Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 09.09.1992 y. 421-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.09.1992 y.

N 421



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

MASALALARI


"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK)ni tashkil etish toʻrisida" 1992 yil 31 martdagi Farmonga muvofiq hamda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maqomi, maishiy, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha - vazirga, bosh ilmiy kotib - vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining rahbarlari va ilmiy boʻlinmalari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari ilmiy ekspertiza bilan shuullanuvchi rahbariyatga va boʻlinmalarga nisbatan, boshqaruv organlari uchun nazarda tutilgan shartlar esa - qolgan хodimlarga nisbatan qoʻllanilsin.

5. "Oʻzshartnomasavdo", "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi belgilangan tartibga muvofiq materiallar, asbob-uskunalar, buyumlar va boshqa moddiy-teхnika resurslari yetkazib berilishi uchun OAKga kvotalar ajratilishini koʻzda tutsinlar.


6. OAK Toshkent shahri, akademik Yaхyo ulomov koʻchasi, 70-uy manzilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                         I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1992 y., N 9, 28-modda.