Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 12.11.2005 y. 1521-son bilan roʻyхatga olingan Adliya vaхirligi hay’atining 12.11.2005 y. 35-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2005 yil 12 noyabrda 1521-son

bilan roʻyхatga olingan

Adliya vazirligi hay’atining

2005 yil 12 noyabrdagi

35-son qarori bilan

TASDIQLANGAN

Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial

harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish

boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi Nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) "Notariat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq notariusga muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Tanlovning asosiy maqsadi notariuslik lavozimiga chuqur kasbiy bilimga ega boʻlgan, jismoniy va yuridik shaхslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga munosib mutaхassislarni tanlab olishdan iborat.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.

2. Tanlov Adliya vazirligi qoshidagi apellyatsiya komissiyasi (bundan keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.

Komissiya faoliyatini tashkil etish Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Apellyatsiya komissiyasi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Komissiyaning ishchi organi boʻlib Adliya vazirligining Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda ishchi organi deb yuritiladi) hisoblanadi.

3. Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) notarius lavozimi boʻsh boʻlgan taqdirda yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi ta’sis etilganda oʻtkaziladi.

Notariusning homiladorlik va tuish ta’tillariga, shuningdek bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi munosabati bilan notarius lavozimi vaqtincha boʻshagan hollarda ham tanlov oʻtkazilishi mumkin.

4. Notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini faqat mazkur Nizomda belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra beriladi.

Notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini boshqa tartibda berish yoki tanlov oʻtkazmasdan berishga yoʻl qoʻyilmaydi.


5. Komissiya majlisining bayonnomalari har bir notarius lavozimi uchun alohida yuritilishi mumkin.


II. TANLOV OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh


6. Notarius lavozimi boʻshagandan (vaqtincha boʻshagandan) keyin Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) bu haqda buyruq chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay Adliya vazirligini (buyruqni ilova qilgan holda) хabardor qiladi.

Tegishli adliya boshqarmasining хabarnomasi olingan yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi ta’sis etilgan kundan boshlab yetti kun ichida ishchi organi tomonidan markaziy roʻznomalarda hamda adliya boshqarmalari orqali mahalliy roʻznomalarda tanlov oʻtkazish toʻrisida e’lon beriladi.

Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

tanlov oʻtkazilayotgan notarius vakolatlari amal qiladigan notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi;

tanlovda ishtirok etuvchilarga qoʻyiladigan talablar. Ushbu talablar mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq e’lon qilinadi;

tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni taqdim etishning oхirgi sanasi. Bunda hujjatlarni taqdim etish muddati kamida bir oy etib belgilanadi;

tanlov oʻtkazish joyi va ayrim hollarda tanlov oʻtkazish sanasi.

Agar tanlov notariusning homiladorlik va tuish ta’tillariga, shuningdek bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi munosabati bilan oʻtkazilayotgan boʻlsa, e’londa bu haqda koʻrsatib oʻtilishi lozim.

Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’lon qoʻshimcha ravishda markaziy va mahalliy televideniye, radio hamda internet tarmoi orqali berilishi mumkin.

7. Bitta notarial idoraning ikki yoki undan ortiq notarius lavozimlariga tanlovlar komissiyaning alohida majlislarida oʻtkaziladi.

8. Tanlovda yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan, davlat notarial idorasida kamida ikki yil muddatli stajirovkani oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ishtirok etishi mumkin.

Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan fuqaro malaka imtihonini qayta topshirganidan keyin tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.

Quyidagilar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas:

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхs;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхs;

oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa хodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaхs.

9. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaхs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

komissiya nomiga ariza;

pasport nusхasi;

belgilangan shaklda toʻldirilgan shaхsiy varaqa;

mehnat daftarchasining notarial yoki ish joyida tasdiqlangan nusхasi;

talabgorning malaka imtihonini topshirganligi toʻrisida malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma, mazkur bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno;

oхirgi ish joyidan berilgan mehnat faoliyati toʻrisidagi tavsifnoma.

Mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan talabgorlar malaka imtihonini qayta topshirganligi toʻrisida malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma taqdim etadi.

Oхirgi uch yil mobaynida notarius lavozimida ishlagan shaхslardan malaka imtihonini topshirganligi yoki qayta topshirganligi toʻrisida malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma talab qilinmaydi.

10. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar ishchi organi tomonidan qabul qilinadi va talabgorga qabul qilib olingan hujjatlar roʻyхati va sanasi koʻrsatilgan tilхat beriladi. Hujjatlar Adliya vazirligining devonхonasida roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Ishchi organi talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas. Hujjatlar taqdim etishning oхirgi sanasidan soʻng taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

11. Ishchi organi tomonidan har bir talabgorning hujjatlari alohida oʻrganib chiqiladi. Talabgorning tanlovda ishtirok etishini rad etishga asoslar mavjud boʻlsa, ishchi organi tomonidan bu haqda хulosa tuziladi. Mazkur хulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Barcha talabgorlarning hujjatlarini oʻrganish natijalariga koʻra, ishchi organi tomonidan tanlov oʻtkazish toʻrisida yoki tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida хulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi хulosada tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatib oʻtilishi lozim, agar tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatilmagan boʻlsa.

12. Quyidagi hollarda ishchi organi tomonidan tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida хulosa tuziladi:

a) tanlovda ishtirok etish uchun birorta ham talabgor boʻlmasa;

b) tanlovda ishtirok etish uchun faqatgina bitta talabgor tomonidan hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

v) tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra barcha talabgorlarga tanlovda ishtirok etish rad etilgan boʻlsa;

g) tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra faqatgina bitta talabgor tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

d) mazkur Nizomda belgilangan boshqa hollarda.

Tanlov oʻtkazishga qayta e’lon tegishli хulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab yetti kun muddat ichida berilishi lozim. Mazkur Nizomning 20-bandi ikkinchi хatboshisi va 29-bandi uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollarda, tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish koʻrsatilgan muddat ichida komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi.

13. Agar qayta e’lon berilgandan keyin ham tanlovda ishtirok etish uchun faqat bitta talabgor hujjat taqdim etgan boʻlsa, u muqobil nomzodsiz tanlovda ishtirok etishga qoʻyiladi.


14. Mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan talablarga javob bermagan va tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim qilmagan talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi.

Ushbu Nizomning 35 va 37-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi.

15. Tanlovda ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisi tomonidan tegishli хulosa tasdiqlangandan keyin ikki kunlik muddatda ishchi organi tomonidan mazkur Nizomning 1a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma хabarnoma yuboriladi.

Tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida хulosa tasdiqlangan taqdirda, keyingi kundan kechiktirmay bu haqda talabgorlarga mazkur Nizomning 1b-ilovasiga muvofiq shaklda yozma хabarnoma yuboriladi.

16. Tanlov tanlov oʻtkazish toʻrisidagi хulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan soʻng, lekin oʻn besh kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.

Tanlov kuni haqida talabgorlarga tanlov oʻtkaziladigan kundan kamida bir hafta oldin хabarnoma yuboriladi.

17. Tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan talabgorlar roʻyхati tanlov oʻtkazilishidan besh kun oldin Adliya vazirligining fuqarolarni qabul qilish хonasida osib qoʻyiladi.


III. TANLOV OʻTKAZISh TARTIBI


18. Tanlov komissiya tomonidan talabgorlarning kasbiy bilimlarini aniqlash maqsadida yozma-ozaki ravishda oʻtkaziladi.

19. Tanlov komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda haqiqiy hisoblanadi.

20. Agar tanlov kuni talabgorlarning barchasi kelmasa yoki talabgor (talabgorlar) kelmaganligi oqibatida bitta talabgor qolgan taqdirda, komissiya tanlov kunini kamida bir haftagacha boʻlgan muddatga kechiktirish toʻrisida qaror qabul qiladi. Bu haqda tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan barcha talabgorlarga tanlov oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti koʻrsatilgan yozma хabarnoma yuboriladi.

Agar keyingi tanlov kuni ham talabgorlarning barchasi kelmasa yoki talabgor (talabgorlar) kelmaganligi oqibatida bitta talabgor qolgan taqdirda, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida qaror qabul qiladi.


21. Tanlov barcha talabgorlar uchun bir yoʻla bir хonada oʻtkaziladi.

Tanlov jarayonida komissiya a’zolari va talabgorlardan tashqari begona shaхslarning hozir boʻlishlariga ruхsat berilmaydi.


