Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2005 y. PF-3613-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ba’zilariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

30.05.2005 y.

N PF-3613



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARINI

OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh VA

BA’ZILARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 16 fevraldagi PQ-10-son qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 9 apreldagi PF-1987-son Farmonida:

6-bandning uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

8-banddagi "va "Zamin" banki" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ba’zi farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Quyidagilar belgilansin:

"Uyjoyjamarmabank" tomonidan rasmiylashtirilgan kredit shartnomalari boʻyicha jismoniy shaхslarning daromad soliiga oid imtiyozlar mazkur shaхslar olingan kreditlar boʻyicha qarzlarini toʻliq toʻlagunga qadar saqlanadi;

soliq imtiyozlaridan foydalangan holda sobiq "Uyjoyjamarmabank"da shakllantirilgan jamaruv hisobvaraqalaridagi pul mablalarining egalari ipoteka kreditlari olish choida mana shu mablalarni boshlanich badal sifatida yoʻnaltirishga haqlidirlar. Bunda, mazkur pul mablalari boshqa hisobvaraqqa oʻtkazilgan yoki jamaruv hisobvarai yopilgan hollarda jamaruv hisobvarai egalari jismoniy shaхslarning daromad solii boʻyicha avval ularga berilgan imtiyozlar summasiga teng pul mablalarini byudjetga qaytarishlari lozim.


4. Ushbu farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2005 yil 30 maydagi

PF-3613-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan farmonlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada uy-joy qurilishini rabatlantirish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida" 1994 yil 5 martdagi PF-774-son Farmoni.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahridagi uy-joy qurilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻrisida" 1996 yil 31 yanvardagi PF-1366-son Farmoni.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy qurilishida islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1997 yil 24 martdagi PF-1739-son Farmoni.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 22-son, 156-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2005 yil, 5-son, 186-modda