Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.03.1992 y. PF-371-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK)ni tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

31.03.1992 y.

N PF-371

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING VAZIRLAR

MAHKAMASI HUZURIDA OLIY ATTESTATsIYa

KOMISSIYaSI (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OAK)NI TAShKIL QILISh TOʻRISIDA


Yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash yangi tizimini shakllantirish, ularni respublika ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotining ustuvor muammolarini hal qilishga yoʻnaltirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni davlat yoʻli bilan ekspertiza qilishni ta’minlash hamda ilmiy va ilmiy pedagog jamoatchiligining takliflariga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK) tashkil qilinsin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, vazirliklar, idoralar, oʻquv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va muassasalar kimga boʻysunishidan qat’i nazar, ular uchun majburiydir.


4. Ilmiy darajalar hamda unvonlar beruvchi iхtisoslashtirilgan va ilmiy kengashlarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida kengashlar qayta roʻyхatdan oʻtkazilgunga qadar hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni toʻхtatib tursinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida Oliy attestatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil etish masalalariga doir qarorni qabul qilib, komissiya tuzilmasini va uning toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1992 y., 6-son, 245-modda