Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2005 y. PF-3675-son "Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

06.11.2005 y.

N PF-3675



RESPUBLIKA KOMISSIYaLARI

VA KENGAShLARI FAOLIYaTINI

TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA


Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya tuzilmasiga kiritilgan oʻzgartishlarga muvofiqlashtirish, shuningdek ular faoliyatini tartibga solish maqsadida:


1. Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tugatilib, uning vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi zimmasiga yuklansin.

2. Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmonning 1-bandidan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni kiritsin.

4. 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2005 yil 6 noyabrdagi

PF-3675-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan farmonlari

ROʻYXATI


1. "Korхonalarning bankrotligi toʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 11 dekabrdagi PF-1658-son Farmoni.

3. "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 31 yanvardagi PF-3204-son Farmoni.


4. "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi PF-3306-son Farmonining 1-bandi.


5. "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 8 yanvardagi PF-3376-son Farmoni ilovasining 2-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 45-son, 337-modda