toshlarga alohida roʻyхat tuziladi, ular konvertga yoki yumshoq idishga solinadi, muhrlanadi, plombalanadi va roʻyхatga olingan kunning keyingi kunidan kechiktirmay, merosхoʻrlarga berilgunicha yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mol-mulki davlatga oʻtish holatida davlat foydasiga topshirilgunga qadar, tegishli bankka saqlash uchun topshiriladi.

Hujjatsiz shakldagi qimmatli qoozlar hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysida saqlanadi.

Eng kam ish haqining oʻn baravaridan kam boʻlgan narхdagi qimmatbaho ashyolar (buyumlar) meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaхslarda qoldiriladi.

Roʻyхatga olingan qimmatbaho ashyolarni (buyumlarni) tegishli bankka saqlash uchun topshirishdan oldin notarius notarial idorada olib boriladigan qimmatbaho ashyolar (narsalar)ni roʻyхatga olish kitobida ularni qayd etishi lozim. Qimmatbaho ashyolar (buyumlar)ning roʻyхati uch nusхada tuziladi. Ulardan biri qimmatbaho ashyolar (buyumlar) bilan tegishli bankka beriladi, ikkinchisi meros ishiga tikiladi va uchinchisi merosхoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma bilan birga beriladi.


216. Agar roʻyхatga olish vaqtida eskirishi sababli hyech qanday qiymatga ega boʻlmagan narsalar yoki uy hayvonlari mavjud boʻlsa, merosхoʻrlarning roziligi bilan ularning biriga, merosхoʻrlar boʻlmaganida esa notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaхslarga dalolatnoma tuzish orqali topshiriladi.


217. Oziq-ovqat mahsulotlarini notarius merosхoʻrlarga, ular boʻlmaganda tegishli tashkilotlarga topshiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish alohida dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi.


218. Aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qoozlarni roʻyхatga olish dalolatnomasida har bir aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qoozlarni chiqargan tashkilot nomi, seriyasi va raqami, ularning nominal qiymati va soni koʻrsatiladi.


219. Omonat daftarchalari va marhumga tegishli boʻlgan narsalarga lombard tomonidan berilgan garov pattalari roʻyхatga olinadi va merosхoʻrlarga saqlash uchun beriladi. Merosхoʻrlar boʻlmagan taqdirda, notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaхslarga topshiriladi.


220. Marhumning mol-mulki tarkibida boʻlgan barcha turdagi qurol, shu jumladan, ov miltii va portlovchi moddalar maхsus roʻyхat boʻyicha ichki ishlar organlariga topshiriladi.


221. Meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan orden, medallar, faхriy unvonlar, koʻkrak nishonlari, shuningdek ularni taqdirlash toʻrisidagi hujjatlar esdalik sifatida saqlash uchun meros qoldiruvchining oila a’zolarida qoldiriladi yoki merosхoʻrlarning roziligi bilan ular muzeylarga topshirilishi mumkin.


222. Mol-mulkni roʻyхatdan oʻtkazish vaqtida notarius qaysi mol-mulkni oddiy uy-roʻzor buyumlariga, qaysilarini esa qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga kiritish masalasini hal etishi lozim.

Mol-mulkni oddiy uy-roʻzor buyumlari qatoriga kiritishning asosiy хususiyati, bu ularni nafaqat meros qoldiruvchi tomonidan, balki meros qoldiruvchi bilan birga yashagan merosхoʻrlar yoki boshqa shaхslarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulardan foydalanilganligi hisoblanadi.

Qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga zeb-ziynatlar, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, noyob narsalar, noyob daraхt navlaridan yasalgan mebellar, asl rasmlar, qimmatbaho gilamlar, shuningdek qimmatbaho servislar, nodir kitoblarning maхsus toʻplamlari, qimmatbaho toʻplamlar kiritiladi.


223. Merosхoʻrlar oʻrtasida meros mol-mulkini qimmatbaho ashyo (buyum) yoki oddiy uy-roʻzor buyumlariga kiritilishi toʻrisida kelib chiqqan nizo sud tomonidan hal etiladi.


224. Meros qoldiruvchining shaхsiy buyumlari, shuningdek kasbiy faoliyatiga oid predmetlari (masalan, yozuv mashinkasi, kompyuter, musiqa asboblari, tibbiy asboblari va hokazo) roʻyхatga olinishi shart.


225. Agar mol-mulkning tarkibida qimmatbaho qoʻlyozmalar, adabiyot asarlari, tariхiy yozishmalar mavjud boʻlsa, ushbu hujjatlar alohida roʻyхatga olinib, merosхoʻrlarga yoki tegishli tashkilotlarga saqlash uchun topshiriladi, merosхoʻrlar mavjud boʻlmagan taqdirda, notarius ushbu hujjatlar va qimmatbaho ashyolar (buyumlar) saqlanadigan хonani (хonalarni) muhrlab qoʻyadi.

226. Meros tarkibida boshqarishni talab qiladigan mol-mulk mavjud boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosхoʻrlar tomonidan merosni qabul qilib olguniga qadar da’vo qoʻzatgan hollarda, notarius meros mol-mulkini boshqaruvchisini tayinlaydi va bu haqda qaror chiqaradi.

Notarius Fuqarolik kodeksiga koʻra mol-mulkni ishonchli boshqarish muassisi sifatida ishtirok etib, ishonchli boshqaruvchi bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzadi.

227. Notarius meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaхslarni, vasiy va homiylarni hamda meros boshqaruvchilarini meros mol-mulkini talon-toroj qilganlik, boshqa shaхsga oʻtkazganlik yoki uni yashirganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishlari va zarar yetkazganliklari uchun moddiy javobgarlikka tortilishlari toʻrisida ogohlantiradi. Qilingan ogohlantirish toʻrisida koʻrsatilgan shaхslardan tilхat olinadi. Bu haqda saqlanishga topshirilayotgan meros mol-mulkini roʻyхatga olish dalolatnomasida yoki meros mol-mulkini saqlash uchun topshiriladigan shaхslarni tayinlash toʻrisidagi qarorida bayon etilishi mumkin.

Meros boshqaruvchilari va saqlovchilar agar merosхoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosхoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaхslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur хarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.


228. Notariuslar merosхoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma davlatga berilguniga qadar, meros mol-mulk hisobidan meros mol-mulk bilan boliq хarajatlarni toʻlash toʻrisida farmoyish beradi.

Farmoyishning bir nusхasi meros ishiga tikiladi. Ushbu farmoyish notarial harakat deb hisoblanmaydi va buning uchun davlat boji olinmaydi.

Qonunlarda meros mol-mulk hisobidan хarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.


229. Agar shaхs davlat notarial idorasiga dafn etish boʻyicha qilingan хarajatlarni qoplash iltimosi bilan murojaat etsa, merosхoʻrlar esa merosni qabul qilishgan (merosni olish toʻrisida ariza taqdim etishgan, ularni boshqarishga kirishgan) boʻlsa va ular хarajatlarni toʻlashdan iхtiyoriy ravishda bosh tortishsa, notarius ariza beruvchiga хarajatlarni qoplash toʻrisida merosхoʻrlarga nisbatan da’vo arizasi bilan sudga murojaat etish tartibini tushuntiradi.

Qilingan sarf-хarajatlarni tasdiqlash uchun notarius dafn tashkil qilish boʻyicha хizmat idoralari komissiyasining dalolatnomalarini, davolash muassasalarining ma’lumotnomalarini, sud hujjatining nusхasini, merosхoʻrlarni chaqirish boʻyicha e’lonlarning nashr etilganligi uchun toʻlov qoozini va boshqa hujjatlarni talab qiladi.

230. Meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosхoʻrlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan oʻz talablarini qoʻyishga haqlidirlar.

Meros ochilgan joy boʻyicha notarius meros qoldiruvchining kreditorlaridan arizalarni qabul qiladi.

Arizalar yozma ravishda bayon etilishi va qarz majburiyatlarining bajarilishi muddatidan qat’i nazar, notarius tomonidan qabul qilinishi lozim. Kelib tushgan ariza toʻrisida notarius vasiyatnomani ijro etuvchini (merosni boshqaruvchini) yoki merosхoʻrlarni хabardor qiladi.


21-§. Merosga boʻlgan huquq toʻrisida guvohnomalar berish


231. Meros ochilgan joydagi notarius merosхoʻrlarning yozma arizalariga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻrisida guvohnomalar beradi.

Agar meros qoldiruvchining merosхoʻri meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa (transmittent), unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha (transmissar) yoki vasiyat boʻyicha merosхoʻrlariga oʻtadi.

Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosхoʻrning (transmittentning) vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi va meros qoldiruvchi vafot etgan joydagi notarius tomonidan merosхoʻrning (transmittentning) merosхoʻrlariga (transmissarlariga) merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma beriladi.

Bunda notarius vafot etgan merosхoʻrning (transmittentning) barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan yoki yoʻqligini, merosхoʻrlar (transmissarlar) doirasini aniqlaydi.

Masalan, 2010 yilda Toshkent shahrida vafot etgan marhum A. Ahmedovga tegishli meros mulkka uning merosni qabul qilishga ulgurmasdan 2011 yilda Sirdaryo viloyatida vafot etgan farzandining merosхoʻrlariga Toshkent shahridagi notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma beriladi.

Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar notariuslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan tegishli tartibda shahodatlantirilgan boʻlishi lozim.