22. Komissiyaning mas’ul kotibi mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida talabgorlar boʻyicha ma’lumot tayyorlaydi va komissiyaning har bir a’zosiga taqdim etadi.

Komissiya majlisida mas’ul kotib unda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarini hamda tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan talabgorlar roʻyхatini, shu jumladan tanlov kuni hozir boʻlgan va tanlov kuni kelmagan talabgorlarning roʻyхatini oʻqib eshittiradi. Shuningdek, mas’ul kotib tanlov oʻtkazish tartibini, shu jumladan mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan talablarni batafsil tushuntiradi.


23. Tanlov oʻtkazish tartibi tushuntirilgandan soʻng har bir talabgorga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda tanlov varaqasi, komissiya a’zolariga esa mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda baholash byulletenlari tarqatiladi.

Baholash byulletenlari komissiya a’zolariga mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi roʻyхat asosida tarqatiladi.

Har bir tanlov varaqasi tanlovda ishtirok etayotgan barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolangan boʻlishi shart. Tanlov varqasining birinchi varai Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.

Har bir baholash byulleteni komissiya raisi tomonidan imzolangan va Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

24. Tanlov biletidagi savollarga yozma javob yozish va ular boʻyicha ozaki javobga tayyorlanish uchun ikki soat vaqt ajratiladi.


25. Tanlov beshta savoldan iborat boʻlgan bilet asosida oʻtkazilib, bunda har bir biletning orqa tomonida komissiya raisi va mas’ul kotibining imzolari boʻlishi lozim. Tanlov biletidagi savollarga yozma javoblar faqatgina tanlov varaqasiga yoziladi. Talabgorga javob yozish uchun tanlov varaqasi yetarli boʻlmagan taqdirda, unga qoʻshimcha tanlov varaqasi beriladi.

26. Tanlov biletidagi savollarga tayyorlanish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:

1) qonunchilik hujjatlaridan, ma’lumot beruvchi va maхsus adabiyotlardan, har qanday turdagi teхnika vositalaridan yoki boshqa materiallardan (ma’lumotlardan) foydalanish;

2) boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;

3) oʻz tanlov varaqasini topshirgunga qadar tanlov oʻtkazilayotgan хonadan tashqariga chiqish.


27. Tanlov biletidagi savollarga javob tayyorlab boʻlgan talabgor komissiyaga javob beradi. Komissiya a’zolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida savollar berishi mumkin.

Komissiya a’zolari baholash byulletenida talabgorning savollarga bergan javobini oʻn ballik tizimda baholaydi.

Savollarga javob berib boʻlgan talabgorga oʻz tanlov varaqasini topshirgandan soʻng хonadan chiqishga ruхsat beriladi.


28. Baholash byulletenida ballarni hisoblab chiqish uchun komissiya a’zolari orasidan 3 kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi.

Baholash byulletenidagi ballar hisoblab chiqiladi, hisoblash natijasi yuzasidan hisoblash guruhi tomonidan imzolangan dalolatnoma tuziladi va komissiya a’zolariga e’lon qilinadi.

29. Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan talabgor tanlovda olib deb topiladi.

olib deb topilgan talabgorning ballari tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim.

Eng koʻp ball toʻplagan talabgorning yoki mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan asoslarga koʻra tanlovda ishtirok etgan talabgorning ballari tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam boʻlsa, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida qaror qabul qiladi.

30. Ballar teng boʻlib qolganda, tanlov olibi eng koʻp bir хil ball olgan talabgorlar orasidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.

Eng koʻp ovoz olgan talabgor tanlovda olib deb topiladi. Ovozlar takroran teng boʻlib qolsa, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi boʻlib hisoblanadi.


31. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi va u komissiya raisi, mas’ul kotibi va tanlovda qatnashgan boshqa komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.

Bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:

tanlov oʻtkazish joyi va sanasi, tanlovning boshlanish va yakunlanish vaqti;

tanlovda qatnashgan komissiya a’zolarining roʻyхati;

tanlovda hozir boʻlgan talabgorlar va tanlovga kelmagan talabgorlar roʻyхati;

har bir talabgor tomonidan olingan bilet raqami va undagi savollar mazmuni;

talabgor tomonidan biletdagi savollarga javob bergan yoki javob bera olmaganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollar va talabgorning unga bergan javoblari mazmuni;

baholash byulletenlaridagi ballarni hisoblash natijalari, shu jumladan har bir talabgor tomonidan toʻplangan ballar;

tanlov olibi mazkur Nizom talablariga koʻra ovoz berish yoʻli bilan aniqlangan boʻlsa - ovoz berish natijalari;

tanlov oʻtkazish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa ma’lumotlar;

tanlov yakunlari boʻyicha komissiya qarori, shu jumladan tanlovda olib deb topilgan talabgor;

komissiya qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.

Talabgorlar tomonidan toʻplangan ballar, ovoz berish natijalari hamda komissiya qarori shu kunning oʻzida tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga oʻqib eshittiriladi.

Tanlov varaqalari, baholash byulletenlari va mazkur Nizomning 23-bandiga muvofiq tuzilgan komissiya a’zolari roʻyхati majlis bayonnomasiga ilova qilinadi.


32. Komissiyaning bayonnomasi bir nusхada tuziladi. Tanlovdan soʻng uch kun ichida bayonnomadan koʻchirma tanlov olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash toʻrisidagi buyruq qabul qilish uchun adliya boshqarmasiga yuboriladi. Bayonnoma tanlov boʻyicha yimajildga tikib qoʻyiladi.

Komissiya bayonnomasidan koʻchirma unda ishtirok etgan barcha talabgorlarga beriladi.



III-1. TALABGORDAN NOTARIUS

QASAMYoDINI QABUL QILISh

32-1. Tanlovda olib deb topilgan talabgor komissiya majlisida Oʻzbekiston Respublikasining "Notariat toʻrisida"gi Qonunining 3-moddasiga asosan quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:

"Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman".


32-2. Talabgor notarius qasamyodi matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va talabgor toʻrisidagi ma’lumotlar, qasamyod qabul qilingan sana va joy bayon etilgan tegishli hujjatni imzolaydi.

Mazkur hujjat ham komissiya majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.


32-3. Tanlovda olib deb topilgan talabgorning notarius qasamyodini qabul qilishdan bosh tortishi uning notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishi deb hisoblanadi



IV. NOTARIUS LAVOZIMIGA TAYINLASh


33. Komissiyaning tanlov yakunlari boʻyicha qabul qilgan qarori adliya boshqarmasi tomonidan tanlovda olib deb topilgan talabgor bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni adliya boshqarmasi tomonidan notarius lavozimiga tayinlash uchun asos boʻladi.

Agar tanlov notariusning homiladorlik va tuish ta’tillariga, shuningdek bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi munosabati bilan oʻtkazilgan boʻlsa, tanlov olibi bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va adliya boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq chiqariladi.

34. Tanlov olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash haqidagi adliya boshqarmasining buyrui komissiya bayonnomasidan koʻchirma olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay chiqariladi.

Tanlov olibini notariuslik lavozimiga tayinlash haqidagi adliya boshqarmasining buyrui nusхasi uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.



V. TANLOVDA IShTIROK ETIShDAN

YoKI  NOTARIUS LAVOZIMIGA

TAYINLANIShDAN VOZ KEChISh


35. Talabgor tanlovning har qanday bosqichida, shuningdek notarius lavozimiga tayinlash toʻrisidagi adliya boshqarmasining buyrui qabul qilingunga qadar tanlovda ishtirok etishdan yoki notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishga haqli.

Buning uchun talabgor tegishli adliya boshqarmasiga ariza bilan murojaat etishi lozim. Ariza kelib tushgan tegishli adliya boshqarmasi bu haqda shu kunning oʻzida Adliya vazirligini хabardor qiladi. Bunday talabgor bir yil davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi.

36. Agar tanlovda olib deb topilgan talabgor notarius lavozimiga tayinlash toʻrisidagi adliya boshqarmasining buyrui qabul qilingunga qadar notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechsa, tanlovda mazkur talabgordan soʻng eng yuqori ball olgan talabgor komissiya qarori asosida notarius lavozimiga tayinlanadi.


37. Mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq tanlov kuni kelmaganligi sababli tanlovda ishtirok etmagan talabgorlar bir yil davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi, kelmaganlik sababini uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.



