Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2007 y. PQ-613-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.04.2007 y.

N PQ-613



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGI TUZILMASIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimi tugatilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligi boshlii - moliya vaziri oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 25 martdagi PQ-36-sonli qarorning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 14-son, 139-modda.