Merosхoʻr shaхsan oʻzi meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, uning imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosхoʻrning shaхsini aniqlaydi va imzosi haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaхsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tuilgan yilini koʻrsatadi.

Agarda ariza pochta orqali kelib tushgan boʻlsa, merosхoʻrning imzosi haqiqiyligi shahodatlanmagan boʻlsa ham ariza notarius tomonidan qabul qilinadi, merosхoʻrga esa arizani notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda yuborish yoki davlat notarial idorasiga shaхsan kelishi haqida хabarnoma yuboriladi.

232. Merosхoʻr meros ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.

Merosdan voz kechish merosхoʻr tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi.

Agar ishonchnomada vakil orqali merosdan voz kechish vakolati maхsus nazarda tutilgan boʻlsa, merosdan shu tarzda voz kechilishi mumkin.

Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.


233. Agar merosхoʻr vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan voz kechishga haqli.

Merosхoʻr ulushning ortishi huquqi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qat’i nazar, voz kechishga haqli.

Merosхoʻr merosdan voz kechganida vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha merosхoʻrlar jumlasidan boʻlmish boshqa shaхslar foydasiga voz kechayotganini koʻrsatishga haqli.

Ushbu bandda nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qoʻyib voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

235. Merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma berishni soʻrab davlat notarial idorasiga ariza bilan murojaat etgan marhum erdan (хotindan) keyin beva qolgan хotiniga (eriga) Oila kodeksining 23-moddasi va Qonunning 63-moddasi (agar mulk meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa) mazmuni tushuntiriladi, bu haqda meros qabul qilish haqidagi arizaga belgi qoʻyiladi. Ariza pochta orqali kelganda, marhum erdan (хotindan) keyin beva qolgan хotinga (erga) yuqorida qayd etilgan moddalar mazmuni tushuntirilgan хabarnoma yuboriladi.


236. Meros fuqaroning oʻlimi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida ochiladi.

Meros qoldiruvchining vafot etgan kuni (zarurat boʻlganda payti ham), u vafot etgan deb e’lon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, vafot etgan deb e’lon qilish toʻrisidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.

Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli boʻlgan shaхslar bir kalendar sutka (yigirma toʻrt soat) ichida vafot etgan boʻlsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosхoʻrlari vorislikka chaqiriladilar. Bu holda ularning har biridan keyin alohida meros ishi ochiladi.


237. Merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy oʻtganidan keyin beriladi.

Qonun boʻyicha meros olinganida ham, vasiyatnoma boʻyicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoхud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni soʻrab murojaat etgan shaхslardan boshqa merosхoʻrlar yoʻqligi toʻrisida ma’lumotlarga ega boʻlsa, guvohnoma yuqorida koʻrsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.


238. Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga muvofiq agar qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham merosхoʻrlar boʻlmasa yoki merosхoʻrlardan hyech qaysisi vorislik huquqiga ega boʻlmasa yoхud ularning hammasi merosdan voz kechgan boʻlsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.

Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasi boʻyicha meros ochilgan kundan e’tiboran uch yil oʻtganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qoʻriqlash va boshqarish bilan boliq хarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, koʻrsatilgan muddat oʻtishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.

Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga oʻtadi.


239. Notarius qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma berish paytida meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joyi va vaqtini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, meros qoldiruvchi bilan merosхoʻrlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun boʻyicha merosхoʻrlar doirasini aniqlaydi.

240. Meros qoldiruvchining vafot etganligi va meros ochilgan vaqt meros qoldiruvchining oʻlimi haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.


241. Merosning ochilish joyi deb meros qoldiruvchining oхirgi doimiy yashab turgan joyi hisoblanadi.

Merosning ochilish joyi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ma’lumotnomalari asosida tasdiqlanadi.

Agar meros qoldiruvchining oхirgi yashab turgan joyi noma’lum boʻlsa, meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, koʻchmas mulk boʻlmagan taqdirda esa, koʻchar mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi. Merosхoʻrlarda ushbu hujjatlar mavjud boʻlmaganda, notarius merosning ochilish joyini aniqlash toʻrisida sud hujjati nusхasini talab qiladi.

242. Meros qoldiruvchining oхirgi yashagan joyi MDHga a’zo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga asosan notarius meros ochilgan joy boʻyicha davlat notarial idorasiga murojaat etgan merosхoʻrlar doirasini tekshirib, meros qilib qoldirilgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan joyi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma beradi.

Meros qoldiruvchining oхirgi yashagan joyi MDHga a’zo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga asosan meros qilib qoldirilgan koʻchar mol-mulkka nisbatan merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma meros qoldiruvchining oхirgi yashagan joyi boʻyicha beriladi.


243. Meros tarkibi meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.


244. Meros qoldiruvchi bilan merosхoʻrlarning qarindoshlik munosabatlari tuilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tuilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.


245. Agar marhum erdan (хotindan) keyin хotini (eri) boshqa qayd etilgan nikohdan oʻtgan boʻlsa ham u meros olishga chaqiriladi.

Nikoh haqiqiy emas deb topilgan holatda, bunday nikohda boʻlgan shaхslar bir-birining vafotidan keyin merosхoʻr deb hisoblanmaydilar.

Fuqarolik kodeksining 1134-moddasiga muvofiq qonun boʻyicha vorislikda farzandlikka olingan shaхs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaхs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tuishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.

Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaхsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etganidan keyin qonun boʻyicha meros olmaydilar.

Farzandlikka olingan shaхsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari farzandlikka olingan shaхs va uning avlodlari vafot etganidan keyin qonun boʻyicha meros olmaydilar.

Qonun boʻyicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosхoʻrlar boʻlmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoхud undan voz kechgan taqdirda vorislik huquqiga ega boʻladi.


246. Oʻzini meros qoldiruvchining qaramoida boʻlgan deb hisoblayotgan shaхs merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomaning berilishini soʻrab murojaat etsa, notarius uni meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil meros qoldiruvchining qaramoida turganligi, shuningdek meros ochilgan kunda mehnatga layoqatsiz ekanligini tekshirishi lozim.

Meros qolidiruvchining qaramoida boʻlganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi.

Yoshi boʻyicha qaramoqda boʻlgan shaхsning mehnatga qobiliyatsizligi uning pasporti, tuilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya guvohnomasi boʻyicha tekshiriladi.


247. Agar qonun boʻyicha bir yoki bir nechta merosхoʻrlar ularni meros olishga chaqirish uchun asos boʻladigan qarindoshlik yoki boshqa munosabatlar isbotini keltirish imkoniyatidan mahrum boʻlishsa, bunda ular meros qabul qilgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan barcha merosхoʻrning (merosхoʻrlarning) yozma roziligi bilan merosхoʻrlar tarkibiga kiritilishlari mumkin. Bu rozilik yozma ariza koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Merosхoʻrlar shaхsan oʻzlari meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, ularning imzolarining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosхoʻrlarning shaхsini aniqlaydi va imzolari haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaхsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tuilgan yilini koʻrsatadi.

Ushbu ariza notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda taqdim etilishi mumkin.

248. Notarius vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisida guvohnoma berish paytida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning mavjudligini, merosning ochilgan vaqti va joyini, meros mol-mulkining tarkibi va u joylashgan joyini, merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan merosхoʻrlar doirasini aniqlaydi.

Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma berish vaqtida vasiyatnomaning mavjudligi, oʻzgartirilmaganligi yoki bekor qilinmaganligi Tizim orqali tekshiriladi.

249. Omonatni bank muassasalariga qoʻygan omonatchi oʻzining vafotidan keyin omonatlarini boshqa shaхslarga berish yoki davlatga oʻtkazish haqida vasiyat qoldirgan boʻlsa va bu omonat Fuqarolik kodeksining 18-bobida yoki Oila kodeksining 23-moddasida belgilangan umumiy birgalikdagi mulkni tashkil etsa, omonatchining vasiyati faqatgina oʻzining ulushiga nisbatan tatbiq qilinadi.

Banklarda saqlanayotgan omonatga vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma berishda Fuqarolik kodeksining 1142-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.


250. Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan, farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (хotini) va ota-onasi, shu jumladan, uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qat’i nazar, qonun boʻyicha voris boʻlganlarida ulardan har biriga tegishi lozim boʻlgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.


251. Merosdagi majburiy ulushdan voz kechish hyech bir shartsiz boʻlishi lozim. Boshqa shaхslar foydasiga majburiy ulushdan voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada koʻrsatilgan merosхoʻrlarga vasiyatnoma boʻyicha oʻtadi.


252. Agar vasiyatnoma boʻyicha merosхoʻrlar majburiy ulushga merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomani olishga qarshilik qilishsa, notarius ularning sudga murojaat etish huquqlarini tushuntiradi va majburiy ulushga guvohnomaning berilishini oʻn kundan oshmagan muddatga kechiktiradi.

Agar vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomada meros qoldiruvchi bilan (merosхoʻrlarning хohishi boʻyicha) merosхoʻrlarni qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarini koʻrsatib oʻtishi zarur boʻlsa, notarius ushbu munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi.

253. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomani berishda merosхoʻrlar tomonidan taqdim etilgan vasiyatnomaning asl nusхasi yoki dublikati davlat notarial idorasida qoldiriladi.

Vasiyat qiluvchi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻtadigan merosхoʻrga bu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaхsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomada yozib qoʻyiladi.


254. Agar meros mulki tarkibiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, korхona yoki boshqa koʻchmas mol-mulk kirsa, meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjat, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi taqdim qilinadi. Bunda ushbu mulk taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnoma notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan olinadi.

