Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2010 y. PF-4241-son "Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
09.09.2010 y.
N PF-4241
UMUMIY YuRISDIKSIYa SUDLARINING
TUZILMASIGA OʻZGARTIRIShLAR
KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon OʻzR Prezidentining 11.09.2017 y. PF-5187-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Oʻzbekiston Respublikasi "Sudlar toʻgʻrisida"gi Qonunining 78-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010 yil 12 avgustdagi "Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi 137-II-sonli va "Fargʻona viloyati Oхunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi 138-II-sonli qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010 yil 29 avgustdagi "Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi 96-II-sonli va "Fargʻona viloyati Oхunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi 97-II-sonli qarorlariga asosan:
1. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Toshkent tuman sudi tugatilsin.
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Toshkent tuman sudining raisi va sudyasi jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Zangiota tuman sudining sudyalari deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati tuman (shahar) sudlarining хarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 20 fevraldagi PF-3400-sonli "Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi M.Toхiriy zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
2010 yil 9 sentyabrdagi
PF-4241-sonli Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2004 yil 20 fevraldagi PF-3400-sonli "Umumiy
yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish
va qayta tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoniga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-ilovada:
a) "Qoraqalpogʻiston Respublikasi" boʻlimidan "Boʻzatov" soʻzi chiqarib tashlansin;
b) "Sirdaryo viloyati" boʻlimida:
"Mehnatobod" soʻzi chiqarib tashlansin;
"Sharof Rashidov" soʻzlari "Sardoba" soʻziga almashtirilsin;
v) "Toshkent viloyati" boʻlimidan "Toshkent" soʻzi chiqarib tashlansin;
g) "Toshkent shahri" boʻlimidagi, "Akmal Ikromov" soʻzlari "Uchtepa" soʻzlariga almashtirilsin;
d) "Fargʻona viloyati" boʻlimidagi "Oхunboboyev" soʻzi "Qoʻshtepa" soʻziga almashtirilsin.
2. 7-ilovada:
a) "Toshkent viloyati" boʻlimidan "Toshkent" soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) "Toshkent shahri" boʻlimidagi "Akmal Ikromov" soʻzlari "Uchtepa" soʻzlariga almashtirilsin;
v) "Fargʻona viloyati" boʻlimidagi "Oхunboboyev" soʻzlari "Qoʻshtepa" soʻzlariga almashtirilsin.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 37-son, 319-modda.