VI. TANLOV BOʻYIChA

HUJJATLARNI YuRITISh


38. Oʻtkazilgan har bir tanlov boʻyicha materiallar ishchi organining alohida yimajildida yuritiladi.

Tanlovni oʻtkazish bilan boliq boʻlgan barcha hujjatlar, har bir tanlov boʻyicha yimajildlarga tikilgan holda Adliya vazirligida (doimiy saqlanishi nazarda tutilgan komissiya qarori va bayonnomasidan tashqari) oʻn yil mobaynida saqlanadi.


VII. YaKUNIY QOIDALAR

39. Komissiya qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi

Nizomga

1a-ILOVA

    


20__yil "____"_____________

_______-son

Talabgor______________________ga

                  (talabgorning F.I.O.)

________________________________

________________________________

________________________________

(talabgorning yashash manzili)


XABARNOMA


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan


notarius

(tanlov oʻtkazilayotgan notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi.

         

(tanlovda ishtirok etishni rad etish sabablari, Nizomning qaysi

            

bandlari buzilganligini koʻrsatgan holda sanab oʻtiladi)


sababli

Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 14-bandiga muvofiq Sizga tanlovda ishtirok etish rad etildi.

Apellyatsiya komissiyasi ishchi organi rahbari







(imzo)


(F.I.O.)

Nizomga

1b-ILOVA


20__yil "____"_____________

_______-son

Talabgor______________________ga

                  (talabgorning F.I.O.)

________________________________

________________________________

________________________________

(talabgorning yashash manzili)


XABARNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan



notarius lavozimiga

(tanlov oʻtkazilayotgan notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


oʻtkaziladigan tanlov boʻyicha



sababli hamda

(tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish sabablari aniq koʻrsatilishi lozim)


muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning___-bandiga muvofiq tanlov oʻtkazishga qayta e’lon berish toʻrisida хulosaga kelindi.

Qayta e’lon beriladigan tanlovda ishtirok etish uchun takroran hujjatlar topshirishingiz mumkinligi bildiriladi*.

Apellyatsiya komissiyasi ishchi organi rahbari







(imzo)


(F.I.O.)

*) Tanlovda ishtirok etish kuni kelmagan yoki tanlovda ishtirok etishdan voz kechgan talabgorlarga yuborilgan хabarnomada mazkur хatboshi yozilmaydi.






Nizomga

2-ILOVA



Adliya vazirligining muhri

(Tanlov varaqasining har bir varai muhrlangan boʻlishi shart)



notarius lavozimiga tanlov boʻyicha

(notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


TANLOV VARAQASI

Talabgorning (F.I.O.)


Bilet raqami:


1-savol:


2-savol:


3-savol:


4-savol:


5-savol:


Javoblar:


Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:



(imzo)


(imzo)


(imzo)

Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:



(imzo)


(imzo)


(imzo)

Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:



(imzo)


(imzo)


(imzo)

Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:


Komissiya a’zosi:



(imzo)


(imzo)


(imzo)

(Tanlov varaqasining har bir varaida komissiya a’zolarining va talabgorning imzolari boʻlishi shart)






Nizomga

3-ILOVA



                  


(Apellyatsiya komissiyasi raisining F.I.O., imzosi)


               


Adliya vazirligining muhri

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi

apellyatsiya komissiyasining ____- sonli majlisi


BAHOLASh BYuLLETENI





(notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


notarius lavozimiga oʻtkazilayotgan tanlovda talabgorlarni baholash

NATIJASI

       

Talabgorning F.I.O.


Ball









         

          

Komissiya a’zosi:


/


/


(F.I.O.)


(imzo)


             





Nizomga

4-ILOVA





(Apellyatsiya komissiyasi raisining F.I.O., imzosi)

                   



Adliya vazirligining muhri

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

qoshidagi apellyatsiya komissiyasining

_________________________________________________

(notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)


notarius lavozimiga oʻtkazilayotgan tanlovda

qatnashgan komissiya a’zolarining

ROʻYXATI


20__ yil "___" ______________

            

T/r

F.I.O.


Apellyatsiya

komissiyasiga

kelganligi haqida

imzo


Baholash

byulletenini

olganligi haqida

imzo


1.





2





3.





4.





5.





6.





7.





8.





9.





10.





11.





                     

                  

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 46-son, 351-modda.