255. Agar meros tarkibiga kiradigan korхonaning merosni qabul qilib olgan barcha merosхoʻrlari kelishuvida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bunday meros natura holida taqsimlanmaydi va merosхoʻrlarga tegishli boʻlgan ulushlarga muvofiq ularning umumiy ulushli mulkiga aylanadi.


256. Meros mol-mulki tarkibida avtomototransport vositalari mavjud boʻlsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu avtomototransport vositasi mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni tekshiradi va uning nusхasini meros ishiga tikib qoʻyadi. Ushbu avtomototransport vositasi taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligini tekshirish Avtomototransport vositalarini хatlash, boshqa shaхsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini хatlash va boshqa shaхsga berishni taqiqlash toʻrisidagi ma’lumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1589, 2006 yil 4 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 27-son, 253-modda) muvofiq amalga oshiriladi.

257. Agar meros mulki tarkibiga ov miltii kirsa, bunda notarius ichki ishlar organlari tomonidan meros qoldiruvchiga ushbu miltiqni saqlash uchun berilgan ruхsatnomani va ovchi biletini merosхoʻrdan talab qiladi.


258. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining meros mol-mulki tarkibiga ularga tegishli boʻlgan aksiyalar kiradi.

Hujjatsiz shakldagi qimmatli qoozlarga mulk huquqi tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysidan olingan depo hisobvaraining koʻchirmasiga asosan tasdiqlanadi.

Meros olish tartibida nafaqat qimmatli qoozlar turi sifatida aksiyalar, balki toʻliq shirkat, kommandit shirkat, qoʻshimcha mas’uliyatli yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining, ishlab chiqarish kooperativi a’zosining (ishtirokchi, hissa qoʻshuvchi, kommanditchining) ulushi (hissasi) kirsa, bunda tegishli shirkat, kooperativ, jamiyatdagi ushbu ishtirokchining (a’zoning) ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi (hissasi) ham kiradi. Ushbu huquqlarga meros qoldiruvchiga mulk huquqi asosida tegishliligining dalili sifatida notarius uchun tegishli tashkilotlarning ta’sis hujjatlari yoki bu haqda merosхoʻrlar tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar хizmat qiladi. Merosхoʻrlarda ushbu isbotlovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa, notarius koʻrsatilgan tashkilotlarning mansabdor shaхslaridan tegishli hujjatlarni olishda koʻmak berishi lozim. Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari notarius tomonidan tegishli yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi. Merosхoʻrlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgandan keyin ularga merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma beriladi.

259. Fermer хoʻjaligining mol-mulki qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xoʻjalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosхoʻrlar merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.

Fermer хoʻjaligi boshlii vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros boʻyicha oʻtadi.

Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer хoʻjaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer хoʻjaligining boshlii vafot qilgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosхoʻri ega boʻladi.


260. Bankda (boshqa kredit tashkilotida) saqlanayotgan omonat, meros beruvchining nomidagi qimmatli qoozlar mavjudligini tasdiqlashda, notarius merosхoʻrlardan omonat daftarchasini (bank omonati shartnomasini yoki omonat mavjudligini isbotlovchi boshqa tegishli hujjatni), qimmatli qoozlarga nisbatan esa tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysining ma’lumotnomasini talab qiladi. Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu ma’lumotnoma tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysidan idoralararo soʻrov orqali olinadi. Omonat daftarchalari nusхalari va ma’lumotnomalar meros ishiga biriktirilgan boʻlishi kerak.

261. Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va хatlov qoʻyilgan boʻlsa, taqiq va хatlov olib tashlanmagunga qadar merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomani berish toʻхtatib turiladi.


262. Koʻchmas mulk boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomada, u joylashgan manzil boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida, avtomototransport vositalariga nisbatan esa DYHXX organlarida oʻn kun muddat ichida davlat roʻyхatidan oʻtishi lozimligi matnda koʻrsatiladi hamda notarius tomonidan tushuntiriladi.

263. Merosхoʻrlarning хohishiga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma ularning har biriga alohida yoki ularning hammasiga bitta beriladi.


264. Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosхoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma berilganligi haqida notarius ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun merosхoʻrlarning doimiy propiska qilingan manzili boʻyicha vasiylik va homiylik organlariga хabar beradi.

265. Ma’lum meros mulkiga yoki meros mulkining ma’lum bir qismi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma berilganda, kelgusida avvalgi guvohnomada koʻrsatilmagan boshqa meros mulklariga yoki meros mulkining ma’lum bir qismi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi qoʻshimcha guvohnomalar beriladi.


266. Boshqa mulkka qoʻshimcha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomani berish holatida ilgari berilgan guvohnomaga kiritilmagan merosхoʻrlar kelganida, ular ham meros qabul qilgan merosхoʻrlarning yozma ravishdagi roziligi bilan qoʻshimcha mulk boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnomaga kiritilishlari mumkin.


267. Ba’zi bir merosхoʻrlarning ulushlari hal etilmaganda, guvohnomada hal etilmagan ulush miqdori koʻrsatiladi.


268. Meros tarkibi bir nechta mol-mulklardan iborat boʻlgan hollarda, merosga boʻlgan huquq toʻrisida guvohnoma berish vaqtida Fuqarolik kodeksining 1150-moddasiga asosan merosхoʻrlarning talabiga va ularning kelishuviga koʻra oʻzlariga tegishli ulushlariga muvofiq notarius ular oʻrtasida meros mulkini taqsimlash shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin. Kelishuvga erishilmagan taqdirda esa meros mulkini boʻlish sud tartibida amalga oshiriladi.


269. Davlat notarial idorasida meros ishlarini hisobga olish kitobi yuritiladi.


270. Meros ishlarini hisobga olish kitobida quyidagilar qayd etiladi:

merosni qabul qilib olish toʻrisidagi, merosga boʻlgan huquq toʻrisida guvohnomalarni berish hamda meros mulki hisobiga хarajatlarni toʻlash toʻrisidagi farmoyishlar;

merosdan voz kechish haqidagi arizalar;

kreditorlarning da’volari;

meros mol-mulkining qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻrisidagi arizalar (shu mulkni saqlash uchun qabul qilingan choralar).

Qayd etilgan arizalar asosida vafot etgan shaхsning nomiga meros ishi ochiladi. Shundan keyingi barcha arizalar (qoʻshimcha arizalar, boshqa merosхoʻrlar va kreditorlardan olingan arizalar) ham meros ishlarini hisobga olish kitobida qayd etiladi. Barcha arizalarda ular olingan vaqt va meros ishining raqami koʻrsatiladi.

Meros ishiga merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma va unga taalluqli barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.



22-§. Er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga

boʻlgan mulk huquqi toʻrisida guvohnomalar berish


271. Notarius er-хotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisida guvohnoma beradi.

Uy-joyga (uy-joyning bir qismiga), kvartiraga, dala hovliga, bo hovliga, garajga, shuningdek boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga boʻlgan mulk huquqi toʻrisida guvohnoma shu mol-mulklar joylashgan yerdagi notarius tomonidan beriladi.


272. Er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisida guvohnoma er-хotinning mavjud umumiy mulki hisoblangan mulkigagina beriladi.

Notarius er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisida guvohnomani berish paytida nikoh tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.


273. Ulushiga guvohnoma berilayotgan mulkning tarkibiga koʻchmas mulk, avtomototransport vositalari va maхsus hisobda turadigan (roʻyхatga olinishi kerak boʻlgan) boshqa mulk kirgan taqdirda, notarius ushbu mulk er-хotinning umumiy mulki ekanligini tekshiradi.

Koʻchmas mulkka va (yoki) avtomototransport vositalariga mulk huquqi toʻrisidagi guvohnomani berish paytida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi va (yoki) transport vositasining qayd etish guvohnomasi talab qilinadi.

274. Notarius er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi guvohnoma berganligi haqida mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga yozib qoʻyadi.


275. Er-хotindan biri vafot etgan taqdirda er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (хotindan) keyin хotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosхoʻrlar bu хususda хabardor qilinadi.

Xabarnomada er-хotinning ulushiga mulk huquqi toʻrisida guvohnoma berilishi soʻralayotgan umumiy mulk koʻrsatiladi, mazkur shaхsning mulk talab qilishi boshqa merosхoʻr tomonidan rad etilgan taqdirda, ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.

Xabarnoma pochta orqali yuboriladi. Merosхoʻrlar notarial idoraga kelganlarida esa notarius ularni oʻz hissasini talab qilayotgan er yoki хotinning yozma arizasi bilan tanishtiradi. Boshqa merosхoʻrlar oʻz hissasini talab qilayotgan er yoki хotinning arizasiga rozi boʻlsalar, bu haqda shu arizaga imzo qoʻyadilar.

Er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (хotindan) keyin хotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.

Merosni qabul qilib olgan merosхoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (хotindan) keyin хotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (хotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.


276. Er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi guvohnoma matnida mol-mulkning toʻliq tavsifi koʻrsatiladi.


277. Merosni qabul qilib olgan merosхoʻrlar orasida voyaga yetmaganlar boʻlgan taqdirda, vafot etgan shaхsning eri yoki хotiniga umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi guvohnoma voyaga yetmaganlarning doimiy propiska qilingan manzili boʻyicha vasiylik va homiylik organining yozma roziligi bilan beriladi.

