Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.09.1998 y. 405-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish komissiyasini tashkil etish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.09.1998 y.

N 405



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING BAKTERIOLOGIK

(BIOLOGIK) VA TOKSIK QUROL-YaROLARNI

IShLAB ChIQISh, TAYYoRLASh VA TOʻPLAShNI

MAN ETISh   HAMDA   ULARNI   TUGATISh

TOʻRISIDAGI KONVENSIYaNI AMALGA

OShIRISh KOMISSIYaSINI TAShKIL

ETISh HAQIDA


Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarolarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilgan majburiyatlarga muvofiq hamda vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarolarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni hamda ularni tugatish toʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarolarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish komissiyasi haqidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga Komissiya kotibiyati funksiyalarini bajarish;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Konvensiya depozitariysi, BMTning qurolsizlanish masalalari boʻyicha Maхsus guruhi va Departamenti bilan aloqalarni va oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish yuklansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov