Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2010 y. PF-4241-son "Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.09.2010 y.

N PF-4241




UMUMIY YuRISDIKSIYa SUDLARINING

TUZILMASIGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Mazkur Farmon OʻzR Prezidentining 11.09.2017 y. PF-5187-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan



Oʻzbekiston Respublikasi "Sudlar toʻrisida"gi Qonunining 78-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010 yil 12 avgustdagi "Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻrisida"gi 137-II-sonli va "Farona viloyati Oхunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻrisida"gi 138-II-sonli qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010 yil 29 avgustdagi "Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻrisida"gi 96-II-sonli va "Farona viloyati Oхunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻrisida"gi 97-II-sonli qarorlariga asosan:


1. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Toshkent tuman sudi tugatilsin.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Toshkent tuman sudining raisi va sudyasi jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Zangiota tuman sudining sudyalari deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati tuman (shahar) sudlarining хarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 20 fevraldagi PF-3400-sonli "Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻrisida"gi Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Mazkur Farmonning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi M.Toхiriy zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov






OʻzR Prezidentining

2010 yil 9 sentyabrdagi

PF-4241-sonli Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2004 yil 20 fevraldagi PF-3400-sonli "Umumiy

yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish

va qayta tashkil etish toʻrisida"gi Farmoniga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 4-ilovada:


a) "Qoraqalpoiston Respublikasi" boʻlimidan "Boʻzatov" soʻzi chiqarib tashlansin;


b) "Sirdaryo viloyati" boʻlimida:

"Mehnatobod" soʻzi chiqarib tashlansin;

"Sharof Rashidov" soʻzlari "Sardoba" soʻziga almashtirilsin;


v) "Toshkent viloyati" boʻlimidan "Toshkent" soʻzi chiqarib tashlansin;


g) "Toshkent shahri" boʻlimidagi, "Akmal Ikromov" soʻzlari "Uchtepa" soʻzlariga almashtirilsin;


d) "Farona viloyati" boʻlimidagi "Oхunboboyev" soʻzi "Qoʻshtepa" soʻziga almashtirilsin.


2. 7-ilovada:


a) "Toshkent viloyati" boʻlimidan "Toshkent" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) "Toshkent shahri" boʻlimidagi "Akmal Ikromov" soʻzlari "Uchtepa" soʻzlariga almashtirilsin;


v) "Farona viloyati" boʻlimidagi "Oхunboboyev" soʻzlari "Qoʻshtepa" soʻzlariga almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 37-son, 319-modda.