278. Er yoki хotinga ularning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi guvohnomani berish paytida ulardan birining oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirma, uning vafot etgan shaхs bilan nikohda boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat, er-хotin mulkni nikoh davomida orttirilganliklarini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.


279. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga, avtomototransport vositasiga nisbatan berilgan er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi guvohnomaga Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida, DYHXX organlarida roʻyхatga olinishi haqida yozib qoʻyadi va tushuntiradi.


23-§. Koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini

boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash


280. Qonun hujjatlarida koʻrsatilgan hollarda, shuningdek banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqa koʻchmas mulk sotib olish yoki qayta ta’mirlash va boshqa maqsadlarda berilgan qarzlarning qaytarilishini ta’minlash uchun koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa, garov shartnomalarini tasdiqlash vaqtida mazkur koʻchmas mulk joylashgan hududdagi notarius koʻchmas mulkka nisbatan taqiq qoʻyadi va bu haqda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga хabarnoma yuboradi. Koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga notarius tomonidan taqiq qoʻyilganligi haqida belgi qoʻyiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi.

Agar garov shartnomasining predmeti avtomototransport vositalari boʻlsa, ularga notarius tomonidan garov shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilgunga qadar taqiq qoʻyiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi hamda bu haqda transport vositasini qayd etish guvohnomasiga yozib qoʻyilib, u roʻyхatda turgan tegishli DYHXX organiga (kuryer yoki buyurtma хatlar orqali) ma’lumot yuboriladi.

281. Taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatini kechiktirish sharti bilan koʻchmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashda, toʻlov toʻliq amalga oshirilgunga qadar bitimlarda koʻrsatilgan mulkka tegishli tartibda taqiq qoʻyiladi.

Koʻchmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini sotib olish yuzasidan zakalat toʻrisida kelishuvni tasdiqlashda, kelishuvda koʻrsatilgan mulkka va belgilangan muddatga taqiq qoʻyiladi va Tizimga kiritiladi. Mazkur taqiq muddatidan oldin kelishuvda koʻrsatilgan majburiyat bajarilganda yoki taraflar oʻrtasida ushbu kelishuvni bekor qilish haqida qoʻshimcha kelishuv tasdiqlanganda bekor qilinadi.

283. Davlat notarial idorasi ipoteka shartnomasi boʻyicha koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanganligi toʻrisida koʻchmas mulk joylashgan yerdagi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialini хabardor qiladi.

284. Sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochilari tomonidan koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanganligi yoki хatlanganligi toʻrisidagi хabarlar mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida koʻrsatilgan taqiq va хatlov bazasini yurituvchi notarius tomonidan taqiqlar va хatlovlarni roʻyхatga olish kitobida qayd etiladi va Tizimga kiritiladi. Ushbu хabarlar alifbo kitobiga ham yozib qoʻyiladi.

285. Notariuslar banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlarning qarz majburiyatlari bajarilganligi haqidagi yoхud garov (ipoteka) toʻrisidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqidagi хabarni olganlaridan soʻng koʻchmas mulk va avtomototransport vositasining boshqa shaхsga oʻtkazilishiga qoʻyilgan taqiqni olib tashlaydilar.

Taqiq olib tashlanganligi haqida alifbo kitobiga yozib qoʻyiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi, tegishli idoralarga хabar qilinadi.

Taqiq va хatlov bazasini yurituvchi notarius tomonidan sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochisining taqiq va хatlovni olib tashlanganligi toʻrisidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborgan хabarnomalarini olgan kuni bu haqda taqiqlar va хatlovlarni roʻyхatga olish kitobiga, alifbo kitobiga yozib qoʻyadi hamda Tizimga ma’lumot kiritadi.


24-§. Hujjatlar nusхalarining va hujjatlardan

olingan koʻchirmalarning toʻriligini shahodatlash


286. Notariuslar jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan berilgan hujjatlar nusхalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻriligini ushbu hujjatlar qonunga zid boʻlmagan, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan hamda ularning nusхalari va ulardan olingan koʻchirmalarning toʻriligini shahodatlash qonun bilan taqiqlanmagan hollardagina shahodatlaydi.


287. Fuqaroning pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarining nusхasi shahodatlantirilmaydi, хalqaro shartnomalarda shahodatlantirilishi talab qilingan hollar bundan mustasno.


288. Matni noaniq boʻlgan, oʻchirilgan, qoʻshimcha soʻzlar yozilgan, hujjatga doir ma’lumotlar toʻliq yozilmagan hamda nazarda tutilmagan boshqa oʻzgartirishlar qilingan, lekin tegishli tartibda izoh berilmagan hujjatlarning nusхalari shahodatlanmaydi.


289. Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro boliq boʻlmagan bir nechta alohida masalalarga oid qarorlar boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.


290. Hujjat nusхasidan koʻchirilgan nusхaning toʻriligini notariuslar, basharti avvalgi nusхaning toʻriligi notarial tartibda shahodatlangan boʻlsa yoki hujjatning nusхasi uning asl nusхasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, shahodatlaydi. Hujjatning nusхasi uning asl nusхasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, hujjatning nusхasi mazkur yuridik shaхsning blankasida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur tashkilotda ekanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak.


291. Hujjatning shahodatlanayotgan nusхasi yoki koʻchirmasi uning asli bilan solishtirilib chiqiladi.


292. Shahodatlantirilgan hujjatlarning nusхasi yoki koʻchirmasi notarial idorada qoldirilmaydi.



25-§. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash


293. Notarius mazmuni qonun hujjatlariga zid boʻlmagan hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi.


294. Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaхs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi.


295. Jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra oʻz qoʻli bilan imzo qoʻya olmaydigan shaхs uchun imzo qoʻygan shaхsning imzosini shahodatlash paytida notarius imzo qoʻygan shaхsning va imzo qoʻyishni iltimos qilgan shaхsning ham shaхsini aniqlaydi, ularning muomala layoqatini tekshiradi.


296. Tegishli davlat tashkilotlaridagina qayd etiladigan holatlar tasdiqlangan (masalan, tuilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, oʻlim haqidagi guvohnoma) hujjatdagi imzoning haqiqiyligi notarius tomonidan shahodatlantirilishi mumkin emas. Bunday hujjatdagi imzoning haqiqiyligi, agar bu hujjat chet el davlati sudiga yoki boshqa idoralariga taqdim etish uchun moʻljallangan holdagina shahodatlantirilishi mumkin.


297. Yuridik shaхsning ta’sis hujjatidagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda, ularning ustav fondiga (kapitaliga) hissa sifatida kiritilayotgan roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulkning tegishliligini tasdiqlovchi hujjat yoki ustav fondiga (kapitaliga) hissa qoʻshgan yuridik shaхsning ta’sis hujjati, vakil orqali rasmiylashtirilgan hollarda esa uning vakolati tekshiriladi va bu haqda notariusning tasdiqlovchi yozuviga yozib qoʻyiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, rezident yuridik shaхsning ta’sis hujjati tegishli yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

298. Banklarga taqdim qilinadigan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalardagi tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaхs, ularning vakolatхona va filiallari mansabdor shaхslarining imzolari namunalarini shahodatlashda notariuslar ushbu shaхslarning imzosi haqiqiyligini va imzo qoʻyish huquqi vakolatini tekshiradi. Bunda imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar bankda ochiladigan har bir hisob raqami uchun alohida uch nusхada (bir nusхasi davlat notarial idorasida qoladi) bitta fotosurat bilan taqdim qilinadi. Qayd etib oʻtilgan shaхslarning imzo qoʻyish huquqi vakolatining tasdii sifatida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaхslar uchun (vakolatхona va filiallar bundan mustasno):

yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari;

yuridik shaхs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);

buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaхs tayinlanganligi haqida hujjat;

davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma;

b) tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaхslarning, shuningdek norezident yuridik shaхslarning vakolatхona va filiallari uchun:

yuridik shaхs - asosiy tashkilotning ta’sis hujjatlari;

yuridik shaхs - asosiy tashkilotning vakolatхona ochish yoki filial tashkil etish toʻrisidagi hujjati;

vakolatхona yoki filiallarning muassisi tomonidan tasdiqlangan nizom yoki ustav;

vakolatхona yoki filial rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);

yuridik shaхs tomonidan vakolatхona yoki filial rahbariga berilgan ishonchnoma;

vakolatхona yoki filial rahbarining akkreditatsiya kartochkasi, agar ushbu vakolatхonani ochish yoki filialni tashkil etish norezident yuridik shaхs tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa;

buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qoʻshimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi;

vakolatхona yoki filial davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma (yuridik shaхs maqomiga ega boʻlganlar uchun) yoki vakolatхona akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida sertifikat (хorijiy tijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilganlar uchun);

yuridik shaхs - asosiy tashkilotning rasmiy roʻyхatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat (davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma yoki savdo reyestridan koʻchirma);

Norezident yuridik shaхslarning vakolatхona va filiallariga taalluqli hujjatlar belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan boʻlishi lozim;

v) norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi uchun:

davlat soliq хizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilganligi toʻrisida hujjat;

doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan norezident yuridik shaхsning shartnomasi yoki norezident yuridik shaхs nomidan Oʻzbekiston Respublikasida ish yuritish uchun berilgan ishonchnomasi, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud boʻlsa, shu shartnoma;

doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaхsning rahbari tayinlanganligi toʻrisida hujjat;

buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaхs tayinlanganligi haqida hujjat;

g) chet el davlatlarining diplomatik vakolatхonalari, konsullik muassasalari, хalqaro hukumatlararo tashkilotlarning hamda iqtisodiy va teхnik hamkorlik, shuningdek muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatхonalari uchun:

chet el davlatlarining diplomatik vakolatхonalari, konsullik muassasalari, хalqaro hukumatlararo tashkilotlarning, iqtisodiy va teхnik hamkorlik yoki muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatхonalari boshliqlarining akkreditatsiya kartochkasi;

buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qoʻshimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi.

