Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.06.2006 y. PF-3764-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

22.06.2006 y.

N PF-3764



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARINI

OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA



Xorijiy investor tomonidan Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi "Savdogar" iхtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankining ulushi sotib olinishi munosabati bilan:


1. Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi "Savdogar" iхtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat banki aksiyadorlari umumiy yiilishining uni Oʻzbekiston-Germaniya "Savdogar" aksiyadorlik tijorat banki sifatida qayta tashkil etish toʻrisidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi "Savdogar" iхtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankini tashkil etish haqida" 1994 yil 18 martdagi PF-794-son Farmoni;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi "Savdogar" iхtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankini tashkil etish haqida" 1994 yil 18 martdagi PF-794-son Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida" 2001 yil 23 yanvardagi PF-2805-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 25-26-son, 227-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 6-son, 336-modda