Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 95-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2008-40-son "Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida"gi 15.09.2008 y. Qarori (AV tomonidan 26.09.2008 y. 1749-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.09.2008 y.

N 1749-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

15.09.2008 y.

N 95


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

15.09.2008 y.

N 2008-40


QARORI



Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini

olish uchun malaka imtihonlarini tashkil

etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish kiritish haqida


(2008 yil 6 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Soliq maslahati toʻrisida"gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi "Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 55-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 12-son, 111-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007 yil 17 dekabrdagi 108, 2007-63-sonli qarori bilan tasdiqlangan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning (2007 yil 17 dekabr, roʻyхat raqami 1749 - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 50-51-son, 530-modda) 39-bandi quyidagi tahrirda ifodalansin:

"39. Soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun da’vogar boʻlimlar boʻyicha kamida quyidagi miqdordagi savollarga toʻri javob berishi lozim:

soliq huquqi - 5;

yuridik va jismoniy shaхslarni soliqqa tortish - 9;

iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish - 7;

soliq maslahati berishning huquqiy asoslari, tashkil etish va uslubi - 3;

buхgalteriya hisobi va hisoboti - 8;

soliq hisob-kitoblari va rejalashtirishda iqtisodiy tahlil - 3.

Bunda test natijalarini ijobiy deb e’tirof etish uchun asos boʻlib hisoblanadigan toʻri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar umumiy miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak".


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 39-son, 405-modda.