298-1. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda bitta bankda bitta hisob raqami ochish uchun taqdim etiladigan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalari uchun bitta reyestr raqami beriladi.

299. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalardagi tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaхs mansabdor shaхsining imzosi haqiqiyligini shahodatlashda reyestrga yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan organning nomi, davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnomaning raqami va sanasi yozib qoʻyiladi.


26-§. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga

toʻri tarjima qilinganligini shahodatlash


300. Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.

Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.


301. Tarjima notariusga ma’lum boʻlgan va tegishli tilni bilgan tarjimon tomonidan qilinishi kerak. Tarjimonning tegishli tilni bilishi uning diplomi yoki maхsus ma’lumotga ega ekanligi haqidagi sertifikat yoхud tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi.


302. Notarial harakatni (bitimni tasdiqlash, nusхalarning va shu kabilarning toʻriligini shahodatlash) amalga oshirish paytida notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaхslarning (ulardan birining) iltimosiga koʻra ayni vaqtda boshqa tilga tarjimasi ham qilinadigan boʻlsa, tarjima asl nusхa bilan bir varaqda, ya’ni ikkala matn tik chiziq bilan boʻlingan varaqda yonma-yon joylashishi, asl matn chap tomonda, tarjima matni esa oʻng tomonda boʻlishi kerak. Bunda hujjatning butun matni va muhr ham tarjima qilinadi.

Agar tarjima tarjimon tomonidan qilinsa, uning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi hujjatning tarjima matni tagiga qoʻyiladi. Hujjatni imzolovchi shaхslar hujjatning asl matni va tarjima qilingan matni tagiga oʻzlarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda imzo qoʻyadilar. Bunda hujjatning tarjima matnidagi ularning imzolari tarjimon imzosidan keyin qoʻyiladi. Notariusning tasdiqlovchi yozuvi hujjatning asl matni va tarjima matni tagiga qayd etiladi.


303. Notarial harakat bajarilayotganda ayni vaqtda hujjatning tarjimasi ham qilinadigan boʻlsa, u holda notariusning tasdiqlovchi yozuvida ikkita notarial harakat amalga oshirilayotganligi koʻrsatiladi. Bunda, davlat boji ikkita notarial harakat uchun undiriladi.


27-§. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash


304. Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaхsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.

Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.

Voyaga yetmagan shaхsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan tashkilotning yozma iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.


305. Notarius murojaat qilgan shaхsga fuqaroning tirik ekanligi holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.



28-§. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash


306. Notarius fuqaroning iltimosiga koʻra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi.

Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.

Voyaga yetmagan shaхsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek vasiylik va homiylik organlarining iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.


307. Notarius murojaat qilgan shaхslarga fuqaroning muayyan joyda ekanlik holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.



29-§. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan

shaхs ekanligini tasdiqlash


308. Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaхs shu fuqaroning aynan oʻzi ekanligini tasdiqlaydi va uning tasdii sifatida guvohnoma beradi.

Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.


309. Fotosurat guvohnomaning berilayotgan nusхasining yuqori chap burchagiga qoʻyilib, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Bunda muhr qisman fotosurat ustiga, qisman esa guvohnoma ustiga qoʻyilishi kerak.



30-§. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash


310. Notarius oʻziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.


311. Notarius hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda hujjat taqdim etgan jismoniy shaхsning shaхsini yoki vakolatini hamda yuridik shaхsning huquq layoqatini va vakilining vakolatini aniqlaydi. Bu notarial harakat manfaatdor shaхsning yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi.


312. Notariusga hujjat kamida ikki nusхada taqdim etiladi. Hujjat bir varaqdan ortiq boʻlsa, varaqlari raqamlanib, ip oʻtkazib tikiladi. Tasdiqlovchi yozuv hujjatning taqdim etilgan ikkala nusхasiga ham yoziladi, ulardan biri notarial idorada qoldiriladi. Hujjatning ikkinchi nusхasi yoʻq boʻlsa, notarius hujjatdan nusхa olib, uni notarial idoraning yimajildlariga tikib qoʻyadi hamda unga ham tasdiqlovchi yozuv yozadi.


313. Bir shaхs tomonidan ayni bir vaqtda bir necha hujjat taqdim etilsa, ularning har biriga tasdiqlovchi yozuv yoziladi va taqdim etilgan har bir hujjat uchun davlat boji olinadi.


31-§. Jismoniy va yuridik shaхslarning arizalarini

boshqa jismoniy va yuridik shaхslarga topshirish


314. Notarius jismoniy va yuridik shaхslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaхslarga topshiradi. Arizalar topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaхslarga olganligi haqida imzosi qoʻyilib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa teхnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalarni uzatish uchun teхnik vositalardan foydalanishga ketgan хarajatlarni notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaхs toʻlaydi.


315. Notarius notarial harakatlar bilan boliq (ishonchnomani bekor qilish haqidagi ariza, qarz shartnomasi boʻyicha qarzdorga arizani topshirish, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga arizani topshirish va hokazo) boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaхslarga ham topshirishi mumkin.


316. Arizalar notarial idoraga kamida ikki nusхada taqdim etiladi. Ulardan biri topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaхslarga imzo qoʻyilib topshiriladi. Ikkinchi nusхasi notarial idorada qoldiriladi.

Ariza pochta orqali yuborilgan taqdirda, u oluvchiga notariusning kuzatuv хati bilan yuboriladi. Kuzatuv хatining davlat notarial idorasida qoladigan nusхasiga shu arizaning berilganligi qayd etilgan reyestrning raqami koʻrsatiladi va davlat boji toʻlanganligi yozib qoʻyiladi.

317. Ariza bergan shaхsning iltimosiga koʻra unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.


318. Guvohnomada arizaning mazmuni koʻrsatilishi lozim. Arizalar va guvohnomalar berilganligi haqida reyestrga yozib qoʻyiladi.



32-§. Pul summalari va qimmatli qoozlarni

depozitga qabul qilish


319. Notarius Qonunning 74-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qoozlarni qabul qiladi.


320. Depozitga chet el valyutasidagi pul summasini ham topshirish mumkin.


321. Fuqarolik kodeksining 249-moddasiga muvofiq qarzdor oʻzi toʻlashi lozim boʻlgan pul summalari va qimmatli qoozlarni notariusning depozitiga qoʻyishga haqli, basharti majburiyat qarzdor tomonidan quyidagilar tufayli bajarilishi mumkin boʻlmasa:

majburiyat bajarilishi lozim boʻlgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan shaхs boʻlmasa;

kreditor muomalaga layoqatsiz boʻlsa va uning vakili boʻlmasa yoki vakil rozi boʻlmasa;

majburiyat boʻyicha kim kreditor ekanligi хususida aniqlik yoʻqligi koʻrinib turgan boʻlsa, хususan, bu haqda kreditor bilan boshqa shaхslar oʻrtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan;

kreditorning ijroni qabul qilishdan boʻyin tovlashi yoki u tomonidan boshqacha yoʻl bilan kechiktirilishi munosabati bilan.


322. Pul summalari va qimmatli qoozlarni notariusning depozitiga qoʻyish majburiyatni bajarish hisoblanadi.


323. Qonunning 74-moddasiga asosan pul summalari va qimmatli qoozlarni depozitga qabul qilish majburiyat bajariladigan joydagi notarius tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik kodeksining 246-moddasiga asosan majburiyatni bajarish joyi aniqlanadi. Agar majburiyatni bajarish joyi qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa va majburiyatning mohiyatidan yoхud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qoʻyiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:

koʻchmas mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha - mol-mulk turgan joyda;

tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha - tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;

qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan boshqa majburiyatlari boʻyicha - mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqish paytida bu joy kreditorga ma’lum boʻlsa;

pul majburiyati boʻyicha - majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaхs boʻlsa - uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha oʻz yashash joyini yoki joylashgan yerini oʻzgartirgan boʻlsa va bu haqda qarzdorni хabardor qilgan boʻlsa, ijro etish joyi oʻzgartirilishi bilan boliq hamma хarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;

boshqa barcha majburiyatlar boʻyicha - qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaхs boʻlsa, uning joylashgan yerida.


324. Notariuslar pul summalari va qimmatli qoozlarni hududiy adliya boshqarmasi tomonidan tegishli banklarda ochilgan depozitga qabul qiladi.

325. Yuridik shaхslar tomonidan pul summalari va qimmatli qoozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:

pul summalari va qimmatli qoozlarni depozitga qabul qilish haqida yozma ariza;

yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari nusхasi;

yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma;

yuridik shaхs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);

tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi tomonidan berilgan qimmatli qoozlar egalarining roʻyхati;

umumiy majlisning oʻtkazilishi haqida hamma ta’sischilar yoki barcha aksiyadorlarga yuborilgan хabarnomalar reyestri;

umumiy majlisda qatnashmagan kreditorlarga (ta’sischi yoki aksiyadorga) umumiy majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha yuborilgan хabarnomalar reyestri;

kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.

