Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.07.2005 y. PF-3631-son "Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, хorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

21.07.2005 y.

N PF-3631


TAShQI IQTISODIY VA SAVDO ALOQALARI,

XORIJIY INVESTITsIYaLARNI JALB

ETISh SOHASIDA BOShQARUV TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Tashqi iqtisodiy aloqalarni keng rivojlantirish va chuqurlashtirish, хorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish va хorijiy sarmoyadorlarga ishonchli kafolatlarni ta’minlash, tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan chet el firmalari oʻrtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinsin.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib;

Agentlikning viloyatlar va Toshkent shahridagi tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha boshqarmalari viloyatlar va Toshkent shahridagi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari etib qayta tashkil qilinsin.


5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda agentlik mintaqaviy boshqarmalarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadilar.


6. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi хorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha idoralararo kengash;

eksport salohiyatini rivojlantirishni rabatlantirish boʻyicha Respublika kengashi tugatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tugatilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha idoralararo kengash hamda Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rabatlantirish respublika kengashining vazifalari yuklansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 oktyabrdagi "Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish toʻrisida"gi PF-3151-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligini tashkil etish hamda uning faoliyati masalalari boʻyicha hukumat qarorini qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 28-29-son, 206-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2005 yil, 7-son, 246-modda