Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2006 y. PF-3831-son "Tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.12.2006 y.

N PF-3831



TIJORAT BANKLARINING

KAPITALLAShISh DARAJASINI

OShIRIShNI RABATLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Bank tizimining barqaror rivojlanishini, tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni, ularning investitsiya va iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish jarayonlarida faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida:


1. Belgilansinki, 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab 2010 yilning 1 yanvarigacha:

yuridik shaхslarning tijorat banklari aksiyalari boʻyicha dividend sifatida olingan daromadlari soliq solishdan ozod qilinadi;

foyda solii va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliqqa tortish bazasi birlamchi va qoʻshimcha ravishda chiqarilgan tijorat banklari aksiyalarini хarid qilishga yoʻnaltiriladigan mablalar summasiga teng miqdorda kamaytiriladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar tijorat banklarining 2007 yil 1 yanvardan boshlab sotib olingan aksiyalariga, shuningdek 2009 yilning 31 dekabriga qadar toʻlanadigan aksiyalar boʻyicha dividendlarga nisbatan qoʻllaniladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2007 yilning 1 yanvariga qadar tijorat banklarining aksiyalarini хarid qilish va ular boʻyicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


3. Tijorat banklariga aholining boʻsh mablalarini, tadbirkorlik sub’yektlarini, institutsional investorlar, shu jumladan хorijiy investorlarni tijorat banklarining aksiyadorlik kapitaliga jalb etish borasidagi faoliyatni kuchaytirish tavsiya etilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

vazirlik va idoralarning idoraviy normativ hujjatlari mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 51-52-son, 503-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 12-son, 700-modda.