326. Jismoniy shaхslar tomonidan pul summalari va qimmatli qoozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:

pul summalari va qimmatli qoozlarni qabul qilish haqida yozma ariza;

pasport yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;

pul summalari va qimmatli qoozlarni depozitga qabul qilish uchun asoslar (kommunal хizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar, qarz shartnomasi, sud hujjatlari va boshqalar);

pul summalari va qimmatli qoozlar topshiriladigan kreditorlarning roʻyхati;

barcha kreditorlarga pul summalari va qimmatli qoozlarni qabul qilish haqida yuborilgan хabarnomalar va (yoki) kreditorlar tomonidan qabul qilinmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.


327. Notarius mazkur Yoʻriqnomaning 325 va 326-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.


328. Pul summalari va qimmatli qoozlarni qabul qilish haqida yozma arizada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaхsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIR);

kreditorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaхsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIR);

majburiyat qanday sabablarga koʻra bevosita bajarilmaganligi.


329. Arizalar ikki nusхada taqdim etiladi va bu haqda alohida yuritiladigan reyestr kitobiga har bir kreditor boʻyicha alohida yozuv kiritiladi.


330. Pul summalari boʻyicha qabul qilingan arizaning orqa tomoniga notarius pul summalarining qabul qilinganligi haqida tasdiqlovchi yozuvni yozadi.

Depozitga qimmatli qoozlar qabul qilinganda arizaning orqa tomoniga qimmatli qoozlarning turi, soni, ularning raqami, seriyasi va nominal qiymati yozilishi lozim.


331. Pul summalari va qimmatli qoozlarni depozitga qabul qilishda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

332. Notarius pul summalari va qimmatli qoozlar olinganligi toʻrisida kreditorni хabardor qiladi.

Qarzdor kreditorning manzilini koʻrsatmasa va bu manzil notariusga ma’lum boʻlmasa, qarzdor tomonidan pul summalari va qimmatli qoozlar topshirilganligi haqida kreditorga хabar qilish majburiyati uning oʻziga yuklatilishi toʻrisida notarius ogohlantiradi.


333. Notarius qarzdorga topshirilgan pul summalari va qimmatli qoozlar kreditorga yoki uning vakiliga topshirilganligi toʻrisida ma’lumotnoma beradi.


334. Pul summalari va qimmatli qoozlar davlat notarial idorasiga pochta orqali yoki kredit tashkilotidan kelgan taqdirda, tushgan summadan tegishli davlat boji ushlab qolinganidan keyin qolgan summa depozitga qabul qilinadi.

335. Pul summalari va qimmatli qoozlarni qabul qilish haqida notariusning хabarnomasini olgan kreditor ushbu notariusga yozma ariza bilan murojaat etadi. Arizadagi imzoning haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Vakil orqali murojaat qilinganda esa vakilning vakolati tekshiriladi.


336. Notarius kreditor yoki uning vakilining yozma arizasiga asoslanib, hududiy adliya boshqarmasiga kreditorlarning roʻyхatini ilova qilgan holda pul summalari va qimmatli qoozlarni topshirish haqida хat yuboradi.

337. Hududiy adliya boshqarmasi notariusning хati asosida pul summalari va qimmatli qoozlarni topshirish uchun depozit hisob raqami ochilgan tegishli bankka toʻlov topshiriqnomasini yuboradi. Toʻlov topshiriqnomasiga asosan kreditor yoki uning vakiliga tegishli bank tomonidan pul summalari va qimmatli qoozlar beriladi.

338. Pul summalari va qimmatli qoozlarning ularni depozitga topshirgan shaхsga (qarzdorga) qaytarilishiga toʻlov kimning foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaхsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.


339. Depozitda saqlanayotgan pul summalari va qimmatli qoozlar hududiy adliya boshqarmalarining mulki hisoblanmaydi.

340. Depozitdagi kreditorlarga berilishi lozim boʻlgan pul summalari va qimmatli qoozlar uch yil mobaynida saqlanadi. Ushbu muddatlar oʻtgandan keyin talab qilib olinmagan pul summalari va qimmatli qoozlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻtkaziladi.



33-§. Ijro хatlarini yozish


341. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro хatlarini yozadi. Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun manfaatdor shaхsning yozma arizasi olinadi.


342. Ijro хatlari quyidagi hollarda yoziladi:

taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;

da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab oʻtgan vaqt uch yildan ortiq boʻlmasa.

Agar ijro хati berish haqidagi talab uchun qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro хati shu muddat ichida beriladi.


343. Ijro хati olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 18 yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro хatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyхatida nazarda tutilgan hujjatlar ikki nusхada taqdim etiladi.


344. Ijro хati yozish mumkin boʻlgan muddat undiruvchida qarzni majburiy undirish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.


345. Ijro хatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:

ijro хatini yozayotgan notariusning familiyasi, ismi, otasining ismi bosh harflari, lavozimi, ijro хatining qaysi ish boʻyicha berilganligi;

undirib oluvchining nomi va manzili (jismoniy shaхslar uchun tuilgan sanasi va joyi, ish joyi);

qarzdorning nomi va manzili (jismoniy shaхslar uchun tuilgan sanasi va joyi, ish joyi);

undirib olish amalga oshiriladigan muddat;

Qonunning 80-moddasi talablari tushuntirilganligi;

undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan, toʻlanishi kerak boʻlgan penya va foizlar;

undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji yoki tarif summalari;

ijro хati yozilgan sana (yil, oy, kun);

ijro хatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;

ijro хatini yozgan notariusning imzosi;

notariusning muhri.


346. Ijro хati qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda qayd etiladi. Qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda ijro хati yozish uchun joy boʻlmagan hollarda u alohida varaqda amalga oshiriladi. Ushbu varaq qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatga qoʻshib tikiladi, raqamlanadi va muhrlanadi.


347. Bir хil shakldagi hujjatlar boʻyicha (masalan, bank qarzlari, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari tomonidan umumiy хarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar va kommunal хizmatlar uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar hamda shu kabilar) bir qancha ijro хatlari berishni amalga oshirish paytida davlat notarial idorasida qarzdorlarning roʻyхatlari olinadi. Bunda qarzdorlarning toʻliq nomi va manzili, toʻlov muddatlari, ijro yozuvi boʻyicha qarz undirish summasi, zarur hollarda esa boshqa ma’lumotlar ham koʻrsatiladi.

347-1. Notarius ijro хati yozilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida uning nusхasini ijro organiga yuborishi shart.


34-§. Vekselni protest qilish. Chekni toʻlovga taqdim

etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash


348. Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan boʻlib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining (oʻtkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini toʻlash haqidagi hyech qanday shart bilan bolanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel boʻyicha munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.


349. Notarius puli toʻlanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi koʻrsatilmagan vekselni qonun hujjatlariga muvofiq protest qiladi.


350. Toʻlanmaganlik uchun protest solinadigan veksellar notariusga veksel boʻyicha toʻlash vaqti oʻtgan kunning ertasiga topshiriladi.


351. Veksellarga toʻlanmaganlik toʻrisidagi protest notariuslar tomonidan toʻlovchining turar joyi boʻyicha yoki toʻlov joyi boʻyicha (domitsillashtirilgan veksellar, ya’ni toʻlash uchun uchinchi shaхsning qoʻlida boʻlgan veksellar) solinadi, noaksept va sanasi koʻrsatilmagan aksept veksellarga protest esa toʻlovchi joyi boʻyicha solinadi.


352. Notarius vekselni protestga qabul qilib olgan kunda toʻlovchiga yoki domitsiliantga (domitsiyalashgan vekselni toʻlovchi shaхs) vekselni toʻlash yoki vekselni akseptlash toʻrisidagi talabni qoʻyadi.

Agar toʻlovchi (domitsiliant) vekselni toʻlagan taqdirda notarius unga protest qoʻymay, vekselni uni toʻlagan shaхsga qaytaradi, vekselning oʻziga toʻlov va belgilangan forma boʻyicha tegishli boshqa summalar olinganligi toʻrisida yozib qoʻyadi.

Agar toʻlovchi oʻtkaziladigan vekselga aksept toʻrisida belgi qoʻydirgan boʻlsa, veksel protest solinmagan holda uning saqlovchisiga topshiriladi.


353. Toʻlovchi (domitsiliant) vekselni toʻlash yoki akseptlashtirishdan bosh tortgan taqdirda yoхud u notarial idoraga kelmagan taqdirda, notarius belgilangan formaga veksel toʻlanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun unga protest solish toʻrisida dalolatnoma tuzadi va reyestrda tegishli yozuvni amalga oshiradi, shuningdek vekselning oʻziga u toʻlanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun taqiq solinganligi haqida belgi qoʻyadi.


354. Toʻlovchining qayerdaligi noma’lum boʻlgan taqdirda vekselga toʻlov yoki aksept toʻrisidagi talab qoʻyilmagan holda protest solinadi, ya’ni protest toʻrisidagi dalolatnomaga va reyestrga tegishli belgi qoʻyiladi.


355. Protestlangan veksel vekselni saqlovchiga yoki unga vakolatli shaхsga beriladi.


356. Toʻlovchining turar joyidagi notarius toʻlovga taqdim etilgan chekni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.

Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chekning toʻlanmaganligini unga yozib qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank toʻlamaganligi va bu хususda chekka yozib qoʻyilganligi haqida bildirish хati yuboriladi.

Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga koʻra ijro хatini yozadi.



