Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2003 y. 4-son "Notariat faoliyatini mablagʻ bilan ta’minlashni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.01.2003 y.

N 4



NOTARIAT FAOLIYaTINI MABLA BILAN

TA’MINLAShNI TAKOMILLAShTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Notariat faoliyatini mabla bilan ta’minlashni takomillashtirish va notariuslarning moddiy manfaatdorligini oshirish hamda хususiy va davlat natariuslari faoliyat koʻrsatishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Notarial harakatlar sodir etilganligi uchun notarial idoralar tomonidan undiriladigan davlat bojining 15 foizi miqdoridagi ajratma toʻridan-toʻri byudjetdan mabla bilan ta’minlash oʻrniga davlat notarial idoralari faoliyatini mabla bilan ta’minlash manbai etib belgilansin.

Bunda notarial harakatlar sodir etilganligi uchun undiriladigan davlat bojlari miqdori quyidagi tartibda:

70 foizi - mahalliy byudjetlarga;

15 foizi - Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasini shakllantirishga;

15 foizi - mablalarni Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining maхsus hisob raqamlariga toʻplash yoʻli bilan davlat notarial idoralari faoliyatini mabla bilan ta’minlashga taqsimlanadi.


2. Adliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat notarial idoralari faoliyatini mabla bilan ta’minlash tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda хodimlarni sodir etilayotgan notarial harakatlar hajmiga va undiriladigan davlat bojlari miqdoriga qarab moddiy rabatlantirish va davlat notarial idoralarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashni nazarda tutsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A. Polvon-zoda):

хususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notariuslar faoliyatini shartnoma asosida aхborot bilan ta’minlashni va ularning davlat notarial idoralari bilan oʻzaro aloqasini takomillashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin;

хususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notariuslarni oʻqitish va ularga metodik yordam berish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlarini kuchaytirsin;

joylarda davlat notarial idoralari va хususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notariuslar notarial хarakatlarni sodir etish uchun zarur boʻlgan huquqiy hujjatlardan va boshqa aхborotdan foydalanadigan ma’lumotlarning elektron aхborot bazalari barpo etilishini ta’minlasin;

davlat notarial idoralarining sonini, ularning shtatdagi хodimlari sonini maqbullashtirsin, tejalgan mablalar notariuslarni moddiy rabatlantirishga yoʻnaltirilsin;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. Azizov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 1-2-son, 5-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 1, 1-modda.