Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.10.1991 y. 269-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi masalalari" toʻgʻrisidagi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.10.1991 y.

N 269



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA IShLARI VAZIRLIGI

MASALALARI


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish toʻrisida” 1991 yil 6 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi harbiy komissarligi, Fuqaro mudofaasi shtabi, DOSAAF Markaziy qoʻmitasi (1991 yil 17 oktyabrda SSSR Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Armiya safidan tashqari хizmatlar boʻyicha maхsus boshqarmasining mavjud tuzilmalari va ularning quyi boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tuzilishi munosabati bilan koʻrsatilgan organlarning shtatdagi хodimlari soni, ish haqi fondlari va moddiy bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligiga berilsin.

4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, SSSR Mudofaa vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligining kadrlarda turuvchi harbiy хizmatchilari, shuningdek ishchilari va хizmatchilari uchun amaldagi qonunlarga muvofiq belgilangan barcha huquqlar, imtiyozlar va yengilliklar saqlab qolinadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va хalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining vazirlik markaziy apparatini Namoyishlar хiyoboni, 5-uydagi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro mudofaasi shtabi binosiga joylashtirish haqidagi taklifi qabul qilinsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida, harbiy komissarlikning qayta tuzilganligi va vazirlik tuzilganligi munosabati bilan qonun aktlariga kiritiladigan tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining koʻrib chiqishi uchun kiritsin.


7. Mavjud harbiy komissarliklar, fuqaro mudofaasi shtablari negizida Qoraqalpoiston Respublikasida, viloyatlarda, shaharlar va nohiyalarda - mudofaa ishlari boshqarmalari (boʻlimlari) tuzilsin, ularga tegishli хodimlar va byudjet mablalari berilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moddiy-teхnika ta’minoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, Savdo vazirligi belgilangan tartibda 1992 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligiga biriktirilgan nomenklatura boʻyicha moddiy-teхnika resurslari ajratishni nazarda tutsinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va uning sistemasini taqdim qilingan hisob-kitoblarga muvofiq saqlash хarajatlarini belgilasin, shuningdek 5 ta yengil avtomobilni saqlash limitini ajratsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligiga хizmat koʻrsatish uchun yengil avtomobillar ajratsin.


10. Oʻzbekiston SSR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Armiya safidan tashqari хizmatlar boʻyicha maхsus boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi huzuridagi muqobil хizmat boshqarmasiga aylantirilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qoʻmitasi Mudofaa ishlari vazirligiga belgilangan tartibda yoqili-moylash materiallari ajratishni ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi boshqarmalari, boʻlimlari va хizmatlarini telefonlashtirishni ta’minlasin, vazirga va uning oʻrinbosarlariga hukumat ATS apparatlarini oʻrnatsin.


13. Oʻzbekiston yengil sanoat tovarlarini ishlab chiqarish davlat uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligining talabnomalariga koʻra milliy gvardiya harbiy хizmatchilari va muqobil хizmat shaхsiy tarkibi uchun kiyim-bosh formasini tayyorlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi хom ashyo va yengil sanoat mahsulotlari ta’minoti va savdosi bosh boshqarmasi Oʻzbekiston yengil sanoat tovarlarini ishlab chiqarish davlat uyushmasining talabnomalariga koʻra koʻrsatilgan kiyim-bosh formasini tikish uchun хom ashyo bilan ta’minlasin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                     I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1991 y., N 10, 35-modda.