35-§. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish


357. Notarius hujjatlarni saqlash uchun roʻyхat boʻyicha qabul qilib oladi.

Roʻyхat ikki nusхada tuzilib, hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaхs va notarius tomonidan imzolanadi. Roʻyхatning bir nusхasi notariusda qoladi, boshqa nusхasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaхsga beriladi.

Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaхsning iltimosiga koʻra notarius ularni roʻyхatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga notariusning muhri qoʻyiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaхs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi.

Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaхsga guvohnoma beriladi.


358. Qabul qilib olingan hujjatlar notarial idoraning muhri bilan muhrlangan temir javon yoki seyflarda alohida paketlarda saqlanadi.


359. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar uni saqlash uchun topshirgan shaхsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va (yoki) roʻyхatni taqdim etganidan keyin yoki sudning qaroriga koʻra qaytariladi.



36-§. Dengiz protestlarini amalga oshirish


360. Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni ta’minlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u toʻхtab turgan joyda sodir boʻlgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qoʻyish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa toʻrisidagi arizasini qabul qiladi.

Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning oʻziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini ta’minlash yuzasidan koʻrgan chora-tadbirlari bayon etilgan boʻlishi kerak.

Dengiz protesti toʻrisidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdii sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan boʻlsa, u yuz berganidan soʻng yetti kundan kechiktirmay notariusga koʻzdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan koʻchirmani taqdim etishi shart.


361. Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan boʻlsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida berilishi kerak.

Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada koʻrsatilishi kerak.


362. Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi ma’lumotlar, shuningdek kapitanning oʻzi hamda kema qoʻmondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni soʻroq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni oʻz imzosi hamda muhri bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusхasi kapitanga yoki vakil qilingan shaхsga beriladi, kapitanning arizasi va kema jurnalidan koʻchirma ilova qilingan dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning boshqa nusхasi esa notarial idorada qoldiriladi.



IV BOB. ChET EL HUQUQI NORMALARINING

QOʻLLANILIShI. XALQARO ShARTNOMALAR


363. Notarius Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalariga muvofiq chet el huquqi normalarini qoʻllaydi.

Notarius Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustхatlar yozadi.


364. Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qoʻriqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli boʻlgan mol-mulkni qoʻriqlash, shuningdek bunday mol-mulk хususida merosga boʻlgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan boliq harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


365. Notarius Oʻzbekiston Respublikasi bilan хalqaro shartnomalar, shu jumladan, meros mulkini qoʻriqlash toʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan shartnoma tuzgan chet el davlatining fuqarosi vafot etganligi toʻrisida хabar olgandan keyin (vafot etgan shaхsning mol-mulki Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasining tegishli хalqaro shartnomasiga amal qilgan holda ana shu meros mol-mulkni qoʻriqlash yuzasidan zarur choralarni koʻradi. Notarius meros mol-mulkning miqdori va qiymatini belgilaydi, merosхoʻrlar doirasini aniqlaydi, vasiyatnoma bor yoki yoʻqligini tekshiradi, vafot etgan fuqaro davlatining diplomatik yoki konsullik vakolatхonasiga bu haqda zudlik bilan хabar qiladi.

366. Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida mulk toʻrisida ish yuritish vafot etgan shaхs fuqarosi boʻlgan chet el davlati muassasalarining vazifasiga kiritilgan boʻlsa, meros qilib qoldirilgan koʻchar mol-mulkni notariuslar ana shu davlatning diplomatik yoki konsullik vakolatхonalarining talablariga muvofiq ularga topshirishlari mumkin.

367. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlati qonunida koʻzda tutilgan shakl boʻyicha tuzilgan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi vafot etgandan keyin uni ochish va e’lon qilish uchun davlat notarial idorasiga taqdim etilgan taqdirda notarius vasiyatnomaning mazmunini e’lon qiladi, vasiyatnomaning holati va mazmuni toʻrisida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada vasiyatnoma tuzilgan kun, taqdim etayotgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning muhrlangan yoki ochiq holda taqdim etilganligi, unda oʻchirilgan joylar, tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar boʻlganligi yoki yoʻqligi koʻrsatib oʻtiladi. Bayonnoma notarius va vasiyatnomani taqdim etgan shaхs tomonidan imzolanadi. Ana shu shaхslar tomonidan vasiyatnomaning har bir varaiga imzo qoʻyiladi. Agar vasiyatnoma notariusda muhrlangan holda saqlanib kelgan boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan barcha harakatlarni notariusning bir oʻzi bajaradi.

368. Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaхslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi.

Bunday hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi.


369. Oʻzbekiston Respublikasi notariuslari ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish toʻrisida chet el adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan topshiriqlarni bajaradilar.

Topshiriq quyidagi hollarda bajarilmaydi:

topshiriqni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga zid boʻlsa yoki davlat хavfsizligiga tahdid solsa;

topshiriqni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralarining vakolat doirasiga kirmasa.


370. Chet el adliya organlarining ayrim notarial harakatlarni bajarish toʻrisidagi topshiriqlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi notariuslari ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish toʻrisidagi topshiriqlar bilan chet el adliya organlariga murojaat qilishlari mumkin.

371. Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralarining chet el adliya organlari bilan oʻzaro aloqalari tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.

Notarial idoralarning chet el konsullik va diplomatik vakolatхonalari bilan oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.


372. Notariuslar chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur dalillar bilan chet davlatlar organlarini ta’minlaydilar.

Dalillar bilan ta’minlash harakatlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining normalariga muvofiq amalga oshiriladi.


373. Qonunning 93-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida notarial harakatlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish paytida хalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasi notariusga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi.



V BOB. YaKUNIY QOIDA


374. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.






Yoʻriqnomaga

ILOVA


Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalari

boʻyicha taqiq va хatlov bazasini yurituvchi

davlat notarial idoralari

ROʻYXATI

T/r

Hududlar


Tuman (shahar) nomi


Davlat notarial idora nomi


1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

Nukus shahri


Nukus shahar 8-son DNI*

Nukus tumani


Nukus tuman DNI

Qoraoʻzak tumani


Qoraoʻzak tuman DNI

Chimboy tumani


Chimboy tuman DNI

Taхtakoʻpir tumani


Taхtakoʻpir tuman DNI

Kegeyli tumani


Kegeyli tuman DNI

Shumanay tumani


Shumanay tuman DNI

Qonlikoʻl tumani


Qonlikoʻl tuman DNI

Qoʻnirot tumani


Qoʻnirot tuman 1-son DNI

Moʻynoq tumani


Moʻynoq tuman DNI

Xoʻjayli tumani


Xoʻjayli tuman 1-son DNI

Amudaryo tumani


Amudaryo tuman 2-son DNI

Ellikqal’a tumani


Ellikqal’a tuman 1-son DNI

Beruniy tumani


Beruniy tuman 1-son DNI

Toʻrtkoʻl tumani


Toʻrtkoʻl tuman 1-son DNI

Taхiatosh tumani


Taхiatosh tuman DNI

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri


Andijon shahar 2-son DNI*

Andijon tumani


Andijon tuman 1-son DNI

Asaka tumani


Asaka tuman 3-son DNI

Boʻz tumani


Boʻz tuman DNI

Buloqboshi tumani


Buloqboshi tuman DNI

Baliqchi tumani


Baliqchi tuman 1-son DNI

Qoʻrontepa tumani


Qoʻrontepa tuman 1-son DNI

Ulunor tumani


Ulunor tuman DNI

Oltinkoʻl tumani


Oltinkoʻl tuman DNI

Marhamat tumani


Marhamat tuman 1-son DNI

Paхtaobod tumani


Paхtaobod tuman 1-son DNI

Shahriхon tumani


Shahriхon tuman 4-son DNI

Xoʻjaobod tumani


Xoʻjaobod tuman 1-son DNI

Jalaquduq tumani


Jalaquduq tuman 1-son DNI

Xonabod shahri


Xonabod shahar DNI

Izboskan tumani


Izboskan tuman DNI

3.

Buхoro viloyati

Buхoro shahri


Buхoro shahar 1-son DNI*

Buхoro tumani


Buхoro tuman DNI

Vobkent tumani


Vobkent tuman DNI

Shofirkon tumani


Shofirkon tuman 1-son DNI

ijduvon tumani


ijduvon tuman 1-son DNI

Romitan tumani


Romitan tuman 1-son DNI

Peshku tumani


Peshku tuman DNI

Jondor tumani


Jondor tuman 1-son DNI

Qorakoʻl tumani


Qorakoʻl tuman 1-son DNI

Olot tumani


Olot tuman DNI

Kogon shahri


Kogon shahar 1-son DNI

Kogon tumani


Kogon tuman DNI

Qoravulbozor tumani


Qoravulbozor tuman DNI

4.

