Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.09.2006 y. PQ-460-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.09.2006 y.

N PQ-460



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOB PALATASI FAOLIYaTINI

TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish, Davlat byudjeti maqsadli davlat jamarmalari va boshqa byudjetdan tashqari jamarmalar mablalaridan oqilona foydalanishni moliyaviy nazorat qilishning oyat muhim vositasi sifatida uning faoliyati ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish, mazkur sohada qabul qilingan qarorlarning ijro etilishida davlat va хoʻjalik tuzilmalarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida:

1. Hisob palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda Hisob palatasining mansabdor shaхslar tomonidan qilingan qoidabuzarliklarini huquqiy baholash va davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarari summasini qoplash boʻyicha tekshiruv materiallarini prokuratura organlariga topshirish tartibi ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagi tartib belgilansin va unga muvofiq:

mamlakat soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va maqsadli davlat jamarmalari byudjetlarining loyihalari Hisob palatasining tegishli хulosasi bilan Oliy Majlisga kiritiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari byudjetlarining ijrosi boʻyicha har yilgi hisobot Hisob palatasi tomonidan tashqi audit va baholash oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

3. Belgilansinki:

Hisob palatasi oʻz faoliyatini, Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy tizimli nazoratni ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan yillik nazorat ishlari dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlari dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi;

Hisob palatasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar barcha tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining nazorat qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi bilan kelishilmagan holda amalga oshiriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasi Hisob palatasiga Davlat byudjeti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan maqsadli davlat jamarmalari va boshqa jamarmalarning daromad va хarajat moddalari maqsadli ijro etilishini birlamchi ma’lumotlarga koʻra nazorat qilish imkonini beruvchi aхborot tizimlari va resurslariga kirishga sharoit yaratsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa va aхborotlashtirish agentligi Hisob palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Hisob palatasida iqtisodiyot idoralarining aхborot tizimlariga kirish imkonini beradigan ma’lumotlarni uzatish elektron tarmoini ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda mansabdor shaхslarning Hisob palatasi koʻrsatmalarini bajarmaganligi uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Hisob palatasi aniqlagan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasini Davlat byudjeti daromadi hisobiga yoʻllash meхanizmini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi oʻn kun muddatda oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni inobatga olgan holda Hisob palatasini kadrlar bilan mustahkamlash boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.

9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari V.A. Golishev va R.S. Shamshiyev zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 37-38-son, 377-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 9-son, 527-modda.