Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.10.2004 y. PF-3502-son "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

15.10.2004 y.

N PF-3502



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YeR RESURSLARI, GEODEZIYa, KARTOGRAFIYa

VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASINI

TAShKIL QILISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq hamda yerdan foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasidagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanishni ta’minlash va yer munosabatlarini tartibga solish, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi tugatilib, ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlag qoʻmitasi (Oʻzdavergeodezkadastr) tashkil qilinsin.

3. Belgilansinki, Oʻzdavergeodezkadastr qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.


4. Davlat byudjeti mablalari hisobiga bajariladigan yer-kadastr, yer tuzilishi, tuproq va geobotanika sohasidagi ishlar qoʻshilgan qiymat soliini toʻlashdan ozod etilishi belgilab qoʻyilsin.

5. "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 24 iyuldagi PF-2059-son Farmoni oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.

7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 42-son, 445-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2004 yil, 10-11-son, 202-modda