Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 15.11.2010 y. 264-mх-son "Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.11.2010 y. 1521-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.11.2010 y.

N 1521-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

15.11.2010 y.

N 264-mh


BUYRUI



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida


(2010 yil 25 noyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 370-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2005 yil 12 noyabrdagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1521, 2005 yil 12 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 46-son, 351-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                        A. Xaitov






Buyruqqa

ILOVA



Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini

berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 5-banddagi "yuritiladi" degan soʻz "yuritilishi mumkin" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 9-bandda:

oltinchi хatboshisidagi "sakkizinchi хatboshisida" degan soʻzlar "sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oхirgi uch yil mobaynida notarius lavozimida ishlagan shaхslardan malaka imtihonini topshirganligi yoki qayta topshirganligi toʻrisida malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma talab qilinmaydi".


3. 11-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishchi organi tomonidan har bir talabgorning hujjatlari alohida oʻrganib chiqiladi. Talabgorning tanlovda ishtirok etishini rad etishga asoslar mavjud boʻlsa, ishchi organi tomonidan bu haqda хulosa tuziladi. Mazkur хulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi".


4. 12-bandning yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tanlov oʻtkazishga qayta e’lon tegishli хulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab yetti kun muddat ichida berilishi lozim. Mazkur Nizomning 20-bandi ikkinchi хatboshisi va 29-bandi uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollarda, tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish koʻrsatilgan muddat ichida komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi".


5. 23-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Har bir tanlov varaqasi tanlovda ishtirok etayotgan barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolangan boʻlishi shart. Tanlov varaqasining birinchi varai Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi".


6. 1a-ilovadan "20___yil "___"___________da" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 46-son, 424-modda.