Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.08.2009 y. PF-4128-son "Toshkent shahrini "Mustaqillik" ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.08.2009 y.

N PF-4128



TOShKENT ShAHRINI "MUSTAQILLIK"

ORDENI BILAN MUKOFOTLASh TOʻRISIDA



Yurtimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, mustaqil huquqiy demokratik davlat barpo etish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, davlatlararo hamkorlik, хalqlar oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi, ezgu an’analarni saqlash, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizni yuksaltirish, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan хizmatlari uchun hamda 2200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri "Mustaqillik" ordeni bilan mukofotlansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov