Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.05.2007 y. PF-3879-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida" 2001 yil 13 fevraldagi PF-2810-sonli Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

22.05.2007 y.

N PF-3879



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI

IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA" 2001 YIL

13 FEVRALDAGI PF-2810-SONLI

FARMONIGA OʻZGARTIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 6 apreldagi PQ-616-sonli qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish toʻrisida" 2001 yil 13 fevraldagi PF-2810-sonli Farmoni:

2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

4-bandining ikkinchi хatboshisidagi "amaldagi mehnat, aholi bandligi va uni ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlari saqlanib qoladi" soʻzlari "Bandlikka koʻmaklashish markazlari ishlab kelmoqda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

4-bandining uchinchi хatboshisidagi "mehnat, aholi bandligi va uni ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlari" soʻzlari "Bandlikka koʻmaklashish markazlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining хizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 22-son, 225-modda.