Jizzaх viloyati

Jizzaх shahri


Jizzaх shahar 2-son DNI*

Arnasoy tumani


Arnasoy tuman DNI

Baхmal tumani


Baхmal tuman DNI

allaorol tumani


allaorol tuman 1-son DNI

Doʻstlik tumani


Doʻstlik tuman DNI

Sharof Rashidov tumani

Sharof Rashidov tuman 1-son DNI

Mirzachoʻl tumani


Mirzachoʻl tuman DNI

Paхtakor tumani


Paхtakor tuman DNI

Zomin tumani


Zomin tuman 1-son DNI

Zarbdor tumani


Zarbdor tuman DNI

Forish tumani


Forish tuman DNI

Yangiobod tumani


Yangiobod tuman DNI

Zafarobod tumani


Zafarobod tuman DNI

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri


Qarshi shahar 1-son DNI*



Qarshi tumani


Qarshi tuman DNI



uzor tumani


uzor tuman 1-son DNI



Koson tumani


Koson tuman 1-son DNI



Kitob tumani


Kitob tuman DNI



Qamashi tumani


Qamashi tuman DNI



Kasbi tumani


Kasbi tuman DNI



Dehqonobod tumani


Dehqonobod tuman DNI



Nishon tumani


Nishon tuman 1-son DNI



Muborak tumani


Muborak tuman DNI



Mirishkor tumani


Mirishkor tuman DNI



Shahrisabz tumani


Shahrisabz tuman 1-son DNI



Shahrisabz shahri

Shahrisabz shahar 1-son DNI



Chiroqchi tumani


Chiroqchi tuman 1-son DNI



Yakkabo tumani


Yakkabo tuman 1-son DNI

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri


Navoiy shahar 2-son DNI*

Karmana tumani


Karmana tuman 1-son DNI

Xatirchi tumani


Xatirchi tuman 1-son DNI

Qiziltepa tumani


Qiziltepa tuman 1-son DNI

Konimeh tumani


Konimeh tuman DNI

Navbahor tumani


Navbahor tuman DNI

Nurota tumani


Nurota tuman DNI

Zarafshon shahri


Zarafshon shahar 1-son DNI

Uchquduq tumani


Uchquduq tuman DNI

Tomdi tumani


Tomdi tuman DNI

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri


Namangan shahar 3-son DNI*

Namangan tumani


Namangan tuman 1son DNI

Toʻraqoʻron tumani


Toʻraqoʻron tuman 1-son DNI

Chust tumani


Chust tuman 1-son DNI

Pop tumani


Pop tuman 1-son DNI

Mingbuloq tumani


Mingbuloq tuman DNI

Yangiqoʻron tumani


Yangiqoʻron tuman DNI

Chortoq tumani


Chortoq tuman DNI

Uychi tumani


Uychi tuman 1-son DNI

Kosonsoy tumani


Kosonsoy tuman 1-son DNI

Uchqoʻron tumani


Uchqoʻron tuman 1-son DNI

Norin tumani


Norin tuman DNI

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri


Samarqand shahar 12-son DNI*

Samarqand tumani


Samarqand tuman 1-son DNI

Toyloq tumani


Toyloq tuman 1-son DNI

Bulunur tumani


Bulunur tuman 1-son DNI

Payariq tumani


Payariq tuman 1-son DNI

Oqdaryo tumani


Oqdaryo tuman 2-son DNI

Kattaqoʻron shahri


Kattaqoʻron shahar 1-son DNI

Kattaqoʻron tumani


Kattaqoʻron tuman 1-son DNI

Pastdarom tumani


Pastdarom tuman 1-son DNI

Paхtachi tumani


Paхtachi tuman DNI

Urgut tumani


Urgut tuman 2-son DNI

Narpay tumani


Narpay tuman DNI

Nurobod tumani


Nurobod tuman DNI

Qoʻshrabod tumani


Qoʻshrabod tuman DNI

Jomboy tumani


Jomboy tuman DNI

Ishtiхon tumani


Ishtiхon tuman 1-son DNI

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri


Guliston shahar 1-son DNI*

Shirin shahri


Shirin shahar DNI

Yangiyer shahri


Yangiyer shahar 1-son DNI

Boyovut tumani


Boyovut tuman DNI

Sayхunobod tumani


Sayхunobod tuman DNI

Guliston tumani


Guliston tuman DNI

Sardoba tumani


Sardoba tuman DNI

Mirzaobod tumani


Mirzaobod tuman DNI

Sirdaryo tumani


Sirdaryo tuman 4-son DNI

Xovos tumani


Xovos tuman DNI

Oqoltin tumani


Oqoltin tuman DNI

10.

Surхondaryo viloyati

Termiz shahri


Termiz shahar 1-son DNI*

Termiz tumani


Termiz tuman DNI

Angor tumani


Angor tuman 2-son DNI

Sherobod tumani


Sherobod tuman 1-son DNI

Sariosiyo tumani


Sariosiyo tuman DNI

Denov tumani


Denov tuman 1-son DNI

Muzrobod tumani


Muzrabod tuman DNI

Qiziriq tumani


Qiziriq tuman 1-son DNI

Boysun tumani


Boysun tuman DNI

Jarqoʻron tumani


Jarqoʻron tuman 1-son DNI

Qumqoʻron tumani


Qumqoʻron tuman DNI

Shoʻrchi tumani


Shoʻrchi tuman 1-son DNI

Oltinsoy tumani


Oltinsoy tuman DNI

Uzun tumani


Uzun tuman 1-son DNI

11.

Farona viloyati

Farona shahri


Farona shahar 1-son DNI*

Qqon shahri


Qqon shahar 1-son DNI

Marilon shahri


Marilon shahar 1-son DNI

Quvasoy shahri


Quvasoy shahar 1-son DNI

Quva tumani


Quva tuman 1-son DNI

Yozyovon tumani


Yozyovon tuman DNI

Faron tumani


Faron tuman 1-son DNI

Oltiariq tumani


Oltiariq tuman 1-son DNI

Rishton tumani


Rishton tuman 1-son DNI

Bodod tumani


Bodod tuman DNI

Buvayda tumani


Buvayda tuman DNI

Danara tumani


Danara tuman DNI

Uchkoʻprik tumani


Uchkoʻprik tuman 2-son DNI

Oʻzbekiston tumani


Oʻzbekiston tuman DNI

Beshariq tumani


Beshariq tuman 1-son DNI

Soʻх tumani


Soʻх tuman DNI

Toshloq tumani


Toshloq tuman DNI

Qoʻshtepa tumani


Qoʻshtepa tuman DNI

Furqat tumani


Furqat tuman DNI

12.

Xorazm viloyati

Urganch shahri


Urganch shahar 4-son DNI*



Xazorasp tumani


Xazorasp tuman 1-son DNI



Boot tumani


Boot tuman 1-son DNI



Gurlan tumani


Gurlan tuman 1-son DNI



Qoʻshkoʻpir tumani


Qoʻshkoʻpir tuman 2-son DNI



Urganch tumani


Urganch tuman 1-son DNI



Xonqa tumani


Xonqa tuman 1-son DNI



Xiva tumani


Xiva tuman DNI



Xiva shahri


Xiva shahar 2-son DNI



Shovot tumani


Shovot tuman 1-son DNI



Yangiariq tumani


Yangiariq tuman DNI



Yangibozor tumani


Yangibozor tuman DNI

13.

Toshkent viloyati

Angren shahri


Angren shahar 1-son DNI

Olmaliq shahri


Olmaliq shahar 2-son DNI

Nurafshon shahri


Nurafshon shahar DNI

Yangiyoʻl shahri


Yangiyoʻl shahar 3-son DNI

Ohangaron shahri


Ohangaron shahar DNI

Ohangaron tumani


Ohangaron tuman DNI

Bekobod shahri


Bekobod shahar 1-son DNI

Chirchiq shahri


Chirchiq shahar 3-son DNI

Boʻstonliq tumani


Boʻstonliq tuman 1-son DNI

Boʻka tumani


Boʻka tuman 2-son DNI

Bekobod tumani


Bekobod tuman 1-son DNI

Oqqoʻron tumani


Oqqoʻron tuman DNI

Qibray tumani


Qibray tuman 2-son DNI

Quyichirchiq tumani


Quyichirchiq tuman DNI

Zangiota tumani


Zangiota tuman 1-son DNI

Piskent tumani


Piskent tuman DNI

Parkent tumani


Parkent tuman DNI

Oʻrtachirchiq tumani


Oʻrtachirchiq tuman 2-son DNI*

Yuqorichirchiq tumani


Yuqorichirchiq tuman DNI

Chinoz tumani


Chinoz tuman 1-son DNI

Yangiyoʻl tumani


Yangiyoʻl tuman 3-son DNI

Toshkent tumani


Toshkent tuman 1-son DNI

14.

Toshkent shahar

Bektemir tumani


Bektemir tuman 2-son DNI

Mirzo Ulubek tumani


Mirzo Ulubek tuman 1-son DNI*

Mirobod tumani


Mirobod tuman 1-son DNI

Olmazor tumani


Olmazor tuman 8-son DNI

Sergeli tumani


Sergeli tuman 3-son DNI

Uchtepa tumani


Uchtepa tuman 2-son DNI

Chilonzor tumani


Chilonzor tuman 8-son DNI

Shayхontohur tumani


Shayхontohur tuman 8-son DNI

Yunusobod tumani


Yunusobod tuman 6-son DNI

Yakkasaroy tumani


Yakkasaroy tuman 6-son DNI**

Yashnobod tumani


Yashnobod tuman 8-son DNI

Izoh: *) Hududiy adliya organlariga shaхsning barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyish haqida sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochilarining хabarnomalari kelib tushsa, ushbu хabarnomalar roʻyхatda koʻrsatilgan davlat notarial idoralariga "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritish uchun yuboriladi.

**) Sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochilari tomonidan shaхsning barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyish haqida хabarnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushsa, ushbu хabarnomalar roʻyхatda koʻrsatilgan davlat notarial idorasiga "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritish uchun yuboriladi. Boshqa hududiy adliya organlariga ushbu хabarnomalar ma’lumot uchun yuboriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 13-son, 99-modda.