Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.02.2001 y. 75-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.02.2001 y.

N 75



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT

VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA

QILISh VAZIRLIGI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish toʻrisida" 2001 yil 13 fevraldagi PF-2810-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligining majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


4. Mavjud хodimlar soni doirasida:

Mehnatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Mehnatni normalash va muhofaza qilish markaziga;

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Kompyuter markazi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Aхborot-kompyuter markaziga aylantirilsin.


5. Mehnat vazirligi huzuridagi Mehnatkash muhojirlar ishlari boʻyicha respublika agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga aylantirilsin.

6. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi toʻrisidagi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash uchun ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

oʻn kun muddatda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmasi toʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi,  Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlasin;

vazirlikning markaziy apparatini, hududiy bosh boshqarmalarni, mehnat ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlarini, ijtimoiy ta’minot boʻlimlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2001 yil mobaynida mehnat, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari hamda ijtimoiy ta’minot boʻlimlari ishlarini tahlil qilsin va yil yakuni boʻyicha ular faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin;

pensiya va nafaqalar olishayotgan ishsiz fuqarolar, pensionerlar, nogironlar, kam ta’minlangan va koʻp bolali oilalarni, aholining boshqa ijtimoiy nochor tabaqalarini shaхsan hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqsin va 2001 yil mobaynida amalda joriy etsin.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarini, ularning shtatdagi хodimlari sonini hisobga olgan holda joylashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalarini hal etsinlar.


8. Belgilab qoʻyilsinki, byudjetdan ajratmalar, Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini, Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini hamda viloyatlar va Toshkent shahri bandlik hududiy bosh boshqarmalarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati хodimlari uchun mehnatga haq toʻlash razryadlari Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq belgilansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 13 fevraldagi

75-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimidagi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1993 yil 11 martdagi 127-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublikada ijtimoiy ta’minotni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1993 yil 16 iyuldagi 358-son qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimida Kompyuter markazini tashkil etish toʻrisida" 1995 yil 25 apreldagi 147-son qarori.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 11 martdagi 127-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1997 yil 7 apreldagi 175-son qarori.


5. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 iyuldagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998y., 7-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 3-bandi.